Samarqand davlat universiteti




Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/196
Sana16.02.2022
Hajmi4.58 Mb.
#17672
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   196
Bog'liq
pedagogika 1
Hi Alex, Документ Microsoft Word, pedagogika 2, Milliy taomlar, restoran.xitoy taomlari, Fransiya taomlari
Metodlar 
Emperik 
 Tizimli- tuzilmali tahlil 
 logik-didaktik tahlil 
 tipologik 
 tarixiylik 
 taqqoslash
 Statistik 
 matematik 
Ilg‘or pedagogik 
tajribani 
umumlashtirish 
Maktab tajriba 
ishlarini o‘rganish: 
 kuzatish 
 suhbat 
 anketa so‘rovi
 test so‘rovi
 maktab hujjatlarini 
o‘rganish 
Ekspriment: 
 tabiiy
 laboratoriya
 tasdiqlovchi 
 o‘rgatuvchi
 nazorat 
Nazariy 


22 
Geografiya ilmiy tadqiqot metodlari ikki guruhga ajratiladi. U quyidagi 
chizmada o‘z ifodasini topgan. Geografiya o‘qituvchisi o‘qitish metodikasiga oid 
bo‘lgan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lishi 
kerak. Afsuski, barcha geografiya o‘qituvchilari ham bu borada yetarli tasavvurga 
ega emaslar. Geografiya ta’limi metodikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib 
borish uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak: 
1. Geografiya o‘qituvchisida o‘z ish tajribasiga tanqidiy nuqtayi nazardan 
yondashish xislati mavjud bo‘lishi. 
2. Boshqa o‘qituvchilarning, ayniqsa, ilg‘or geografiya o‘qituvchilarining ish 
tajribasini mustaqil o‘rganishi. 
3. O‘z bilimini tinmay oshirib, geografiya ta’limi bo‘yicha ilmiy metodik va 
tadqiqot ishlariga oid adabiyotlar va manbalar bilan tanishib borish.
4. Pedagogika, psixologiya va didaktika fanlari sohalarida erishilgan eng 
muhim ilmiy tadqiqot ishlari bilan tanishishi lozim. 
Geografiya ta’limi metodikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar uyushtirishda boshqa 
fanlar qatori dialektika metodologiyasiga amal qilinadi. Chunki tadqiqot metodlari 
xilma-xil bo‘lishiga qaramay hammasi ilmiy bilish nazariyasiga tayaniladi. 
Geografiya o‘qituvchilari faoliyatida quyidagi ilmiy tadqiqot metodlaridan 
foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
1. Nazariy tadqiqot metodlari. 
2. Eksperimental-emperik tadqiqot metodlari.
3. Tarixiylik metodi. 
4. Statistik-matematik metodlar.
5. Tizimli-tuzilmali metodlar. 
Geografiya ta’limi metodikasi bo‘yicha dialektik falsafa fani (bilishning 
umumiy metodi) asosida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda eksperimental-
emperik metod, tadqiqotning ilk bosqichlarida, ya’ni tadqiqot muammolari 
bo‘yicha faktlar yig‘ish jarayonida keng qo‘llaniladi. Bu metod ayniqsa xulosalarni 
qayta tekshirish va aniqlashda qo‘l keladi. Emperik metod o‘z navbatida maktablar 
tajribasini o‘rganish va eksperiment metodlariga tayangan holda amalga oshiriladi. 
Geografiya ta’limi metodikasi fani dastlabki olib boriladigan tadqiqotlar davrida 
eksperimental-emperik metodini ko‘proq qo‘llaydi. Keyingi yillarda nazariy 
metodlar asosidagi ilmiy tadqiqotlarga keng o‘rin berilmoqda. Xususan, bilimlarni 
didaktik jihatidan tahlil qilish orqali o‘quv predmetini yaratish, o‘quv materialini 
mantiqan tahlil qilish, o‘quv materialidagi geografik, iqtisodiy, ekologik 
tushunchalarning tahlili shular jumlasiga kiradi. Ayniqsa, o‘qituvchi faoliyati bilan 
o‘quvchi faoliyati o‘rtasidagi bog‘liqlik masalalari, dars maqsadi bilan mazmuni
ta’lim metodlari bilan ta’lim vositalari, bilimlarni egallash jarayoni bilan tarbiya 
orasidagi aloqalarni tadqiq qilish masalalari nazariy metodlar negizida tashkil 


