Pedagogikaning asosiy kategoriyalari




Download 280,6 Kb.
bet4/10
Sana06.01.2024
Hajmi280,6 Kb.
#131105
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KI-S20-04 Tilloqobilov O mavzu pedagogika predmeti, maqsadi va vazifalari, ilmiy-fayllar
11-BO‘LIM, Hujjatlar yuzi, Dars ishlanma, Mustaqil ish. NAMUNA — копия, 6-10 laboratoriya topshiriqlari, 1-Mustaqil ish Tarmoq xavfsizkligi Tilloqobilov O, Pedagogika. Psixologiya fanidan Mustaqil ish MAVZULARI 7-Semestr, 1-3 Amaliyot topshiriq sirtqi, 1-amaliy ishi diskret kosinus o‘zgartirish uchun spektral tahlil, 6 sinf test, 1. Анъанавий Хонанда дастур -2019, KUCHAYTIRGICHLARNI KATTA SIGNALLARDA ISHLASHI, Abraziv ishlov berishning zamonaviy usullari, ISSIQLIK ALMASHINUV APPARATLARINI ISSIQLIK XISOBI
Pedagogikaning asosiy kategoriyalari
Pedagogika ta'lim-tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va o'quvchilarning yosh hususiyatlariga qarab mazmunan o'zgarib borishini o'rgatadi, mukammal inson tarbiyasining tarkibiy qismlarini va ular o'rtasidagi aloqa va bog'lanishlarni ochib beradi. Shu asnoda ta'lim va tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini, yo'llarini ko'rsatib beradi.
Pedagogika maktab, kollej va akademik litseylar va maktabdan tashqari muassasalari xodimlarini ham nazariy, ilg'or tajribalar bilan qurollantiradi. Ota-onalarga yoshlarni to'g'ri tarbiya qilish, o'qitishdagi mahoratini yanada takomillashtirish yo'lida amaliy tavsiyalar beradi.
Tarbiya - o'sib kelayotgan avlodlarda hosil qilingan bilimlar asosida aqliy kamoloti va dunyoqarashini, insoniy e'tiqod, burch va mas'uliyatni jamiyatimiz kishilariga xos bo'lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi. Tarbiya bola tug'ilganidan boshlab umrining oxirigacha davom etadigan jarayondir. Shu sababli, tarbiya so'zi ko'p vaqtlarda ta'lim, ma'lumot jarayonlariga kiradigan ishlarning mazmunini ham anglatadi. Tarbiya-ta'lim va ma'lumot natijalarini o'zida aks ettiradi.


Ta'lim-maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o'tkaziladigan, o'quvchilarni bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, bilish qobiliyatlarini o'stiradigan, ularning dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir.
Agar tarbiya bola tug'ilganidan boshlab, umrining oxirigacha oilada, maktabda va jamoatchilik ta'sirida shakllansa, ta'lim chegaralangan (masalan: sinf xonasi, laboratoriya xonalar) joyda tashkil etiladi. O'qituvchi-tarbiyachi rahbarligida muayyan belgilangan vaqtda olib boriladi.


Ma'lumot ta'lim-tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko'nikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir.
Ta'lim, tarbiya va ma'lumot uyg'unlashgan yagona jarayon bo'lib, o'qituvchi-tarbiyachi ularning shakllanishida yetakchilik qiladi. O'qituvchi maktabda dars berar ekan, o'quvchilarni fan olami yangiliklaridan xabardor qiladi, ma'lumotli qilishni maqsad qilib qo'yadi, ayni paytda ularda insoniy sifatlarni shakllantiradi, tarbiyalaydi.
Pedagog o'quvchilarning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, mehnatsevarlik kabi fazilatlarini tarbiyalash uchun, ularning kundalik xatti-harakat va fe'l- atvorlariga doimo ta'sir ko'rsatadi.
Ijtimoiy hayot tajribasining ko'rsatishicha, agar inson o'z shaxsiy manfaatini ko'zlab o'qisa, o'rgansa, o'z ustida tinmay qunt bilan shug'ullansa, u oliy ma'lumot olishi mumkin. Lekin haqiqiy mukammal kamolot egasi bo'lishi uchun u ta'lim va ma'lumotdan tashqari, yuksak insoniy fazilatlar asosida tarbiyalangan bo'lishi shart. Ana shu fazilatlarga ega bo'lgan odamni tarbiya ko'rgan odam deyiladi.

Download 280,6 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 280,6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogikaning asosiy kategoriyalari

Download 280,6 Kb.