|
SS = 6 800 000 so‘m
TB
|
bet | 67/136 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 25,02 Mb. | | #272174 |
Bog'liq Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «moliya» kafedrasi
MAVZUGA OID MASALALAR VA ULARNI ECHISH USLUBI
Sug’urtada zararni sug’urta qoplash tamoyili
Sug’urta hodisasi sodir bo’lishi natijasida yo’qotilgan qiymatliklar zarar miqdori deyiladi. Sug’urta hodisasi natijasidagi zarar miqdori oldindan ma’lum bo’lmaydi. Sug’urta hodisasi yuzaga kelishi natijasida sug’urtalovchi tomonidan to’lab beriladigan pul miqdori zarar qoplamasi deyiladi.
Zararning sug’urta qoplamasi tamoyili asosiy sug’urta tamoyillaridan biri hisoblanadi va quyidagilardan iborat:
sug’urta summasi sug’urtalangan ob’yektning haqiqiy bahosidan ortiqcha bo’lmaydi
zarar miqdori sug’urtalangan ob’yektning haqiqiy bahosidan ortiqcha bo’lmaydi
zararning sug’urta qoplamasi sug’urta summasidan ortiqcha bo’lmaydi
Sug’urta shartnomalarida zararning sug’urta qoplamasi tizimining bir nechta ko’rinishi ishlatiladi, ularning hammasi zararning sug’urta qoplamasi tamoyiliga asoslanadi.
Birinchi risk tizimi bo’yicha zararni qoplash.
Birinchi risk tizimi bo’yicha sug’urtalashda sug’urta summasidan oshib ketmaydigan zarar (birinchi risk) to’liq hajmda qoplanadi. Sug’urta summasidan oshib ketgan zarar (ikkinchi risk) esa sug’urta summasi miqdorida qoplanadi.
Masala 1. Avtomobil 16000 so’m miqdorida sug’urtalandi. Zarar miqdori 12000 so’mBirinchi risk tizimi bo’yicha sug’urta qoplamasini aniqlang.
|
| |