Geografiya ta’limining maqsad va vazifalari




Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/196
Sana16.02.2022
Hajmi4.58 Mb.
#17672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   196
Bog'liq
pedagogika 1
Hi Alex, Документ Microsoft Word, pedagogika 2, Milliy taomlar, restoran.xitoy taomlari, Fransiya taomlari
1.2. Geografiya ta’limining maqsad va vazifalari 
O‘qitish maqsadlarini aniqlash didaktika va geografiya o‘qitish 
metodikasining eng muhim muammosidir. O‘qitish maqsadi geografiya nima 
uchun o‘qitiladi, degan savol bilan chambarchas bog‘liq. O‘qitish maqsadi maktab 
geografiyasining mazmunini, tuzilishini, o‘qitish metodlari va yo‘nalishini 
belgilashda katta ahamiyatga ega. Dastlab barcha fanlar uchun o‘qitish 
maqsadlarini aniqlashda didaktik tadqiqotlar amalga oshirildi. “Ta’lim 
to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonunlarda 
o‘qitish maqsadini aniq belgilashga katta e’tibor berilgan. O‘qitish maqsadini 
aniqlashda jamiyat taraqqiyotining xususiyatlari bilan qiziqishi, albatta, e’tiborga 
olinadi, ya’ni o‘quvchilar jamiyat istiqboli uchun kurashadigan va qayg‘uradigan 


12 
bo‘lishi kerak. Maktab o‘z o‘quvchilarini mehnatni sevadigan va qadrlaydigan, 
vatanparvar, zamonaviy fan, texnika, texnologiyaga oid ko‘nikma va malakalarga 
ega qilib tarbiyalashi zarur. Geografiya inson hayotida katta ahamiyatga ega. 
Uning tabiiy boyliklarimizni, chet mamlakatlar bilan qiyoslashda, iqtisodiy, 
ijtimoiy-siyosiy, ilmiy geografik munosabatlarimizni aniqlashda ahamiyati katta. 
Umumgeografik ta’limga o‘quvchilar tarbiyasi va rivojlanishiga ta’sir qilishi 
nuqtaiy nazardan qarash kerak. Hozirgi zamon ishlab chiqarish tarmoqlari – yirik 
sanoat, agrosanoat komplekslari va transport tarmoqlaridan iborat, ular tabiat 
kompleksi va uning komponentlariga keskin ta’sir qilib qolmasdan, balki atrof-
muhitning ifloslanishiga, tabiatdagi ekologik aloqalarning buzilishiga olib keladi. 
Ayniqsa, hozirgi kunda Orol fojiasi davom etayotgan bir vaqtda va uning 
boyliklariga oqilona yondashish muammolari ko‘ndalang bo‘lib turadi. 
Geografiyaning asosiy vazifasi jamiyat bilan tabiat o‘rtasidagi murakkab 
aloqadorlikni ta’minlashdan iborat. 
Bu aloqadorlikni chuqur ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish orqali amalga oshirish 
mumkin. Bunda quyidagilarni e’tiborga olish kerak:
a)jamiyat ishlab chiqarishi faoliyatining atrof-muhitga ta’sirini o‘rganish va 
bu o‘rganishlar natijasida sodir bo‘ladigan oqibatlarni oldindan aytish uni ilmiy 
jihatdan asoslash; 
b) tabiiy resurslarni izlash, ularga iqtisodiy jihatdan baho berish va samarali 
foydalanish;
v) tabiiy resurslar bilan atrof-muhitni qo‘riqlash o‘rtasidagi aloqadorlikni 
ochish;
g) hozirgi zamon ilmiy texnika inqilobiga tayanib, inson yashashi uchun 
qulay bo‘lgan muhitni qo‘riqlash yo‘llarini izlash.
Iqtisodiy geografiya ishlab chiqarishning geografik joylashishini o‘rganadi. 
Uni ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlarini birgalikda 
tadqiq qiladi. Uning tadqiqot predmetiga sanoatni, qishloq xo‘jaligini, transportni, 
ijtimoiy, tabiiy, iqtisodiy omillarni e’tiborga olgan holda joylashish qonun- 
qoidalarini o‘rganish kiradi. Bularning barchasi ishlab chiqarishni hududiy 
joylashishi, mehnat manbalari, tabiiy sharoit va boyliklarni birgalikda o‘rganishni 
taqozo qiladi. Iqtisodiy geografiya iqtisodiy rayonlashtirish, iqtisodiy rayon, 
TIChKlar, iqtisodiy geografik o‘rni, ishlab chiqarishni joylashtirishning umumiy 
masalalari, aholi joylashishi va boshqa masalalarni ham tadqiq qiladi. Ayniqsa, 
“Inson va atrof-muhit” muammosining jamiyat oldida ko‘ndalang bo‘lib turishi, 
iqtisodiy geografiya oldida talay vazifalarni qo‘yadi. Har bir geografiya 
o‘qituvchisi geografiya ta’limi va uning alohida kurslari maqsadlarini bilishi shart. 
Agar o‘qituvchi buni bilmasa, yirik mavzular va alohida darsliklarning maqsadini 
to‘g‘ri aniqlay olmaydi. 


13 
Geografiya deyarli barcha sinflarda o‘qitilganligi tufayli uning maqsadi ham 
ko‘p qirralidir. Geografiya ta’limi maqsadlarini uch guruhga ajratish mumkin. 
1. Ta’limiy maqsadlar: 
- o‘quvchilarga tabiiy, iqtisodiy, kartagrafiya va boshqa geografiya 
fanlarining asoslarini o‘rgatish. Tabiatni qo‘riqlash va undan oqilona 
foydalanishning tabiiy-ilmiy va texnika, iqtisodiy tarmoqlarning takomillashuvi, 
toki bu jamiyat hayoti va ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun imkon yaratsin; 
- o‘quvchilarni iqtisodiy, ekologik ta’lim bilan qurollantirish; 
- o‘quvchilarda geografik madaniyatni shakllantirish, ularni kartalar, 
ma’lumotnomalar bilan ishlay olish, kundalik matbuot materiallarini o‘qishda 
geografik bilimlarni qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish.
2. O‘quvchilarni geografiya va unga aloqador bo‘lgan fanlar asosida o‘z 
bilimlarini oshirish qobiliyatlarini shakllantirish: 
- o‘z respublikasining tabiiy va iqtisodiy geografiyasiga oid bo‘lgan 
bilimlarni chuqur bilish; 
- o‘quvchilarda tabiatga, xo‘jalikka, tabiat bilan xo‘jalik o‘rtasidagi 
aloqalarga nisbatan to‘g‘ri ilmiy dunyoqarashni shakllantirish; 
- o‘quvchilarda vatanparvarlik, milliy g‘urur xislatlarini shakllantirish. 
- o‘quvchilarga turli mamlakatlarning xo‘jalik yuritish metodlari, tabiiy 
boyliklardan unumli foydalanishi, aholini ish bilan ta’minlashi kabi masalalar 
mohiyatini ochib berish; 
- zamonaviy fan va texnika taraqqiyoti davrida o‘quvchilarning mehnat 
tarbiyasi, kasb tanlashi, umuman, hayotda o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashish; 
- o‘z mamlakati iqtisodiyoti yutuqlari bilan g‘ururlanish, o‘z yashab turgan 
jamiyatning haqiqiy egasi deb his qilishi kabi hislatlarni shakllantirish. 
3. O‘quvchilarning bilish faoliyatlarini rivojlantirish: 
- o‘quvchilarda kuzatuvchanlik, fikrlash, esda saqlab qolish, og‘zaki va 
yozma nutq ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish; 
- o‘quvchilarni kuchi yetadigan darajada geografik muammolarni yechishga 
o‘rgatish.
- geografik narsa va hodisalarga nisbatan atroflicha yondashish, o‘z fikr va 
mulohazalarini bevosita kartaga bog‘lay olish qobiliyatlarini rivojlantirishga 
ko‘maklashish. 
Ta’limning maqsadi geografiya fani mazmuni bilan chambarchas bog‘liq. 
Demak, ta’lim maqsadini yuqori pog‘onaga ko‘tarish uchun geografiya ta’limi 
ilmiy jihatdan rivojlanishda bo‘lishi kerak. Ta’lim maqsadlari aniq ilmiy, siyosiy 
yo‘nalishlarga ega bo‘lishi bilan bir qatorda u hayot bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi 
kerak, ya’ni ekologik, iqtisodiy, kasbiy, nafosat kabi bilimlarni ham o‘zida 
mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak. Geografiya ta’limi maqsadlari dasturlar, 


14 
darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ta’lim vositalari va bevosita ta’limni tashkil 
etish shakllari bilan ham chambarchas bog‘liq. 
