|
Oʼquvchilar bilan individual ishlashning xususiyati
|
bet | 18/61 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 2,57 Mb. | | #134248 |
Bog'liq Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti oOʼquvchilar bilan individual ishlashning xususiyati
Individual ishlash – o’qituvchining bir o’quvchi bilan o’zaro aloqasi (repetitorlik, tyuterlik, konsultatsiyalar berish va boshqalar) Informatika darslarda har bir o’quvchining individual faoliyatini boshqarish murakkab jarayondir. O’qituvchi ushbu faoliyatni samarali boshqarishi uchun o’z pedagogik tajribasini yo„naltirib, o„rgatuvchi dasturlar, mavjud dasturiy vositalar hamda axborot resurslaridan dars jarayonida foydalanishi zarur. Informatika individual O’qitishning yangi bir turi “o’quvchi va kompyuter”ni shakllantirdi. O’quvchi kompyuter bilan yakama yakka kolib, o’zi uchun o’quv materialini o’zlashtirishning individual rejasini ishlab chiqadi.
O’qituvchining asosiy vazifalaridan biri- o’quvchida mustaqil bilim olish malakalarini shakllantirish. Namoyish. O’qituvchi ekranda o’quvchilarga kurs mazmunining turli elementlarini namoyish etadi: interfeys, dasturlar, sxemalar, matnlar, rasmlar va boshqalar. O’qituvchi ekran yordamida kompyuterda turli vazifalar bajarilishini ko„rsatadi, o’quvchilar o’z kompyuterlarida bajaradilar. Namoyishning asosiy funksiyasi – o’quvchilarga yangi o’quv axborotni yetkazish.
Laboratoriya ishi (frontal)informatika kabinetida ishlashning asosiy shakllaridan biri. Barcha o’quvchilar o’z ish joylarida tegishli dasturiy vositalar bilan ish olib boradilar. Shuningdek o’quvchilar sinxron tarzda turli dasturiy vositalar bilan o’quv faoliyatini olib borishlari mumkin. Frontal laboratoriya ishi jarayonida O’qituvchining vazifasi o’quvchilarning ishlarini kuzatish (jumladan lokal tarmoq orqali) hamda ularga amaliy yordam berish. Foydalanilayotgan dasturiy vositalarning didaktik vazifasi turli bo’lishi mumkin: yangi materialni o’zlashtirish (masalan, o’rgatuvchi dasturlar orqali), yangi mavzuni mustahkamlash (masalan, trenajer dasturlar yordamida), olingan bilim va ko„nikmalarni nazorat qilish (nazorat dasturlari yoki testlar orqali).
Individual amaliyot – frontal laboratoriya ishidan darslik, qo„shimcha materiallar, Internet resurslariga tayangan holda olib borilishi, mashqlarning murakkablik darajasi bo„yicha ko„p turliligibilan farq qiladi. O’qituvchi bu jarayonda o’quvchilarning yutuq va kamchiliklarini kuzatadi, yordam beradi, umumiy savollar, yo„l qo„yilgan xatolar jamoa bo’lib muhokama qilinadi.
|
| |