• 7.3. Ob’ektlarni ko‘rsatishning usullari
  • Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni ko‘rsatish usullari
  • Ob’ektlarni ko‘rsatishning turlari va o‘ziga xos




    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet72/163
    Sana24.11.2023
    Hajmi2,73 Mb.
    #104925
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   163
    Bog'liq
    2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

     
    7.2. Ob’ektlarni ko‘rsatishning turlari va o‘ziga xos 
    xususiyatlari 
    Avtobusliekskursiyada ob’ektlarni ko‘rsatishning to‘rt turi mavjud: 
    1. Avtobusning 50-60 km/s tezligida ob’ekt oynadan ko‘rsatiladi, gid 
    ko‘ringanlarni sharhlab boraveradi. Ko‘rsatishning bunday turida yo‘l-yo‘lakay 
    ob’ektlar haqida qisqa ma’lumot beriladi. 
    2. Avtobus harakati sekinlashtirilganda ob’ektlar oynadan kuzatiladi. Bu 
    jarayon tarixiy, madaniy obidalarni tomosha qilishva yuzaki taasurot olish 
    imkonini beradi. Odatda qo‘shimcha ob’ektlar bu tartibda ko‘rsatiladi. 
    3. Avtobus to‘xtaganda, undan tushmasdan oynasidan ob’ektlar kuzatiladi. 
    Ekskursantlar ob’ektlar bilan chuqurroq tanishadi, ob’ektlarni ko‘rsatish usullarini 
    qo‘llash imkoniyati chegaralangan bo‘ladi. 
    4. Avtobusdan to‘xtash joylariga tushgandan keyin ob’ektlar obdon 
    ko‘rsatiladi. Ushbu jarayonda ob’ektlarni ko‘rsatish usullarini qo‘llash imkoniyati 
    mavjud bo‘ladi. 
    Ob’ektlarni ko‘rsatish ekskursiya xizmatining asosiy elementi sifatida 
    o‘zining bir necha xususiyatlariga ega. 
    Ko‘rsatishning faolligi. Ob’ektlarni ko‘rsatish jarayoni bu inson qo‘li bilan 
    yaratilgan yoki tabiat in’omi bo‘lgan ob’ektlarni shunchaki passiv tomosha qilib 
    bahramand bo‘lish emas, balki maqsadli kuzatish, ekskursiya xizmati metodikalari 
    yordamida ob’ektlarni tahlil qilish, gid va ekskursantlarning faol harakatini talab 
    etuvchi jarayonidir.
    Ob’ektlarni ko‘rsatishning mantiqiy ketma-ketligi. Ekskursiya xizmatida har 
    keyingi ob’ekt mavzuni yoritishdagi pillapoya hisoblanadi. Bu holat ob’ektning 


    120 
    boshqa ob’ektlar orasidagi o‘rnini belgilaydi. Ko‘rsatishning mantiqiyligi, 
    ob’ektlar orasidagi bog‘liqlik aniq ketma-ketlik bilan ta’minlanadi. 
    7.3. Ob’ektlarni ko‘rsatishning usullari 
    Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni ko‘rsatish usullariga ob’ektlar kuzatuvini 
    tashkillashtiruvchi va ob’ektni atrof muhitdan, bir butunlikdan ajratish imkonini 
    beruvchi usullar kiradi. Ko‘rsatish usullarining vazifasi – ob’ektlarning tashqi 
    qiyofasidagi o‘zgarishlarni ko‘z ilg‘aydigan qilib, zaruriy rakursda ularni 
    ko‘rsatishdir. 
    Ko‘rsatish usullarini qo‘llashda gid guruhning tayyorgarlik darajasini hisobga 
    olishi kerak bo‘ladi (masalan, me’moriy uslublarni, monumental yodgorliklar 
    turlaridan xabardor bo‘lishi kerak). Ba’zi gidlar ekskursiya jarayonida ob’ektlarni 
    ko‘rsatishning barcha usullaridan foydalanadilar, ba’zilari esa umuman 
    foydalanmaydilar. Ekskursiya xizmatining sifati nafaqat gidning bilimi balki, 
    o‘rganilgan usullardan qay darajada foydalana olishiga bog‘liqdir. Buni faqat 
    malakali tayyorgarlikdan o‘tgan gidlar qila olishi mumkin. 
    Ko‘rsatish usullari ob’ekt kuzatuvini yengillashtiradi, uning o‘ziga xos 
    jihatlarini ajratadi. Bunday jihatlar oddiy tomosha paytida ilg‘amas bo‘lib, 
    ekskursantlarga ob’ektni xayolan bo‘laklarga bo‘lish, yo‘qolgan detallarni tiklash, 
    avvalgi holatini «ko‘rish», tarixiy voqealarni jonlantirishga yordam beradi. 
    Ekskursiya xizmati amaliyotida ob’ektlarni ko‘rsatishning quyidagi usullari 
    mavjud: 


    121 
    7.2.-rasm.Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni ko‘rsatish usullari 

    Download 2,73 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   163




    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ob’ektlarni ko‘rsatishning turlari va o‘ziga xos

    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish