Samarqand davlat universiteti




Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/196
Sana16.02.2022
Hajmi4.58 Mb.
#17672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   196
Bog'liq
pedagogika 1
Hi Alex, Документ Microsoft Word, pedagogika 2, Milliy taomlar, restoran.xitoy taomlari, Fransiya taomlari
 
 
 
 
 



KIRISH
 
Jahon hamjamiyatida munosib o‘rinni egallashga qaratilgan keng ko‘lamli 
islohotlar 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoevning 
ta’kidlaganidek: “Demokratik o‘zgarishlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali 
O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini 
yaratishni o‘zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik”,-ikrlari oliy ta’lim ravnaqi 
uchun yangi sahifalarni ochdi. Oliy ta’lim O‘zbekistonda amal qilayotgan uzluksiz 
ta’lim tizimidagi eng muhim bo‘g‘inidir. U har doim davlat va jamiyatning 
e’tiboriga molik ustuvor sohaga aylangan. Bu yerda pedagoglar va talabalarning 
hamkorlikdagi hayot tajribasini tarkib toptirish va idrok etishga qaratilgan o‘zaro 
faoliyat muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy oliy ta’lim gumanitar, ijtimoiy-
siyosiy va manaviy-ma’rifiy hamda tarkibiy mazmunga ega bo‘lgan murakkab 
jarayon hisoblanadi. Ushbu jarayonning asosiy xususiyati – davlatning pedagogik 
kadrlar uchun muhim hisoblangan ta’limning resurs ehtiyojlarini ta’minlash 
imkoniyatini yaratdi.
Mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadida, endilikda boy 
intellektual salohiyatga ega bo‘lgan O‘zbekistonning barcha hududlarida inson 
bilimi, dunyoqarashi va ruhiyatiga nimalar ta’sir etayotganligini, ongida qanday 
o‘zgarishlar bo‘layotganligini bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun 
funksional-tarkibiy qismlar pedagog va talabaning shaxsiy bilimlari sifatida emas, 
balki ta’lim uslubiyatining zamonaviy vazifalarini amalga oshirishga bog‘liq. 
Jamiyat taraqqiyotini har tomonlama yetuk o‘qituvchilarsiz tasavvur etish qiyin. 
Malakali pedagog-mutaxassislar tayyorlash esa ko‘p jihatdan ularning metodik 
tayyorgarligiga bog‘liq. Ayniqsa, hozirgi murakkab axborotlarni, geografik hodisa 
va sabab-oqibatlarini, tabiiy va iqtisodiy geografik tushunchalarni o‘quvchilar 
ongiga yetkazish va shakllantirish nihoyatda murakkab jarayon hisoblanadi. 
Maktab dasturi o‘quvchilarga faqat geografiyaga oid bilim berish bilan 
cheklanmaydi, balki ularda zarur ko‘nikma va malaka hosil qilishni ham o‘z 
zimmasiga oladi. Har bir talaba oliy dargohda olgan ko‘nikma va malakalari 
asosida bilimlarni mustaqil egallashlari zarur bo‘ladi. Mamlakatimizda kadrlar 
tayyorlash milliy dasturiga muvofiq uzluksiz ta’limning barcha bo‘g‘inlarida 
o‘quvchilarning muntazam bilim olishi, ularda bilim olish ehtiyojini rivojlantirish, 
mehnat ko‘nikmalari, mustaqil ijodiy fikrlash, kasb tanlashga va atrof-muhitga 
ongli munosabatni hosil qilish, milliy va umumbashariy qadriyatlarini hurmat 
qilish, yoshlarni o‘z vataniga, xalqiga sadoqat, mehr muhabbat ruhida tarbiyalash 
muhim vazifa qlib belgilangan. Bu esa yuqori malakali pedagogik kadrlarni 
tayyorlashda o‘qitish uslubiyatining rolini sezilarli darajada oshirishni taqozo 
qiladi. Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi sohasida bilim va amaliy 



tajribalarini egallash, geografiya o‘qituvchisining kasbiy funksiyasi va rasmiy 
vazifalarni bajarish uchun mamlakatimiz universitetlari va pedagogika institutlari 
talabalarini tayyorlashga katta hissa qo‘shadi.
Hozirgi globallashuv sharoitida geografiya ta’limini yangi sifat bosqichiga 
ko‘tarish maqsadida quyidagi 12 ta ko‘rsatkichlarni qo‘llash maqsadga muvofiq 
hisoblanadi:
1. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim: geografiya ta’limi o‘z mohiyatiga ko‘ra 
ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli intellektual salohiyatini 
oshirish, dunyoqarashlarini boyitishni nazarda tutadi. Bu esa ta’limni 
loyihalashtirayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas
avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan 
kelib chiqqan holda yondashishni ko‘zda tutadi.
2. Tizimli yondahuv: ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida 
mujassam etmog‘i lozim. Bu yondashuv ta’lim jarayonining mantiqiyligi, uning 
barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligini ta’minlashga yo‘naltiriladi.
3. Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv: shaxsning jarayonli sifatlarini 
shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni faollashtirish va intensivlashtirish, 
o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini 
ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
4. Dialogik yondashuv: bu yondashuv o‘quv munosabatlarini yaratish 
zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-
o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
5. Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish: hozirgi sharoitda geografiya 
ta’limini tashkil etish jarayonida talabalarning jamoada, kichik guruh va juftlikda 
bilimlarni birgalikda o‘zlashtirishlari, o‘zaro rivojlanishlari, “pedagog ustoz - 
talaba shogird” an’analariga asoslangan hamkorlikdagi munosabatlarni tashkil 
etish bo‘lib, uning asosiy g‘oyasi o‘quv topshiriqlarini jamoada, kichik guruhlarda 
yoki juftlikda birgalikda, o‘zaro hamkorlikda bajarishdan iborat.
6. Muammoli ta’lim: ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish 
orqali ta’lim oluvchi faoliyatini faollashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni 
obyektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullari, dialektik mushohadani 
shakllantirish, rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni va 
mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi. Axborotni taqdim qilishning zamonaviy 
vositalari va usullarini qo‘llash – geografik axborot tizimi va texnologiyalarini 
o‘quv jarayoniвa qo‘llashdan iborat.
7. O‘qitishning usullari va texnikasi: ma’ruza (kirish, mavzuga oid, 
vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, 
amaliy ishlarni o‘z ichiga oladi.
8. O‘qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot, hamkorlik va 
o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, jamoa va guruhli tarzda amalga oshiriladi.
9. O‘qitish vositalari: o‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik, o‘quv 
qo‘llanma, geografik atlas va xarita, ma’ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter 
va axborot texnologiyalari kabilar kiradi.



10. Kommunikatsiya usullari: geografiya ta’limi jarayonida o‘qituvchi 
talabalar bilan bevosita hamkorlikda operativ teskari aloqaga asoslangan o‘zaro 
munosabatlarni yaratadi.
11. Teskari aloqa usullari va vositalari: geografiya ta’limi jarayonida 
o‘qituvchi kuzatish, blis-so‘rov, joriy, oraliq va yakunlovchi nazorat natijalarini
tahlili asosida o‘qitish diagnostikasini amalga oshiradi.
12. Boshqarish usullari va vositalari: geografiya ta’limi jarayonida o‘quv 
mashg‘uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv 
mashg‘ulotlarini loyihalashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va 
talabalarning birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki 
auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati orqali ham amalga oshiriladi.
“Geografiya ta’limi metodikasi” fanini o‘qitish jarayonida kompyuter 
texnologiyasidan, “taqdimot” elektron jadvallardan foydalaniladi. Ayrim mavzular 
bo‘yicha talabalar bilimini baholash test asosida amalga oshiriladi. “Internet”, 
“GIS” saytlariga kiritilgan, mavjud tabiiy geografik va iqtisodiy-ijtimoiy geografik 
ma’lumotlardan samarali foydalaniladi, ular namoyish qilinadi va shu asosda 
talabalar bilan hamkorlikda tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda 
tayanch so‘z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o‘tkazish kabilar 
orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga erishiladi.

Download 4.58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   196




Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish