Samarqand davlat universiteti




Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/196
Sana16.02.2022
Hajmi4.58 Mb.
#17672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   196
Bog'liq
pedagogika 1
Hi Alex, Документ Microsoft Word, pedagogika 2, Milliy taomlar, restoran.xitoy taomlari, Fransiya taomlari
 
 
Mas’ul muharrir: 
SamDU professori, g.f.d. Abbosov S.B. 
 
Taqrizchilar: 
SamDU professori, g.f.d. AbdulqosimovA.A. 
QarDU dotsenti, g.f.n. Abdullayev S.I. 
ISBN 978-9943 
 
© Samarqand davlat universiteti, 2021 



SO‘Z BOSHI 
Samarqand davlat universitetining
600 yilligiga bag‘ishlanadi
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining kelajagini har tomonlama yetuk o‘z 
kasbining fidoyilari bo‘lgan o‘qituvchilarsiz tasavvur etish qiyin. Mamlakatimizda 
yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi 
Qonuni talablaridan kelib chiqqan holda oliy ta’lim tizimida jahon andozalari 
talablariga javob beradigan yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislar 
tayyorlash va ta’lim sifatini tubdan yaxshilashga qaratilgan islohotlarni amalga 
oshirishni taqozo etmoqda. Malakali pedagog mutaxassislar tayyorlash esa ko‘p 
jihatdan ularning metodik tayyorgarligiga bog‘liq. Ayniqsa, hozirgi zamondagi 
murakkab axborotlarni, geografik hodisa va sabab-oqibatlarni, tabiiy geografik va 
ijtimiiy-iqtisodiy tushuncha va faktlarni o‘quvchilar ongiga yetkazish va ularni 
shakllantirish nihoyatda murakkab jarayon hisoblanib o‘qituvchidan katta mahorat 
talab qiladi.
Mazkur o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan oliy 
ta’limning Davlat ta’lim standarti asosida 5140600 – Geografiya ta’limi yo‘nalishi 
bakalavrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo‘yiladigan 
talablar hamda oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassislari klassifikatori – 
Geografiya o‘qituvchilarini tayyorlash maqsadida yaratildi. 
Shuni ta’kidlash joizki, bakalavr bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun 
mo‘ljallangan “Geografiya ta’limi metodikasi” fani bo‘yicha darslik va o‘quv 
qo‘llanmalariga ehtiyoj yuqori ekanligini hisobga olgan holda ushbu o‘quv 
qo‘llanma tayyorlandi. Shu paytgacha talabalar O.Mo‘minovning “Geografiya 
ta’lim metodikasi” (1972 yil, 1986 yil) va R.Qurbonniyozovning “Geografiya 
ta’limi metodikasi” (1992 yil, 2001 yil) o‘quv qo‘llanmalari hamda H.Vahobov, 
O.Mirzamahmudovlarning “Geografiya o‘qitish metodikasi” (2016) uslubiy 
qo‘llanmasidan foydalanib kelmoqdalar, ular hozirgi kun talablariga qisman javob 
bermay qoldi, yangi mazmundagi darslik va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash 
zaruriyati paydo bo‘ldi. Mazkur o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda muallifning 50 
yil davomida pedagog-o‘qituvchi sifatida to‘plagan tajribalari o‘z ifodasini topgan. 
"Geografiya ta’limi metodikasi" fani bo‘yicha tayyorlangan ushbu o‘quv 
qo‘llanma mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida joriy etilgan Davlat ta’lim standarti 
(DTS), uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish
Konsepsiyasi (2002 yil) hamda “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 
2030 yilgacha rivojlantirish” Konsepsiyasini (2019 yil) talablaridan kelib chiqqan 
holda geografiya fani o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha bakalavriat (va sirtqi 



ta’lim yo‘nalishlarida o‘qiyotgan) talabalarga mo‘ljallab yaratildi. Mazkur o‘quv 
qo‘llanmadan magistrantlar, ilmiy tadqiqotchi va doktorantlar, pedagogika 
institutlari talabalari, magistrantlari, umumta’lim maktablari va akademik litsey, 
kollej geografiya o‘qituvchilari hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari 
tinglovchilari foydalanishlari mumkin. 
O‘quv qo‘llanmani tayyorlash jarayonida 
yaqindan yordam bergan, jumladan, xorijiy davlatlarda geografiya ta’limi bobiga 
doir ma’lumotlarni yoritishda SamDU iqtisodiy-ijtimoiy geografiya kafedrasi 
mudiri, dotsent M.Usmonovga hamda o‘quv qo‘llanmaga doir ma’lumotlarni 
to‘plashda va kompyuterda terishda ko‘maklashgan SamDU Geografiya va tabiiy 
resurslar kafedrasi ikkinchi bosqich magistranti Sh.Mustafoyevaga samimiy 
minnatdorchilik bildiriladi.

Download 4.58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   196




Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish