• Pedagogika fanining ob ekti asosan maktab o quvchilaridir, predmeti esa o quvchilarga berilayotgan ta lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotidir
  • Pedagogika fanining metodologiyasi




    Download 280,6 Kb.
    bet3/10
    Sana06.01.2024
    Hajmi280,6 Kb.
    #131105
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    KI-S20-04 Tilloqobilov O mavzu pedagogika predmeti, maqsadi va vazifalari, ilmiy-fayllar
    11-BO‘LIM, Hujjatlar yuzi, Dars ishlanma, Mustaqil ish. NAMUNA — копия, 6-10 laboratoriya topshiriqlari, 1-Mustaqil ish Tarmoq xavfsizkligi Tilloqobilov O, Pedagogika. Psixologiya fanidan Mustaqil ish MAVZULARI 7-Semestr, 1-3 Amaliyot topshiriq sirtqi, 1-amaliy ishi diskret kosinus o‘zgartirish uchun spektral tahlil, 6 sinf test, 1. Анъанавий Хонанда дастур -2019, KUCHAYTIRGICHLARNI KATTA SIGNALLARDA ISHLASHI, Abraziv ishlov berishning zamonaviy usullari, ISSIQLIK ALMASHINUV APPARATLARINI ISSIQLIK XISOBI
    Pedagogika fanining metodologiyasi
    Pedagogika fani mustaqil O'zbekiston Respublikasida amal qiladigan uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimining nazariy asoslari, qonuniyat va prinsiplari, o'ziga xos yo'nalishlari ta'lim-tarbiya jarayonining shakllanishi, tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o'rgatuvchi fandir. Pedagogika fani O'zbekiston Respublikasida ilmning ustuvor sohasi sifatida e'tirof etiladi. Shuning uchun ham, pedagogika fanining metodologiyasi sifatida Jahon va Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini mujassamlashtirgan manbalar, tasavvuf ta'limoti namoyondalarining badiiy va ilmiy asarlari, sharqona ta'lim-tarbiya vositalari va metodlarini o'z ichiga olgan manbalar, milliy istiqlol g'oyasi, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risda»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «2004-2009 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi», dialektik bilish nazariyasi va tabiiy ilmiy majmui e'tirof etiladi.
    Yuqorida keltirilgan pedagogika fanining metodologiyasini pedagogik amaliyotga tatbiq etishda jahon pedagogik tajribasida tan olingan va samarali natijalar berayotgan nazariy qarashlar, ilg'or pedagogik texnologiyalardan foydalanish nazarda tutiladi. Ular shaxsning o'quv-biluv faoliyatini liberallashtirish yo'llari, ta'lim mazmunini tanlash va ta'lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish prinsiplari, politexnik va kasb ta'limi nazariyasi, ta'limni ijtimoiy foydali mehnat bilan uyg'unlashtirish konsepsiyasi, ta'lim-tarbiya jarayonining fiziologik qonuniyatlariga asoslanib tashkil etilishida namoyon bo'ladi.
    Pedagogika fanining ob 'ekti asosan maktab o 'quvchilaridir, predmeti esa
    o 'quvchilarga berilayotgan ta 'lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotidir
    Pedagogika ta'lim-tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va o'quvchilarning yosh hususiyatlariga qarab mazmunan o'rganib borishni taqozo etadi, tarbiyaning tarkibiy qismlarini va ular o'rtasidagi bog'lanishlarni ochib beradi. Shu asnoda ta'lim va tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini, yo'llarini ko'rsatib beradi.
    Pedagogika faniga tavsif berilganda «ta'lim», «tarbiya», hamda «ma'lumot» degan so'zlarni ishlatdik. Bu so'zlar o'zaro bog'langan bo'lib, bir-birini to'ldiradi. Ularni pedagogikaning asosiy kategoriya-tushunchalari deb nomlaymiz. Bulardan tashqari «o'quvchi», «o'qituvchi», «metod», «intizom», «jamoa», «irsiyat», «muhit», «direktor» kabi tushuncha-nomlar mavjudki, bu haqida mavzular yuzasidan fikr yuritilganda alohida to'xtaymiz.
    Tarbiya tarixini o'rganar ekanmiz, u juda qadimiy jarayon ekanligini insoniyat butun hayoti davomida tarbiya bilan Shug'ullanganligiga ishonch hosil qilamiz. Tarbiya jarayonida ajdodlarimiz tarbiyaviy ta'sirning samarali yo'l, metodlari va manbalarini qidirib hayotga tadbiq qila boshlaganlar, buning natijasida tarbiya haqidagi g'oyalar, nazariya va tavsiyalar paydo bo'la boshlagan. Bu pedagogika fanining paydo bo'lishiga sabab bo'ldi. Jahon mutafakkirlari o'zlarining pedagogik g'oyalari bilan fanning rivojlanishiga hissa qo'shdilar. Bu jarayonda o'zbek mutafakkirlarining jahon pedagogikasi tarixiga qo'shgan hissalari cheksizdir.
    Tarbiya haqidagi g'oyalar eramizdan oldingi VI asrda shakllanganligi haqida ma'lumotlar mavjud. Keyingi davrlarda pedagogik g'oyalarning shakllanishida zardushtiylik ta'limoti, uning muqaddas kitobi «Avesto»da qimmatli fikrlar talqin etilgan. Kishilik tarixida islom ta'limotining tarbiya haqidagi g'oyalarining shakllanishida ahamiyati cheksizdir. Qur'oni Karim va hadisi-shariflarda musulmon ahlining dunyoqarashi, falsafasi, ma'naviyati, axloqi, e'tiqodi, har tomonlama barkamolligi kabi insoniy sifatlarni shakllantirish yo'llari bayon qilingan.
    Tarbiya haqidagi g'oyalarning rivojlanishida Imom Buxoriy, At-Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Yusuf Xos Xojib, Axmad Yassaviy, Naqshbandiy, Navoiy, Behbudiy, Abdulla Avloniy va boshqalarning xizmatlari kattadir.
    Prezidentimiz aytganlaridek: «Fuqarolar endi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning ishtirokchisi, bajaruvchisi emas, balki bunyodkori va tashkilotchisidir». Bunday yangicha yondashishlar pedagogika fanining ob'ekti va predmetini kengaytirdi. Endilikda pedagogika fanining ob'ekti faqat ta'lim-tarbiya jarayonining nazariy, metodologik amaliy ta'minlovchi emas, balki komil inson shakllanishi, rivojlanishini ta'minlaydigan keng sohalarni o'z ichiga oladi. Shuning uchun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturida»gi milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh ob'ekti va sub'ekti sifatida qaraladi. Bundan tashqari pedagogika fani oldiga yangicha fikrlaydigan, yangicha tafakkur, milliy mafkuraga ega komil insonni shakllantirish vazifalari qo'yildi.
    Pedagogika fanining metodologiyasida, mazmunida, tarbiya nazariyasida, ta'limning tashkiliy shakllarida, komillik darajasi, sifatlarini aniqlashda katta islohiy o'zgarishlar bo'ldi. Bu o'zgarishlar yangi pedagogik texnologiyalarda o'z aksini topishi lozim.

    Download 280,6 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 280,6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogika fanining metodologiyasi

    Download 280,6 Kb.