• Voqealarni jonlantirish usuli.
  • Ko‘rganlarni taqqoslash usuli.
  • Ko‘rish orqali rekonstruksiyalash (qayta tiklash)




    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet74/163
    Sana24.11.2023
    Hajmi2,73 Mb.
    #104925
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   163
    Bog'liq
    2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

    Ko‘rish orqali rekonstruksiyalash (qayta tiklash).«Rekonstruksiya» 
    tushunchasi biror narsani qoldiqlar yoki yozma manbalarga asoslanib dastlabki 
    ko‘rinishini qayta tiklash ma’nosini anglatadi, ya’ni so‘zlar yordamida tarixiy 
    ob’ektning dastlabki holatini ekskursantlarning tomoshaviy taassurotiga tayanib 
    tiklaydi. Bu usul urush, xalq qo‘zg‘oloni, qatl va boshqa voqealar bo‘lib o‘tgan 
    tarixiy joylar ko‘rsatilayotganda qo‘llaniladi. Davlat arboblari, mashhur 
    yozuvchilar, olimlar, bastakorlar, rassomlar hayoti va faoliyati bilan bog‘liq 
    joylarni ko‘rsatishda ham ushbu usulni qo‘llash mumkin. Usulning vazifasi 
    ekskursantlarga ushbu joyda bo‘lib o‘tgan tarixiy voqea, bino va inshootning 
    dastlabki holatini ko‘z oldida gavdalantirish imkoniyatini berishdir. 
    Ob’ekt yillar ta’sirida xarobaga aylangan bo‘lsa, uning saqlanib qolgan 
    qismlari va detallari gidga ko‘rish orqali rekonstruksiyalash usulini qo‘llashga 
    yordam beradi. Agar saqlanib qolgan qismlari bo‘lmasa «gid portfeli»dagi 
    ko‘rgazmali vositalar (fotosuratlar, chizmalar, tasviriy san’at materiallari) qo‘l 
    keladi. Ko‘rish orqali rekonstruksiyalash usulining muvaffaqiyati gidning 
    tayyorgarligi darajasiga bog‘liq bo‘lib, uning malakaviyligi voqealar haqida 
    ekskursantlarga ishonarli hikoya qilish, ko‘z o‘ngida gavdalantirish imkonini 
    beradi. 
    Voqealarni jonlantirish usuli. Voqealarni konkret joy bilan bog‘lashda 
    ushbu usul muhim ahamiyatga ega. Bu usul ekskursantlar diqqatini voqea bo‘lib 
    o‘tgan ma’lum joyga qaratish imkonini beradi. Ma’lumotlarni yetkazishda usul 


    123 
    umumiylikdan xususiylikka o‘tishni nazarda tutadi. Masalan, Samarqand vino 
    zavodidagi ekskursiya xizmatida «Aynan shu joylarda dunyoda tanilgan vinolar 
    tayyorlanadi» deb gapirib o‘tish mumkin. 
    Ko‘rganlarni taqqoslash usuli. Ekskursiya xizmati metodikasida 
    taqqoslashning har xil turlari qo‘llaniladi: ko‘z oldida turgan ob’ektni boshqa bir 
    ob’ekt bilan taqqoslash, xayolan tiklanayotgan yoki avval ko‘rsatilgan ob’ekt bilan 
    taqqoslash. Ushbu jarayonda bir-biriga o‘xshash ob’ektlar yoki turlicha ob’ektlar 
    ham solishtirilishi mumkin. Taqqoslash usuli ekskursantlarga ob’ektning haqiqiy 
    o‘lchamini tasavvur qilish(ob’ektninng balandligi, uzunligi, kengligi va sh.k.), 
    hikoyadagi raqamlar, dalillar, misollar sonini kamaytirish, tushuntirishga ketadigan 
    vaqtni tejash imkonini beradi. Ushbu usulning vazifasi – ob’ektning o‘ziga 
    xosligini, jozibadorligini aniqlab berishdir. 

    Download 2,73 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   163




    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ko‘rish orqali rekonstruksiyalash (qayta tiklash)

    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish