Zamonaviy pedagogik usullar orqali samaradorlikka erishish funksiyalari




Download 2,57 Mb.
bet21/61
Sana10.01.2024
Hajmi2,57 Mb.
#134248
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61
Bog'liq
Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti o

Zamonaviy pedagogik usullar orqali samaradorlikka erishish funksiyalari.

Ta’lim jarayonida interfaol usullarni qo‘llashlardan biri “Aqiy hujum” dir.
“Aqliy hujum” jamoa bo‘lib muhokama qilishning samarali metodidir. Unda biror muammoning yechimini topish barcha ishtirokchilarning fikrini erkin ifodalash orqali amalga oshiriladi. “Aqliy hujum”ning tamoyili juda sodda. O‘qituvchi sinf oldiga masalani qo‘yadi va o‘quvchilarda ushbu masalani yechish bo‘yicha o‘zlarining fikrlarini bayon qilishni so‘raydi. Ushbu bosqichda xech kimning boshqa ishtirokchilarning g‘oyalari haqida o‘z fikrini bildirishga yoki unga baho berishga haqqi yo‘q. “Aqliy hujum” yordamida bir necha daqiqa ichida o‘nlab g‘oyalarni olish mumkin. g‘oyalar soni asosiy maqsad emas. g‘oyalar to‘g‘ri yechimini ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.
“Aqliy hujum” ning qoidalari quyidagilardir:
- taklif etilayotgan g‘oyalar baholanmaydi va tanqid qilinmaydi;
- ish g‘oyalar soni ko‘p bo‘lishi kerak;
- har qanday g‘oyani kengaytirishga, rivojlantirishga xarakat qilish mumkin;
- har bir g‘oya yozib boriladi;
Aqliy hujum o‘tkazish vaqti qat’iy o‘rnatiladi va unga rioya qilinadi.
“Aqliy hujum” tugagandan so‘ng takliflar tahlil qilinadi va ulardan eng qimmatlilari, keyinchalik ular bilan ishlash uchun, tanlab olinadi. Tahlil qilinganda avvalo taklifning foydali jihatlariga e’tiborni qaratish lozim.
“Insert texnologiyasi”
Ushbu texnologiya yangi matn bilan ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Matnni qo‘lda qalam bilan o‘qib chiqish.
2. O‘qish davomida matnda maxsus belgilar qo‘yib borish:
+ buni bilaman;
- buni bilmas edim;
? buni mukammal bilmokchi edim;
3. Matn bilan to‘la tanishib chiqilgandan so‘ng quyidagi jadval tuldiriladi:
Insert tenologiyasining jadvali
Buni bilar edim // Buni bilmas edim // Mukammal bilishni hohlayman//
«Besh minutlik esse»
Yozma vazifaning ushbu turi dars oxirida qo‘llaniladi. Uning maqsadi o‘quvchilarga o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha bilimlariga xulosa yasash bo‘lsa, o‘qituvchi uchun o‘quvchilari ongida nimalar ro‘y berayotganligini bilishdan iborat. O‘quvchilardan quyidagi ikki vazifani bajarish so‘raladi:
- mazkur mavzu bo‘yicha nimalarni bilib olganliklarini va o‘zlari javob ololmagan biror savolni yozib berish.
O‘qituvchi yozma ishlarni darhol yozib oladi, keyinchalik esa, ularni tahlil etib, uning natijalaridan keyingi darsni rejalashtirishda foydalanishi mumkin.
Shuningdek interfaol metodlardan:

  • “B/B/B” metodi;

  • “Muammoli o‘qitish” metodi

  • “Sinkveyn” metodi

  • “Ajurli arra”metodi

  • “Kichik guruhlarda ishlash”

  • “Venn diagrammasi” metodi

  • “6x6x6“metodi

  • “Baliq skleti” metodi

  • “T”- jadvali

  • “Nilufar guli” metodi

  • “Klaster” metodi va boshqalar.


Download 2,57 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61




Download 2,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zamonaviy pedagogik usullar orqali samaradorlikka erishish funksiyalari

Download 2,57 Mb.