• ------------------------------------------------------------------------------------------- Tayanch so‘z va iboralar
  • -Mavzu. Informatikadan to’garaklar ishlarini tashkil qilish tartibi




    Download 2,57 Mb.
    bet13/61
    Sana10.01.2024
    Hajmi2,57 Mb.
    #134248
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61
    Bog'liq
    Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti o

    3-Mavzu. Informatikadan to’garaklar ishlarini tashkil qilish tartibi
    Reja:
    1. Informatikadan toʻgarakni toʼg’ri tashkil qilishda oʼqituvchining mahorati.
    2. To‘garak va klublar doirasida sinfdan tashqari tadbirlarni tashkil qilinishi.
    3. Informatikadan to’garak tashkil etuvchining pedagogik faoliyatini loyihalashtirish.


    -------------------------------------------------------------------------------------------
    Tayanch so‘z va iboralar: Toʻgarak, oʼqituvchi,savol,topshiriq, zamonaviy metodlar, usullar, reglamentga amal qilish.



    1. Informatikadan toʻgarakni toʼg’ri tashkil qilishda oʼqituvchining mahorati

    Ongli ravishda to’garak ishlari orqali kasb tanlash uchun o’quvchilarning bir qator kasblarni yetarlicha bilishi, bilganda ham ularning o’ziga jalb qiladigan tomonlarini emas, balki qiyinchiliklarini ham yaxshi bilishi, o’zining shaxsiy sifatlariga ko’ra tanlangan kasbini muvaffaqiyatli egallay olishi va keyingi ish jarayonida o’z malakasini takomillashtirish talab qilinadi.
    Bunday ko’nikmalarni bevosita to’garak ishlari orqali shakllantirish, o’quvchilarning biror bir hinarni egallashlarida ko’rsatmalar berish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi vaqtga qadar to’garak ishlari orqali kasbga yo’naltirish ishlari yetarlicha saviyada olib borilmasligi, ularni kasb-hunar turlari bo’yicha aniq ma’lumotga ega emasligiga olib keladi.
    Maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan savol-javob qilinganda shu narsa aniqlandiki, ularning faqat 65% ommaviy kasblarni bilishi to’g’risida ta’kidlagan. O’quvchilarning faqat 25%i to’garaklarga jalb qilingan. Albatta, bu ma’lumotlar har davrda va har xil mintaqalarda ob’ektiv holda turlicha bo’lishi mumkin. Bozor munosabatlari va uzluksiz ta’limga o’tish munosabati bilan umumta’lim maktabi o’quvchi-yoshlarini ongli ravishda to’garak ishlari orqali jamiyat uchun foydali va zarur bo’lgan muayyan mehnat faoliyatiga tayyorlashda yo’garaklar faoliyati yana ham katta rol o’ynaydi.
    O’quvchilarni to’garak ishlari orqali kasbga yo’naltirish ularning har biriga alohida-alohida yondoshishni talab etadi. Bunda shaxsning temperamenti, irodasi, diqqati, belgilangan maqsadga erishishda qat’iylik, tashabbuskorlik, uyushqoqlik, intizomlilik, topshirilgan ishni bajarishga ma’suliyat bilan munosabatda bo’lish kabi fazilatlarini e’tiborga olish zarur. Bundan tashqari, to’garak ishlari orqali kasbga yo’naltirish davomida kasbni tanlash sabablarini, kasbning ijtimoiy ahamiyatini, qiziqish va imkoniyatini, kasbga tayyorgarlik darajasini, oila an’analarini va ota-onalar, pedagoglar, o’rtoqlarning maslahatini hisobga olish lozim.
    O’quvchilarda kasbga oid qiziqishlarning paydo bo’lishi va rivojlanishidagi muvaffaqiyat ko’p jihatdan maktabda, kollej va litseylarda to’garak ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yishga bog’liqdir. Ishchilar sulolasi an’analarini har tomonlama qo’llabquvvatlash, ommalashtirish va targ’ib qilish kerak. Turli kasb egalari bilan suhbatlar o’tkazish yo’li bilan o’quvchilar kasb turlari bilan batafsil tanishtirib boriladi. Bizning maqsadimiz mustaqil davlatimizning har bir yosh avlodini barkamol va to'garaklar faoliyatida o'smir-yoshlarni bilish faoliyatini tashkil qilishga tayyorlashdan iboratdir. Buning uchun o’quvchilarni boshlang’ich sinflardan boshlab kasblar, ularning turlari, vazifalari to’g’risida ma’lumotlar berib borish, o’zlariga yoqqan kasbga qat’iy qiziqish hosil qilish uchun zaruriy ma’lumotlar bilan tanishtirilmog’i lozim.




    1. Download 2,57 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61




    Download 2,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu. Informatikadan to’garaklar ishlarini tashkil qilish tartibi

    Download 2,57 Mb.