23 
etiladi. Hozirgi kunda geografiya o‘qituvchilari o‘z ishlariga tanqidiy yondashgan 
holda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali ilmiy tadqiqot ishlarini 
amalga oshirishlari mumkin. Bunday ilmiy asoslangan tadqiqot ishlari darslarni 
rejalashtirish jarayonida amalga oshiriladi. 
O‘qituvchi har bir o‘tiladigan darsning vazifalaridan kelib chiqqan holda 
darsning maqsadi, mazmunini yoritishga qaratilgan samarali metod va vositalardan 
foydalanishga yo‘naltirilgan mashg‘ulot loyiha – ishlanmasini yaratish orqali 
o‘quvchilarning o‘quv faoliyati nimalardan tashkil topishini oldindan aniqlab 
olishi kerak. Eng muhimi darslar o‘rtasidagi aloqadorlik va bog‘liqligining 
nimalarda aks etishi dars-loyiha rejasida o‘z ifodasini topgan bo‘lishi lozim. 
Darslarda geografiya ta’limi metodikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot masalalari 
A.Y.Bibik, A.V.Darinskiy, L.M.Pancheshnikova, I.V.Dushina, Y.A.Tamojnya, 
O.Mo‘minov, P.Musaev, R.Qurbonniyozov ishlarida atroflicha umumlashtirilgan. 
Ilmiy tadqiqot metodlarini tanlash qo‘yilgan maqsad va vazifalarga bog‘liq bo‘lib, 
eng avvalo, qo‘yilgan uslubiy muammo dolzarbligini belgilash uchun maxsus 
adabiyotlar hamda “Geografiya v shkole” jurnalida yoritilayotgan materiallarni 
nazariy jihatdan tahlil qilish zarur bo‘ladi. Agar bilim, ko‘nikma va malakalarni 
shakllantirishning samarali metod va vositalarini izlamoqchi bo‘lsak, avvalo o‘quv 
jarayonini tuzilishidan boshlamoq kerak. Buni eksperiment asosida o‘qitish, 
so‘rovnoma yordamida o‘quvchi va o‘qituvchilar bilan suhbatlar tarzida 
uyushtirish mumkin. Geografik tadqiqot metodlari ichida nazariy metod yetakchi 
o‘rinni egallashi kerak. U o‘z navbatida bir qancha metodlarni: xususan, 
adabiyotlar tahlili, statistik-matematik, tarixiy, kuzatish, taqqoslash va boshqalarni 
o‘z ichiga oladi. 
Geografiya ta’limi metodikasi bo‘yicha tadqiqot olib boruvchilar, eng avvalo, 
geografiya, falsafa, mantiq, bilish nazariyasi, didaktika, pedagogika, psixologiya, 
kabi fanlarni chuqur o‘rganib chiqishlari zarur bo‘ladi. Ular orqali tadqiqot uchun, 
taqqoslash, qiyoslashga oid bo‘lgan ma’lumotlar to‘planadi. Uslubiy tadqiqotlarda 
statistik-matematik metodlarning roli katta. Bunda tajriba o‘tkazilayotgan sinflar 
va maktablardagi ish natijalarini e’tiborga olish muhim hisoblanadi. Olingan 
miqdoriy ko‘rsatkichlarga tayanib u yoki bu metodning, vositalarning qanchalik 
samara berishini aniqlash imkoniyati tug‘iladi. Statistik-matematik metodning eng 
muhim xususiyatlaridan biri shuki, uning yordamida pedagogika va, uslubiy 
hodisalar o‘rtasidagi qonuniyatlarni ochish imkoniyatlari yaratiladi. Masalan, 
tajriba sifatida qo‘llanilayotgan ta’lim metodi o‘quvchilarning bilim va 
ko‘nikmalariga, bilish faoliyatiga faolligi qay darajada ta’sir qilishini o‘rganishga 
yordam beradi. 
Geografiya fanini o‘qitishda tarixiylik metodining ham o‘rni beqiyosdir. 
Uning mazmuni shundaki, vaqt o‘tish bilan u yoki bu metod hamda vositaning 


24 
o‘zgarishi va rivojlanishiga tarixiy nuqtayi nazaridan yondashib xulosalar 
chiqariladi. Masalan, tadqiq etilayotgan muammoning bundan 30 yil oldin 
mamlakatimizning mustaqillikka erishish arafasidagi geografiya ta’limi holatini 
hozirgi kundagi metod bilan qiyoslab tanqidiy nuqtayi nazardan yondashish 
tarixiylik metodining negizini tashkil qiladi.
Taqqoslash metodi ham tadqiqot ishlarida keng qo‘llaniladi. Ayniqsa, ilg‘or 
tajribalarni qiyoslash, xorijiy davlatlarda geografiya o‘qitishda qo‘llanilayotgan 
metodlarni bizning vatanimizda qo‘llanilayotgan metodlar bilan taqqoslash 
samarali natijalar beradi.
Eksperimental-emperik tadqiqot metodlariga ta’lim jarayonini kuzatish, 
pedagog faoliyatini o‘rganish va umumlashtirish, so‘rovnoma o‘tkazish, 
o‘quvchilar bilan suhbat, maktab hujjatlarini o‘rganish kabi boshqa bir necha 
metodlardan unumli foydalanish kiradsi. Kuzatish ilmiy tadqiqot metodlari ichida 
eng keng tarqalgan metodlardan biri hisoblanadi. Kuzatish har bir tadqiqotchi 
uchun nihoyatda zarur. O‘qituvchining mahorati, muvaffaqiyati ko‘p jihatdan 
kuzatuvchanlikka bog‘liq. Kuzatuvga kirishishdan oldin uning dasturini tuzib 
chiqish zarur bo‘ladi. Kuzatish maqsadi puxta va aniq bo‘lishi talab etiladi. 
Geografiya ta’limida kuzatish obyektlari sifatida o‘quv ish metodlari, 
o‘quvchilarning amaliy va mustaqil ishlari hamda ta’lim vositalarini qo‘llash va 
hokazolar bo‘lishi mumkin. 
Geografiya ta’limida tasavvur va tushunchalarning o‘quvchilar ongida 
shakllanish jarayonlarini kuzatish o‘ta muhim hisoblanadi. Kuzatish dasturlaridan 
namuna keltiramiz: 
1. a) o‘quv jarayonida mavzular mazmuniga o‘zgarishlar kiritilganligini 
tekshirish, yangi materiallar, tushunchalarni boshqacha tarzda o‘rganish, ikkinchi 
darajali materiallarni chiqarib tashlash;
b) yangi materialni o‘rganishda xatoliklar, noaniqliklar mavjudligi, metodlar 
to‘g‘ri qo‘llanilganlighi, ular nimalarda o‘z aksini topganligini aniqlab beradi; 
v) o‘qituvchi mavzuni rejalashtirish hamda dars jarayonida asosiy 
tushunchalarni bo‘rttirib ko‘rsata olishida e’tibor qilish; 
g) o‘quv materiallar qanday metodlar yordamida ko‘rib chiqilganligi, ularning 
har biriga taxminan necha foiz vaqt sarflanganligini kuzatish; 
2. a) Yakunlovchi amaliy ishlarning barchasi o‘tkazilganligini aniqlash; 
b) qaysi amaliy ishlar o‘tqazilmadi, nima uchun; 
v) har bir yakunlovchi amaliy ish uchun qancha vaqt sarflandi; 
g) yakunlovchi amaliy ishlarni bajarishda o‘qituvchi va o‘quvchilar qanday 
qiyinchiliklarga uchradilar, bu qiyinchiliklar nimalardan iborat? 
d) o‘qituvchi dasturdagi amaliy ishlar mazmuniga va uyushtirish shakliga 
o‘zgartirish kiritdimi, ularni nima bilan isbotlaydi; 


25 
e) dasturdagi boshqa amaliy ishlarga o‘qituvchilarning munosabati (ularni 
qanday shaklda o‘tkazadi, yakka tartibda, yoppasiga, sinfda, uyda baholaydimi 
qaysilarini o‘tkazmaydi, sababi) darsning qancha qismi (foizi) uni bajarishga 
ketadi. 
3. a) dasturda ko‘rsatilgan fanlararo bog‘liqlik uyushtiriladimi:
b) fanlararo bog‘liqlik qanday uyushtiriladi; 
v) o‘qituvchining boshqa fanlarga munosabati og‘zakimi, sinfda yoki uyda 
topshiriqlarni bajarish tarzidami, biologiya, fizika, kimyo darslaridan foydalanish 
va h.k.lar. 
g) qaysi mavzuda qanday fanlar bilan bog‘liqlik yoritilmadi;
d) darsning qancha qismi (foizi) fanlar bog‘liqlariga sarflanadi. 
j) o‘qituvchi fanlararo bog‘liqlik mazmuniga qanday to‘ldirish va 
o‘zgartirishlar kiritdi, ular nimalarda aks etadi. 
Geografiya ta’limi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarida so‘rovnoma metodi ham 
keng qo‘llaniladi. So‘rovnomalar ilmiy tadqiqotlar mazmuniga muvofiq 
o‘qituvchi, metodistlar, o‘quvchilar uchun alohida tuziladi. Bundan maqsad biror 
uslubiy muammo bo‘yicha ma’lumot to‘plashdir. Masalan, tabiiy geografiya 
kurslari bo‘yicha ta’lim metodlarini yanada takomillashtirish maqsadidagi 
so‘rovnomalarda geografiya o‘qituvchilarga quyidagi Blis so‘rov beriladi: 
1. O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil qilishda qanday metodlardan 
foydalanasiz? 
a) yangi materialni o‘tishda; 
b) bilimlarni tekshirishda. 
2. Darsingizda qanday metodlar yetakchi hisoblanadi? 
3. Darsingizda 5-6-7-sinf o‘quvchilarining ishlaridagi farq nimalarda aks etdi? 
a) karta bo‘yicha; 
b) darslik bo‘yicha; 
v) o‘quv kartinalari, jadvallar bo‘yicha; 
g) ekran qo‘llanmalaridan foydalanish bo‘yicha (har bir sinf uchun alohida). 
4. O‘quvchilar qobiliyati qanday metod va vositalar yordamida oshiriladi? 
5. O‘quvchilarning bilish faoliyati qanday tahlil etiladi. 
a) bilimlarni tayyor holda berasizmi? 
b) materiallarning faqat bir qismini tushuntirasizmi? 
v) barcha materialni o‘quvchilar mustaqil o‘rganadilarmi (misollar bilan h.k.)? 
O‘quvchilar orasida ham so‘rovnomalar o‘tkaziladi. Quyida o‘quvchilarning 
sinfda bajarishlari uchun mo‘ljallab tuzilgan so‘rovnomani keltiramiz. 
So‘rovnomalar respublika yoki viloyat maktablarida har xil natija beradi. 
O‘rganilayotgan pedagogik hodisa yoki voqealik to‘g‘ri qo‘yilganligini ko‘rsatadi. 
Chunki har bir maktab hududlarda turlicha sharoitlarda joylashgan. 


26 
O‘quvchilar uchun so‘rovnoma. Darsda yangi material qaysi metodda 
o‘rganilganda yaxshi tushunasiz va eslab qolasiz? 
(+ ishorasini materialni yaxshi tushuna olganingizda, - ishorasini esa o‘quv 
materialini yaxshi tushuna olmaganingizda qo‘ying). 
1. Materialni faqat og‘zaki bayon qilganda. 
2. O‘qituvchi topshirig‘iga ko‘ra mustaqil ish bajarganda.
3. O‘qituvchi suhbati yordamida (o‘qituvchi savoli hamda o‘quvchilar 
javobini umumlashtirish tufayli xulosalar chiqarilsin). 
4. O‘qituvchi o‘quv materialini faqat tayyor holda berganida (ya’ni hamma 
narsani o‘zi tushunganda). 
5. Ayrim topshiriqlarni o‘qituvchi topshirig‘i asosida karta, darslik, 
videofilmdan mustaqil olganda. 
6. Sinfdoshlarning ma’ruza va axborotlarini tinglaganda, o‘qituvchi doskaga 
rasmlar chizib bayon qilganda, barcha kartinalarni tahlil qilganda. 
7. Atlas va darsliklardagi kartalar bilan mustaqil ishlaganda. 
8. Kompyuter, proektor, filipchart doskasi bilan ishlaganda. 
9. Sinfda darslik bilan shug‘ullanganda. 
10. O‘qituvchi rahbarligida amaliy ishlar bajarilganda. 
11. O‘z bilimlariga tayangan holda yangi materialni mustaqil o‘rganganda. 
12. Turli metodlarni birgalikda qo‘llash natijasida va h.k. 
Eslatma: Yuqorida ko‘rsatilgan metodlardan tashqari yana qaysi metodlar 
qo‘llanilganda yangi materialni puxta tushunasiz? 
Geografiya ta’limi metodikasi bo‘yicha olib boriladigan tadqiqotlarda 
pedagogik eksperiment keng qo‘llaniladi. Bu metod kuzatish metodining mantiqiy 
davomidir. Eksperiment yangi pedagogik tajribani yaratishga yo‘naltirilgan bo‘lib, 
u quyidagi holatlarda qo‘llaniladi. 
1. Tadqiqotchi sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan material o‘quvchilar yoshiga va 
bilim saviyasiga mos kelishi yoki kelmasligi aniqlanadi.
2. Maktab geografiya kurslaridagi biror mavzuni o‘rganishda tavsiya etilgan 
yangi metodlar va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni birgalikda qo‘llashning samarasini 
aniqlash zarurati tug‘ilganda va h.k. Boshqacha qilib aytganda, bu metod ta’lim va 
tarbiya jarayonini ilmiy nuqtayi nazardan, tajribalar yordamida sinab ko‘rish 
zaruriyati tug‘ilganda qo‘llaniladigan metoddir. 
Eksperimentning muvaffaqiyatli o‘tishi, uning maqsadiga, qanchalik puxta 
rejalashtirilganligiga, 
tadqiqot 
faraziga, 
yangilikni 
o‘zida 
qanchalik 
mujassamlashtirganiga bog‘liq. Tadqiqotlarda o‘rtaga tashlangan faraz o‘quvchilar 
tomonidan egallanishi lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni hamda o‘sha bilim va 
ko‘nikmalarni puxta o‘zlashtirishga yordam beruvchi metod va vositalarni ham o‘z 


27 
ichiga olishi kerak. Pedagogik eksperiment xilma-xil tarzda qo‘yilishi mumkin. 
Uni belgilariga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 
1. Vaqtga nisbatan: uzoq va qisqa muddatli. 
2. O‘rganilayotgan hodisalar tarkibiga ko‘ra: oddiy va murakkab. 
3. Tashkil etish jarayoniga ko‘ra: 
a) laboratoriyada alohida o‘quvchilar guruhi bilan o‘tkazish; 
b) tabiiy (butun sinf bo‘yicha yoki bir necha maktabning turli sinflari bilan). 
v) kompleks tarzda (laboratoriya sharoiti va eksperimentlarni o‘z ichiga olgan 
holda). 
Eksperiment uyushtirishning muhim shartlaridan yana biri- farazga (gipoteza) 
muvofiq o‘quv uslubiy (o‘quv matnlari, topshiriqlar, tarqatma, didaktik) 
materiallar yaratishdan iborat. Eksperiment uyushtirishning eng keng tarqalgan 
metodlaridan biri eksperiment va nazorat sinflar tashkil qilish hisoblanadi. 
Eksperimental sinflarda o‘quv materiali tadqiqotchi tavsiya etgan yangi metodlar 
yordamida uyushtiriladi. Nazorat sinflarida dars an’anaviy usulda olib boriladi. 
Eksperiment va nazorat sinflarida o‘quvchilar soni, ularning bilim saviyasi deyarli 
bir xil bo‘lishi kerak. Aks holda o‘tkazilayotgan eksperiment ko‘zlangan natijaga 
erishishi qiyin. Eksperiment nazariy g‘oyalarning qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri 
ekanligini isbotlashdan iboratdir. Demak, eksperiment shunday tadqiqot metodiki, 
unda pedagogik jarayonlarning obyektiv qonuniy aloqalari tadqiq qilinadi. Barcha 
metodikaga oid fanlar qatori geografiya ta’lim metodikasi taraqqiyotini ham 
eksperimentlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Odatda, nazariy va emperik tadqiqot 
birgalikda qo‘llaniladi. Chunki tadqiqot jarayonida qo‘llaniladigan barcha metodlar 
tahlil, sintez, induksiya, deduksiya, umumlashtirish, abstraksiya kabi mantiqiy 
vositalar yordamida amalga oshiriladi. Uslubiy tadqiq jarayoni bir necha 
bosqichlardan iborat bo‘ladi. Ular L.M.Pancheshnikova tadqiqotlarida yoritilgan 
bo‘lib, quyidagilardan iborat. Bular muammoning qo‘yilishi, tadqiqotning asosiy 
obyektini tanlash, tadqiqotning maqsad va vazifalarini belgilash, ish farazini ilgari 
surish, kuzatish va eksperimental ishlar, tadqiqot bosqichlarining asosini tashkil 
qiladi. Tadqiqot yakunida olingan ma’lumotlar va bilimlar umumlashtiriladi va 
tadqiqot natijalari tajriba, tekshiruvlardan o‘tkaziladi. L.M.Pancheshnikova 
uslubiy tadqiqotni quyidagi bosqichlarda tashkil qilishni tavsiya etadi. 

Download 4.58 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   196




Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish