Geografiya ta’limi metodikasi fanining




Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/196
Sana16.02.2022
Hajmi4.58 Mb.
#17672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   196
Bog'liq
pedagogika 1
Hi Alex, Документ Microsoft Word, pedagogika 2, Milliy taomlar, restoran.xitoy taomlari, Fransiya taomlari
1.3. Geografiya ta’limi metodikasi fanining
boshqa fanlar bilan aloqasi 
Geografiya ta’limi metodikasi geografiya fanlari bilan uzviy bog‘liqdir. 
Geografiya fanlari geografiya metodikasi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Geografiya 
fanlari 
bilan 
aloqadorlik, 
maktab 
geografiyasi 
mazmunini 
shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Maktab geografiyasi mazmuni uzluksiz 
takomillashib boradi. Shu tufayli ham keyingi yillarda maktab geografiya 
kurslariga tabiiy, hududiy ishlab chiqarish komplekslari, bozor iqtisodiyoti kabi 
tushunchalarning kiritilishi, tabiiy sharoit va resurslardan oqilona foydalanish 
zaruriyatini tug‘diradi. O‘quvchilarning THK va bozor iqtisodiyotiga oid 
tushunchalar haqida puxta bilimga ega bo‘lishi ular ongida geografik muhit va 
iqtisodiy elementlarni singdirish imkoniyatlarini ham vujudga keltiradi. Geografiya 
o‘qitish metodikasi kartagrafiya, geologiya, ekologiya va boshqa fanlar bilan 
mustahkam aloqaga ega. Hozirgi kunda eng muhim muammolardan biri geografiya 
darslarida jamiyat bilan tabiat, inson bilan tabiat o‘rtasidagi murakkab 
aloqadorlikni o‘rganish hisoblanadi. Ushbu jarayon geografiya va unga yaqin 
bo‘lgan fanlarni maktabda o‘qitish metodlari, vositalarini tanlashda ham o‘z 
ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Buni geografiya ta’limi metodikasiga 
kartagrafik, statistik, kuzatish, taqqoslash, geografik axborot tizimi (GIS) 
metodlarining kiritilishi va ishlatilishidan bilsa bo‘ladi. Chunonchi maktab 
geografiyasi kursini kartasiz, ko‘rgazmali qurollarsiz, zamonaviy texnika 
vositalarisiz hamda geografik axborot tizimisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. O‘qitish 
metodikasi geografiya fanining ba’zi bir ilmiy tekshirish metodlaridan foydalanar 
ekan, o‘quvchilarning bilimlarini samarali o‘zlashtirishlarini va ularni geografiya 


20 
fanining ba’zi tadqiqot metodlari bilan tanishtirishni ko‘zda tutadi. Geografiya 
ta’limi metodikasi, bevosita pedagogika fani tarmoqlariga kiruvchi didaktika, 
psixologiya fanlari bilan chambarchas bog‘liq. Geografiya 
metodikasi 
didaktikaning asosiy qoida va prinsiplarini geografiya o‘qitish jarayoniga tadbiq 
etishni, uning mazmuniga xos bo‘lgan xususiyatlarini ham e’tiborga olishni taqozo 
etadi. Didaktika geografiya o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari o‘rtasidagi 
munosabatlarni oydinlashtiradi va shu asosda o‘qitishning maqsadi, mazmuni, 
metodlari hamda o‘qitish jarayonini tashkil etishga doir talablarni belgilab beradi. 
Demak, didaktika barcha fanlar uchun ta’limning umumiy qonuniyatlari va 
nazariyalarini yaratsa, metodika esa, o‘z navbatida, didaktikaning fanlarni o‘qitish 
haqidagi umumiy nazariyasini ma’lum bir o‘quv fani sifatida, ya’ni, geografiya 
o‘qitish jarayoniga tadbiq etish bilan uni yanada takomillashtiradi va to‘ldiradi. 
Demak, didaktika va geografiya o‘qitish metodikasi fanlari bir-birini to‘ldiradi va 
boyitib boradi. Metodika to‘plagan materiallar didaktikaga nazariy tahlil uchun 
manba bo‘lishi mumkin. Masalan: o‘quvchilarning geografik bilim, ko‘nikma va 
malakalarini baholash, geografik tasavvur, tushuncha, g‘oyalar tizimini 
shakllantirish va boshqalar didaktika tomonidan atroflicha o‘rganilishi metodika 
uchun muvaffaqiyat garovi bo‘lishi mumkin. Geografiya fanini o‘qitishda 
o‘quvchilarning yoshi, bilimi, fikrlash qobiliyati va umuman ruhiy faoliyatini 
e’tiborga olmasdan turib, ularning o‘quv faoliyatini samarali tashkil etib 
bo‘lmaydi. Shu tufayli geografiya metodikasi psixologiya fani bilan chambarchas 
bog‘liqdir. Psixologiya fanining hozirgi bosqichdagi taraqqiyoti maktablarda 
fanlarni o‘qitish jarayonini ilmiy asosda har tomonlama chuqur tadqiq etishni 
hamda o‘qitishni yanada takomillashtirish uchun zarur bo‘lgan imkoniyatlarni 
yaratib beradi. Demak, geografiya o‘qitish metodikasi ham o‘z navbatida 
geografiya o‘qitish jarayonini tashkil etishda psixologiya fani qo‘lga kiritgan 
yutuqlardan foydalanadi. Psixologiya o‘quvchilardagi ruhiy faoliyatning umumiy 
qonuniyatlarini o‘rgansa, metodika esa o‘quvchilarning geografik obyekt va 
hodisalarni o‘zlashtirishlari bilan bog‘liq bo‘lgan jihatlarni tadqiq qiladi. Metodika 
bilan psixologiyaning eng muhim bog‘liqlik tomoni shundaki, unda geografiya 
o‘qitishning mazmuni va metodlari bilan o‘quvchining ruhiy faoliyati orqali 
erishiladigan natijalar o‘rtasidagi qonuniyatli bog‘lanishlar tadqiq qilinadi. Turli 
geografik obyektlarning kartadagi joylanishini fazoviy tasavvurlarsiz egallab 
bo‘lmaydi. Bunda, albatta, psixologiya fani bilimlariga tayaniladi. Demak, 
geografiya ta’limi metodikasini o‘qitishda samarali natijalarga erishish uchun 
o‘quvchilarning geografiyaga oid materiallarni puxta o‘zlashtirishlari orqali 
o‘quvchilarning ruhiy faoliyati o‘rtasidagi qonuniyatli bog‘lanishlar mavjudligini 
ham nazarda tutadi. O‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda psixologiya fani 
yutuqlariga tayaniladi va psixologik diagnostika metodlaridan ham foydalanish 


21 
yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Shunday qilib, geografiya o‘qitish metodikasi 
pedagogika fanining mustaqil tarmog‘i sifatida o‘zining mustaqil tekshirish 
predmetiga ega. U boshqa fanlarga tayangan holda mazmunan boyib, takomillashib 
boradi

Download 4.58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   196




Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Geografiya ta’limi metodikasi fanining

Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish