• Mijoz-server
  • Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti dasturiy injiniring yo




    Download 1.07 Mb.
    bet5/23
    Sana10.06.2022
    Hajmi1.07 Mb.
    #23397
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    MBBT fanidan kurs ishini bajarish uchun namuna 2 kurs Dasturiy injiniring (2)
    Mavzu, Texnika xavfsizligi, qaror qabul qilish Nilufar, prezentacija1, 11- kimyokonspekt, 10-sinf-jismoniy-tarbiya-baxtiyor.uz , Лекция 3a, 121121, Quyosh energuyasidan foydalanish
    Grafik ma’lumotlar bazalari – bu NoSQL ma’lumotlar bazasi bo’lib, semantik so’rovlar uchun grafik tuzilmani qo’llaydi. Ma’lumotlar tugun, qirralar va xususiyatlar ko’rinishida saqlanadi, unda tugun yozuvga teng, qirrasi ikkita tugun o’rtasidagi bog’liqlik va xususiyatlar tugunlarga qo’shilgan qo’shimcha ma’lumotlardir. Masalan, Neo4j, Azure Cosmos DB, SAP HANA, Sparksee, Oracle Spatial and Graph, OrientDB, ArrangoDB and MarkLogic kabilar unga misol bo’ladi.
    MBBTning ma’lumotlar bazasiga kirish usuli bo’yicha esa fayl-server, mijoz-server, o’rnatilgan tamoyillariga ajratish mumkin.
    Fayl-server – MBBT fayl-serverida ma’lumotlar fayllari markaziy ravishda fayl serverida joylashgan. Ma’lumotlar bazasi har bir mijozning kompyuterida (ish stansiyasida) joylashgan. MBBT kirish mahalliy tarmoq orqali amalga oshiriladi. O’qishlar va yangilanishlar fayl blokirovkalari orqali sinxronlashtiriladi. Ushbu arxitekturaning afzalligi fayl-serveri protsessoriga yuklamaning pastligi. Kamchiligi sifatida esa lokal tarmoqdagi potensial yuqori yuk; markazlashtirilgan boshqaruvning qiyinligi yoki umuman mumkin emasligi. Yuqori ishonchlilik, yuqori darajadagi foydalanish va yuqori darajadagi xavfsizlik kabi muhim xususiyatlarni ta’minlash qiyinligi yoki yetishmasligini ko’rsatishimiz mumkin. Hozirgi vaqtda fayl-server texnologiyalari eskirgan deb hisoblanadi va katta axborot tizimlarida undan foydalanish kamchilik hisoblanadi. Bu texnologiya asosidagi MBBTga Microsoft Access, Paradox, dBase, FoxPro, Visual FoxPro kabilarni misol qilish mumkin.


    Mijoz-server MBBT mijoz-serveri ma’lumotlar bazasi bilan birga serverda joylashgan va ma’lumotlar bazasiga monopol rejimda kirish huquqiga ega. Ma’lumotlarga ishlov berish bo’yicha mijozlarning barcha so’rovlari ma’lumotlar bazasi mijoz-serveri tomonidan markazlashtirilgan holda qayta ishlanadi. MBBT mijoz-serverining kamchiliklari serverga bo’lgan talabning oshishi hisoblanadi. Uning afzal jihatlari esa lokal tarmoqdagi potensial kam yuk; markazlashtirilgan boshqaruvning qulayligi; yuqori ishonchlilik, yuqori darajadagi foydalanish va yuqori xavfsizlik kabi muhim xususiyatlarni taqdim etish qulayligidir. Oracle DataBase, Firebird, Interbase, IBM DB2, Informix, MS SQL Server, Sybase Adaptive Server Enterprise, PostgreSQL, MySQL, Cache, ЛИНТЕР kabilarni mijoz-server texnologiyasiga misol qilishimiz mumkin.
    So’nggi yillarda qo’llanilayotgan eng mashhur MBBT ga quyidagilar misol bo’la oladi:

    • MySQL

    • Microsoft Access

    • Oracle

    • PostgreSQL

    • dBASE

    • FoxPro

    • SQLite va boshqalar.


    Download 1.07 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 1.07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti dasturiy injiniring yo

    Download 1.07 Mb.