Vaqt o‘tishi bilan maktablarda geografiya o‘qitish maqsadlari tez sur’atlarda 
o‘zgarmoqda. Kelajakda bunday o‘zgarishlar yanada kuchayadi. Ilmiy – texnika 
taraqqiyotining rivojlanishi geografiya fanining sifat o‘zgarishlariga ham ta’sir 
ko‘rsatadi. Har 10-15 yilda ta’limda islohotlarning amalga oshirilishi, geografiya 
o‘qitish jarayoniga ham ta’sir qilmasdan qolmaydi. Natijada geografiya bo‘yicha 
o‘quv dasturlari, o‘quv rejalari tubdan o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Demak, 
geografiya fani mazmunining o‘zgarishi geografiya o‘qitish maqsadlariga ham 
ta’sir qilmasdan qolmaydi. Maktab geografiyasi maqsadlarini aniqlamasdan turib, 
geografiya o‘qitishni amalga oshirish talay qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. 
Bunday qiyinchiliklar quyidagilarda namoyon bo‘lishi mumkin: 
1. 
Maqsadlarsiz dasturlar tuzish ancha mushkul bo‘lib qoladi. 
2. 
Maqsadni aniq belgilamasdan uslublarni aniqlab bo‘lmaydi. 
3. 
Geografiya o‘qitish maqsadlarini aniqlamasdan o‘quvchilar bilimini 
tekshirishning samarali yo‘llarini yaratish qiyinlashadi va h. k. 
4. 
Geografiya ta’limining kelajakdagi (20-25 yil ichida) mazmunan 
qanday bo‘lishini aniqlamasdan turib, o‘quv predmetining ta’limiy va tarbiyaviy 
maqsadlarini aniqlash qiyinlashadi. 
Demak, geografiya o‘qitishdagi maqsadni belgilamasdan turib geografiyani 
o‘qitishning ahamiyatini aniqlab bo‘lmaydi va h.k. 
Bundan 100 yil oldin geografiya ta’limida, asosan, karta va onda-sondagina 
har xil rasmlardan foydalanilgan. XX – asrning 60 yillar boshlariga kelib esa 
darslarda aerofotosurat, televideniya, kinofilmlardan foydalanish imkoniyati paydo 
bo‘ldi. 
Bugunga kelib geografiya o‘qitishda xilma-xil ta’lim vositalari paydo 
bo‘ldiki, bular geografiya o‘qitish maqsadlariga ham ta’sir qilmasdan qolmadi. 
EHMdan tortib kosmik suratlargacha, kompyuterdan tortib xilma-xil ko‘rgazmali 
qo‘llanmalargacha geografiya o‘qitish mazmunini boyitdi. Bugungi talaba va 
o‘quvchi rivojlangan va taraqqiy etgan madaniy muhitda yashamoqda, ularni o‘rab 
olgan global muhit bundan 20-30, hatto 50 yil oldingiga qaraganda keskin farq 
qiladi. Maktab o‘qituvchilari uchun darslik va boshqa o‘quv qo‘llanmalari yagona 
bilim, axborot manbai bo‘lmay qoldi. Bilim olishda maktabdan tashqari xilma-xil 
manbalar: gazeta va jurnallar, radio, televideniya, videofilmlar paydo bo‘ldiki, ular 
o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirishda katta ta’sir ko‘rsatmoqda. 
O‘quvchilarga ta’sir qilayotgan bu ma’lumotlarning aksariyati tasodifan bo‘lib, 
ular bilimni ma’lum yo‘nalishda va izchillikda olib borishga yordam berishi ancha 
qiyin. Bu ma’lumotlar o‘quvchilarning geografik obyektni, voqea va hodisalarni 
qanchalik to‘g‘ri anglab olishlariga ta’sir qilishi aniq emas. Asosiy vazifa ularni bu 


15 
ma’lumotlarga nisbatan to‘g‘ri yondasha olishi, faktlar bilan fikrlar o‘rtasida 
qanday bog‘liqlik borligini ajrata olishga o‘rgatish, ularda ilmiy dunyoqarashni 
shakllantirishdan iborat. 
Bizni o‘rab turgan dunyo (olam) haqida turli muhitlarda yashab turgan 
o‘quvchilar o‘ziga xos qarashlarga ega. Yuz millionlab o‘quvchilar umuman, 
dengiz va okeanlarni, cho‘llarni, tog‘larni bevosita ko‘rish, idrok qilish 
imkoniyatidan mahrum. Ularning ayrimlari katta bo‘lib, voyaga yetgandagina 
ularni sayohatlar orqali, ko‘rishlari mumkin. Ammo oddiy ko‘rish orqali ularni 
tushuna oladigan darajada bilish imkoniyatlariga ega bo‘la olmaydilar. Shu tufayli 
ham o‘quvchilarda dunyo haqidagi bilimlarni shakllantirishda, bu borada 
tushunchalar 
tarkib 
toptirishda 
xilma-xil 
ta’lim uslublari, vositalardan 
foydalanishga to‘g‘ri keladi. Geografik bilimlar nafaqat geografiya, balki, 
o‘quvchilar kelgusida qanday kasblarni egallashlaridan qat’iy nazar, ularning 
dunyoqarashlari takomillashuvi uchun nihoyatda zarur. Agar har bir inson uchun 
o‘qib olish, yozish, hisoblay olish qanchalik zarur bo‘lsa, ularning madaniyatli 
kishilar bo‘lib yetishlari uchun geografik bilimlar ham shunchalik zarur. Umuman, 
har bir o‘quvchining kelajakdagi shaxsini belgilashda geografik bilimlarning roli 
cheksizligini hayot o‘zi isbotlamoqda. 
Hozirgi davrda geografik bilimlar mazmuni va undagi o‘zgarishlar 
nihoyatda tezlik bilan o‘zgarmoqda. Bundan bir asr oldin Afrika, Avstraliya, 
Janubiy Amerika juda kam o‘rganilgan bo‘lib, ularning o‘simlik, hayvonot 
dunyosi, relyef, xususiyatlari haqida ma’lumotlar juda kam edi. Faqat keyingi 
yillardagina ularning landshafti, aholisining joylashishi, tabiiy resurslar kartasi 
kabi ma’lumotlar kosmik tadqiqotlar tufayli aniqlandi. Hozirgi geografiyaning 
asosiy vazifasi yangi yerlarni kashf qilish, tog‘ tizmalariga nom berish, 
cho‘qqilarni zabt qilish, mamlakat va xalqlarni ta’riflashdan iborat emas, balki 
jamiyat bilan tabiat o‘rtasida bo‘ladigan voqealarni, aholining tez suratlar bilan 
ko‘payish oqibatlari, ITI o‘rtasidagi bog‘liqlik muammolarini hal qilishdan iborat. 
Demak, geografik bilimlar orqali quyidagi vazifalar hal qilinishi kerak: 
Birinchidan, o‘quvchilarga hozirgi kundagi vaziyatni, kundalik turmushni 
tushuntirish, bundan 20 – 30 yil oldingi vaziyat bilan qiyoslash va xulosalar 
chiqarishga o‘rgatish. Ikkinchidan, hozirgi geografik bilimlar Yer shari va uning 
ayrim regionalaridagi fakt va voqealarni ta’riflashda emas, balki, ulardan u yoki bu 
hudud xo‘jaligini rejalashtirishda, iqtisodiy qoloqlikni tugatishda, qishloq xo‘jaligi 
mahsuldorligini oshirishda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yo‘llarini izlashda 
foydalanish lozim. 
Geografik bilimlar bu muammolarni hal qilishda faol rol bo’lmog’i kerak. 
Bu o‘quvchilarni kelgusidagi hayotga, ishlab chiqarish jarayonlarini to‘g‘ri 
tushunishga tayyorlashdan iborat bo‘libgina qolmasdan, balki, ishlab chiqarish 


16 
jarayonida qo‘llash zarur bo‘lgan iqtisodiy bilimlarni ham o‘rganishga yordam 
beradi. Buning uchun ta’limni ishlab chiqarishning bevosita uzviy qismi deb 
qarash lozim. Geografiya ta’limida yuqoridagi jarayonlarni amalga oshirish 
quyidagi yo‘nalishlarda olib borilishi maqsadga muvofiq: 
1. Har bir geografiya kursining tarkibi va mazmunini aniqlash. Bunda 
maktab joylashgan hudud xususiyatlarini hisobga olish zarur bo‘ladi. 
2. Har bir geografik obyekt va hodisaning o‘rni va joylashishini tahlil qila 
olish. Geografik tahlil orqaligini narsa va hodisalarning tabiiy va antropogen 
xususiyatlari aniqlanadi. Ularning joylashishi faqat statistik ma’lumotlardan iborat 
bo‘libgina qolmasdan, balki doimiy rivojlanishda bo‘lish tufayli ham geografik 
tahlil dinamik yo‘nalishga ega bo‘lishi zarur. 
3. Atrof-muhitni tahlil qilish. Yaxlit hudud bir qancha voqea va hodisani 
o‘zida mujassamlashtirgan bo‘ladi. Obyektlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglash, u 
yoki bu ishlab chiqarishning rivojlanishida katta rol o‘ynaydi. Insonlar va 
hayvonlar bu joyda yagona ekosistemaning bitta qismi sifatida mavjud bo‘ladi. 
Inson o‘zi yashab turgan muhitga doimiy ta’sir qilib turadi. Bu ta’sir turli 
ko‘rinishda yerlarni o‘zlashtirish, sanoat va shaharlar, transport tarmoqlari, 
qurilishlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Tabiiy va antropogen omillarning o‘zaro 
ta’siri oqibatlarida madaniy landshaftlarning shakllanishini insonning atrof-
muhitga ta’siri oqibati deb qarash mumkin. 
4. Geografik hududni o‘rganishni tashkil qilish. Fermer o‘z yeridan bozor 
iqtisodini e’tiborga olgan holda foydalanishga harakat qiladi. Uning yerdan 
foydalanishi fermaning shahardan va aholi punktlardan uzoq yaqinligiga bog‘liq 
bo‘ladi. Har qanday tuman va hududning yerdan foydalanishi uning ixtisosligi 
bilan bog‘liq, albatta bu o‘z navbatida har bir hudud joylashgan madaniy landshaft 
xususiyatidan 
kelib 
chiqadi. 
Umuman, 
barcha 
tumanlarning 
hududi 
infrastrukturalar xususiyatlari bilan belgilanadi. (Bular: temir yo‘llar, avtoyo‘llar, 
elektr liniyalar, suv yo‘llari, kanalizatsiya tarmoqlari va h.k.). 
5. Geografiyaning tabiiy va ijtimoiy fan ekanligi xususiyati uni tabiiy va 
ijtimoiy-iqtisodiy geografiya predmeti sifatida maktablarda o‘qitishni taqozo 
qiladi. Geografiyaning bunday mazmunga ega bo‘lishi kelajakda geograf 
mutaxassislarni 
tayyorlashda 
xilma-xil 
fanlardan 
xabardor 
bo‘lish 
majburiyatiniyuklaydi. Har bir madaniyatli inson tabiiy va iqtisodiy 
geografiyaning eng oddiy (elementar) bilimlari bilan qurollangan bo‘lishlari kerak. 
6. Geografiya har bir region, tuman, hududning bir-biridan qaysi 
xususiyatlari bilan farqlanishini o‘rgatishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yishi kerak. 
Chunki narsa va hodisalarga umumiy ta’rif berish orqali ularga xos bo‘lgan ichki 
qonuniyatlarni bilib olish murakkab hisoblanadi. 


17 
Demak, geografiya ta’limi maqsadlari vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishda va 
takomillashuvda bo‘ladi. 
Geografiya ta’limi maqsadlarini yakuniy natijasi sifatida geografik 
bilimlarni shakllantirish deb qarash mumkin. 
Maktabda geografiya ta’limi (bilimlar) 2 qismga bo‘lib o‘rganiladi. Bular: 
1. 
Bevosita geografiya fanida shakllantiriladigan bilimlar. 
2. 
Geografiyaga yaqin va aloqador bo‘lgan fanlardagi umumgeografik 
bilimlar. 
