|
-MAVZU. INFORMATIKADAN TOʻGARAKLAR AʻZOLARINI SHAKLLANTIRISHDA ULARNI YOSHI, QIZIQISHI VA INDIVIDUAL XUSUSIYTLARINI HISOBGA OLISH
|
bet | 16/61 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 2,57 Mb. | | #134248 |
Bog'liq Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti o4-MAVZU. INFORMATIKADAN TOʻGARAKLAR AʻZOLARINI SHAKLLANTIRISHDA ULARNI YOSHI, QIZIQISHI VA INDIVIDUAL XUSUSIYTLARINI HISOBGA OLISH
Reja:
1. Toʼgarak tashkil etishda oʼquvchilarning yoshini hisobga olish
2. Informatikada toʻgarak tashkil etishda yoshni, qiziqishni hisobga olgan holda samaradorlikka erishish
3. Oʼquvchilar bilan individual ishlashning xususiyati
-------------------------------------------------------------------------------------------
Tayanch so‘z va iboralar: Individual, yosh,qiziqish samaradorlik, kasbga yoʼnaltirish, qobilyatini rivojlantirish.
Toʼgarak tashkil etishda oʼquvchilarning yoshini hisobga olish
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyingi yillarda ta’limni isloh qilish bo’yicha ko’pgina qaror va qonunlar qabul qilindi, ularda o’quvchilarni to’garak ishlariga jalb qilish vazifalari ham yetarlicha o’z ifodasini topmoqda. Bunga Xalq ta’limi vazirligining 2002 yil 10 oktyabrdagi 153-sonli buyrug’i asosida o’quvchilarni to’garak ishlari orqali kasb - hunarga yo’naltirish tizimini takomillashtirishning yangi kontsepsiyasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Hozirgi kunda to’garaklar orqali kasbhunarga yo’naltirishdan maqsad – o’sib kelayotgan yosh avlodni kasbni ongli ravishda tanlashga tayyorlashdir.
Insonning ilmga bo’lgan chanqoqligini qondiruvchi birinchi ziyo chashma bu umumta’lim maktabidir. Maktabda o’quvchi shaxs sifatida shakllana boshlaydi. Unda dastlabki kasbiy hissiyotlar yuzaga keladi. Bular mehnatsevarlik, mehnat qilish zarurligini tushunish va anglash, o’z ishini rejalashtira va nazorat qila bilish, ish o’rnini to’g’ri tashqil qilish, iqtisodiy - tejamkorlik, sabr – toqatlilik, talabchanlik, topshiriqni bajarishning eng oqilona usuli (etti o’lchab, bir kes) tanlab ola bilish hamda vaqtni tejash va shu kabilardir.
Bolalarni to’garaklar olamiga asta – sekin olib borish, ularni shu olamda mo’ljal olishga o’rgatish zarur. O’qituvchi darslarda kuzatish u bilan suhbatlashish, bola faoliyati mahsulini tahlil qilish jarayonida uning ba’zi xususiyatlarini qobiliyat, qiziqish, moyilliklarni payqab oladi. Bu xislat va fazilatlarni shakllantirib boriladi.
Bular to’garaklar orqali kasbni belgilashda asosiy omil bo’lishi mumkin. Bolaning muhim xislat va fazilatlarini barvaqt aniqlash esa keyingi xususiyatlariga qarab kasbni to’g’ri tanlash, uni muvoffaqiyatli ravishda o’zlashtirish, mehnatda yuksak natijalarga erishish imkonini berishi mumkin.
To'garaklar faoliyatida o'smir-yoshlarni bilish faoliyatini tashkil qilish shakllantirishning asosiy maqsadi o’quvchi-yoshlarni hayot yo’lini to’g’ri belgilashlarida o’zining qobiliyat, qiziqish va moyilligini hamda ijtimoiy ehtiyojni hisobga olgan holda kasb tanlashlarida ko’maklashishdan iboratdir. Bizning jamiyatimiz har bir shaxsning qobiliyatlari to’liq namoyon bo’ladigan, yuqori samara bilan ishlay oladigan faoliyat va shart-sharoitlar bilan band bo’lishiga katta e’tibor berilmoqda.
Jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga fan-texnika yutuqlarini iqtisodiy sohaga tadbiq etish asosida erishish mumkin. Bu esa, o’z navbatida, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, O’zbekiston Respublikasining ‘Ta’lim to’g’risida’gi Qonuni va ‘Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’ va unda ko’rsatilganidek fan, ta’lim va ishlab chiqarishning o’zaro faol aloqasini ta’minlashni taqazo etadi.
Ilmiy texnik taraqqiyot natijalarini ishlab chiqarish soxasiga kirib borish ko’p jihatdan ta’lim saviyasiga, kadrlar salohiyatiga, ayniqsa, yoshlarga, ularning faolligiga, o’z kasblarini naqadar egallaganliklari darajasiga bog’liqdir. Hozirgi kunda to’garaklar faoliyati orqali yoshlarni kasb va hunarga yo’naltirishdan maqsad o’sib kelayotgan barkamol avlodni kasblarni ongli ravishda tanlashga tayyorlash.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-MAVZU. INFORMATIKADAN TOʻGARAKLAR AʻZOLARINI SHAKLLANTIRISHDA ULARNI YOSHI, QIZIQISHI VA INDIVIDUAL XUSUSIYTLARINI HISOBGA OLISH
|