• IX. AUDITORIYa RAHBARI VA NAZORATChILAR
  • Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi




    Download 2,57 Mb.
    bet52/61
    Sana10.01.2024
    Hajmi2,57 Mb.
    #134248
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   61
    Bog'liq
    Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti o

    VIII. HAKAMLAR HAY’ATI
    44. Fan olimpiadalarining barcha bosqichlarini o’tkazish uchun har bir fan bo’yicha 5 - 7 kishidan iborat hakamlar hay’ati tarkibi tuziladi va tashkiliy qo’mitalar tomonidan tasdiqlanadi.
    45. Hakamlar hay’ati quyidagi vazifalarni bajaradi:
    a) fan olimpiadalari ishtirokchilari tomonidan bajarilgan ishlarni tasdiqlangan baholash mezonlari asosida tekshiradi va baholaydi;
    b) fanlar bo’yicha g’oliblarni aniqlaydi;
    v) fan olimpiadalari yakunlari yuzasidan belgilangan tartibda qaror matnlarini tayyorlaydi va rasmiylashtiradi;
    g) fan olimpiadalari natijalarini olimpiada qatnashchilari va jamoa rahbarlari ishtirokida e’lon qiladi;
    d) o’tkazilgan olimpiada natijalari haqida tashkiliy qo’mitaga batafsil hisobot beradi va zarur hujjatlarni taqdim etadi.
    46. Hakamlar hay’ati tarkibiga tavsiya qilingan a’zolar olimpiadaning faqat bitta (tuman (shahar), viloyat yoki respublika) bosqichida ishtirok etadilar.
    47. Har bir fan bo’yicha tuzilgan hakamlar hay’ati a’zolari o’zlari orasidan fan raisini saylaydilar.
    48. Hakamlar hay’ati raisi va a’zolari uzluksiz ravishda ikki yildan ortiq olimpiada hakamlari tarkibiga kiritilmaydi.
    IX. AUDITORIYa RAHBARI
    VA NAZORATChILAR
    49. Fan olimpiadasining barcha bosqichlarida olimpiada jarayonini boshqarish, tashkiliy ishlarni bajarish, adolat tamoyillariga amal qilinishini ta’minlash maqsadida tashkiliy qo’mita tomonidan qur’a tashlash (olimpiada o’tkazilishidan oldin) yo’li bilan olimpiada o’tkazilayotgan xonalarga auditoriya rahbari va nazoratchi tayinlanadi.
    50. Auditoriya rahbarlari quyidagi vazifalarni bajaradi:
    a) tegishli fan bo’yicha hakamlar hay’ati a’zolarini olimpiada hujjatlari bilan tanishtiradi;
    b) fan olimpiadasi jarayonida o’rnatilgan tartib-qoidalarga amal qilmagan o’quvchilarni dalolatnoma tuzib, hakamlar hay’atiga topshiradi;
    v) test, yozma ish, amaliy ishlarni shifrlab tekshirish uchun hakamlar hay’atiga topshiradi;
    g) hakamlar tomonidan tekshirilgan ishlarning shifr bo’yicha ro’yxatini tuzadi va g’oliblarni aniqlash uchun hay’atga taqdim etadi.

    Download 2,57 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   61




    Download 2,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi

    Download 2,57 Mb.