Geografiya fanida shakllantiriladigan bilimlar o‘z mazmuniga ko‘ra xilma-
xil bo‘lib, bu bilimlarning aksariyati kuzatuvlar natijasida shakllanadi, ularni 
kuzatuvchilar dala sharoitida, xarita yordamida, rasmlar yordamida ham to‘plashi 
va amalga oshirishi mumkin. Shu tufayli bu bilimlarni o‘rganish ko‘p jihatdan 
muammolarni tahlil qilish bilan bog‘liq. 
Geografik bilimlarni bevosita o‘quvchini o‘rab turgan muhit misolida 
o‘rganishni tashkil qilish ham mumkin. Ammo bu konkret muhit tarixchi, shoir va 
yozuvchilar, rassom, geolog, iqtisodchi uchun umumiydir. Ular bu manzaraga 
qiziqishlari nuqtayi nazardan yondashadilar. Masalan: shaharni o‘rganishni 
tarixchi, iqtisodchi o‘z qarashlari va rejasi asosida amalga oshirsa, geograf 
boshqacha metodda o‘rganadi. Shaharni o‘rganishdagi bunday yondashuv bitta 
obyektni turli xil yo‘llar bilan o‘rganish mumkinligini, ularni o‘rganishda, albatta, 
geografik bilimlar ishtirok etishini, bunday bilimlar har qanday kasbdagi kishilar 
va kasblar uchun zarurligini o‘quvchilar anglab yetadilar. Geografik bilimlar 
tufayli o‘quvchilarda xilma-xil ko‘nikmalar shakllanadi. O‘quvchilar geografiyani 
o‘rganar ekan u yoki bu hodisani keltirib chiqaradigan sabablarning murakkab 
ekanligini 
bilib 
oladilar. 
Bu 
murakkablik 
xilma-xil 
omillar 
tufayli 
shakllanganligini anglaydilar. Barcha hududiy komplekslar, regionlardagi tabiiy 
xususiyatlar tabiiy va atropogen omillarning o‘zaro ta’siri tufayli vujudga keladi. 
Atropogen omillar turli ko‘rinishlarda, xususan, siyosiy, tarixiy, iqtisodiy, 
psixologik mazmunni kasb qilgan holda bo‘lishi mumkin. Hududlarni ko‘p qirrali 
tahlil qilish orqali o‘quvchilar tabiatdagi biror narsa va hodisa sababsiz mavjud 
bo‘lmasligini va shakllanmasligini anglab yetadilar. 
Geografiyani o‘rganish orqali o‘quvchilar o‘zi yashab turgan tashqi muhitni 
va undan uzoqdagi xilma-xil muhitlarni bilib oladilar. Eng muhimi, o‘quvchilar 
o‘zi yashab turgan muhitning qanday muammolarga ega ekanligini, kishilar bu 
muammolarni yechishda qanday yutuqlar va kamchiliklarga duch kelayotganlarini 
anglab yetishlari kerak. Xususan, har bir hudud o‘ziga xos iqlim, tuproq, aholi 
resurslariga ega. Bu esa ularni o‘rganishda o‘ziga xos bo‘lgan uslublarni
qo‘llashni taqozo qiladi. 


18 
O‘quvchilarda geografiya fani yordamida xilma-xil ijobiy qobiliyatlar ham 
shakllanishi mumkin. Aero va kosmik suratlar yordamida yer sharining turli 
qismlaridagi landshaftlarni tahlil qilish orqali faqat insonlargina mo‘jizalarni 
yaratishi mumkinligini anglab yetadilar. Janubiy – Sharqiy Osiyo tog‘laridagi 
terrasalarda bepoyon sholizorlarning mavjudligini nima bilan isbot qilish mumkin?
Shimoliy Amerika preriyalaridagi bepoyon g‘allazorlar, Yaponiya, Amerika, 
G‘arbiy Yevropa, Sharqiy Xitoyda aholi eng zich joylashgan hududlardagi 
urbanizatsiyaning ahvoli va hokazolarning barchasini inson faoliyatining natijasi 
deb qarash mumkin. Bunday voqea va hodisalarni o‘rganishda va yechishda 
geografiya fani ham ishtirok qiladi. Geografiya davlatlar va xalqlar o‘rtasida sodir 
bo‘layotgan murakkab aloqalar va munosabatlarni o‘rganishda ham ishtirok etadi. 
U yoki bu hududda yashayotgan, ishlayotgan insonlar faoliyatini geografik 
jihatdan tahlil qilmasdan, xususan ularning resurslarga va oziq-ovqatga ehtiyojini 
aniqlamasdan turib biron joyni o‘zlashtirib bo‘lmaydi. Insonlar ehtiyojini quyidagi 
yo‘nalishlarda o‘rgatish yaxshi natija beradi.
1. 
Iqtisodiy ehtiyoj. Rayonning mineral, qishloq xo‘jalik, sanoat, 
rekratsion resurslarini o‘rganish. Ularni o‘rganishda kamxarajat qilib, ko‘proq 
foyda olish nazarda tutiladi. Natijada bu hududda ko‘rimsiz landshaftlar vujudga 
keladi, maishiy xizmatning tartibsiz amalga oshirilishi tufayli aholining 
joylashishida kommunikatsiyalarning betartib rivojlanish hollari ro‘y beradi. 
2. 
Ijtimoiy ehtiyojlar. Hududda kapitalni taqsimlashda tenglik asosida 
rivojlantirish. Hududning bir qismi rivojlanib ikkinchi qismi rivojlanmasdan 
qolmasligiga erishish. 
3. 
Ekologik ehtiyojlar. Insonning tabiatga noto‘g‘ri ta’sir etish 
oqibatlarining oldini olish, yosh avlodda doimiy ravishda ekologik madaniyat 
elementlarini shakllantirib borishdan iborat. 
Barchaning ekologik qoidalarni hurmat qilishni ta’minlashga harakat qilish. 
4. 
Fazoviy ehtiyojlar. Hududni o‘zlashtirishning infrastrukturasiga 
taalluqli bo‘lgan, zavod, fabrika, shahar, xizmat ko‘rsatish, yo‘l qurilishi obyektlari 
mo‘ljallansa, albatta, ularni joylashtirishning qulayligini e’tiborga olmasdan, balki 
o‘sha quriladigan obyektlarning tabiiy landshaftiga ta’siri, ijtimoiy va ekologik 
oqibatlar va boshqalar e’tiborga olinishi kerak. 
Demak, geografik bilimlar mazmunan xilma-xil va boy bo‘lib inson 
faoliyatining turli sohalarida qo‘llaniladi. Sayyoramizda yashovchi har bir inson 
geografik bilimlarsiz o‘zini ma’lumotli va mustaqil fuqaro sifatida his qilishi qiyin. 
Inson yashab turgan atrof-muhiti go‘zalligini his qilibgina qolmasdan, unda 
bo‘layotgan xilma-xil sabab-oqibatlar mohiyatini tushunishi va anglab yetishi 
kerak. Har bir fuqaro o‘zi yashayotgan shahar, qishloqning geografiyasini puxta 
bilishi maqsadga muvofiq. 


19 
Landshaftni vujudga keltirgan omillarni bilishi va ularni baholay olishi, 
madaniy landshaftlarning tasodifan vujudga kelmaganligini, uning turli-tuman 
sabablarning oqibatlari ekanligini anglashi, bunda ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy 
jarayonlarning rolini bilishi zarur. Insonning tabiat uni ajablantirgan voqea va 
hodisalarning qisqacha mohiyatini anglashi: Masalan: Yer qimirlashlar, shamollar, 
yog‘inlar va boshqa hodisalarning bo‘lish sabablarini bilishi kerak. Ular geografik 
bilimlarni qanchalik puxta bilsalar, ularning jamiyat va atrof-muhit oldida 
javobgarligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Geografiyaning ko‘pgina muammolarga 
sergak qarashda, ularni yechishning konstruktiv yo‘llarini topishda ahamiyati katta. 
Bu fan insonlarning savodxonlik darajasini ta’minlashda keng va cheksiz 
imkoniyatlarga ega. Inson bilan tabiatning o‘zaro uyg‘unligi ming yillardan buyon 
davom etmoqda. Bu uyg‘unlikni mustahkam saqlash va oqilona yuritish faqat 
geografik bilimlarni puxta egallangandagina amalga oshiriladi. Demak, 
yuqoridagilarning aksariyati geografiya ta’limi maqsadlarida aks etishi davr 
talabidir. 

Download 4.58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   196




Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Geografiya ta’limining maqsad va vazifalari

Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish