• 8.1. Ekskursiyaxizmatida ob’ektlarnihikoyaqilish vazifalari
  • Ekskursiya xizmatida ob’ektni hikoya qilish
  • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev




    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet77/163
    Sana24.11.2023
    Hajmi2,73 Mb.
    #104925
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   163
    Bog'liq
    2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

     
     


    126 
    8-mavzu. EKSKURSIYA XIZMATIDA OB’EKTLARNI HIKOYA
    QILISH USULLARI 
    8.1. Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni hikoya qilishvazifalari 
    8.2. Ekskursiyaxizmatidaob’ektlarnihikoyaqilishningo‘zigaxosxususiyatlari 
    8.3. Ob’ektlarnihikoyaqilishningusullari 
    8.1. Ekskursiyaxizmatida ob’ektlarnihikoyaqilish 
    vazifalari 
    Ekskursiyaxizmati 
    jarayonidaekskursantlarningatrofdagiob’ektlarganazartashlab,uniidroketishihamda
    gidninghikoyasio‘rtasidauyg‘unliknita’minlashmuhimdir. 
    Ekskursiyahikoyasinima?Buekskursiyaxizmatiningog‘zakiqismibo‘lib, 
    gidtomonidanguruhgaob’ektlarhaqidama’lumotlar, tushunchalarberishjarayonidir. 
    Buobidalar, tarixiyvoqealar, tarixiyshaxslarto‘g‘risidagiobrazlima’lumotlardir.
    Ekskursiyaxizmatida 
    ob’ektlarnihikoyaqilishningrolinibaholashdaekskursiyashunosolimlarhamfikrbo‘lis
    hgan. 
    Ularningfikricha, 
    ob’ektlarni 
    hikoyaqilishko‘riladiganob’ektlargaqo‘shimchahisoblanib, 
    ubo‘shliqlargaegabo‘lmasligi, ma’ruzagaaylanibqolmasligikerak. 
    Gidning hikoyasi ikki xil vazifani bajaradi: 

    izohlaydi, tushuntiradi, ko‘rgan jarayonlarni to‘ldiradi; 

    ayni damda ekskursant ko‘rolmaydigan narsani qayta tiklaydi. 
    Ekskursiya xizmatida ekskursantlar savollariga javob berish, gid replikasi, 
    ekskursiya boshlanishidagi kirish so‘zi va yakunidagi xulosa qismi, «gid portfeli» 
    dagi ko‘rgazmali vositalarni namoyish etish ham hikoya qilishga kiradi. 
    Ekskursiya xizmatida ob’ektni hikoya qilish– individual nutq (monologik) 
    namunasi bo‘lib, omma oldida qabul qilingan nutq me’yorlariga rioya qilingan 
    holdagi gidning ovozli shaxsiy matnidir. Ekskursiya xizmati ob’ektlarini hikoya 


    127 
    qilish jarayoni og‘zaki axborotdan - ko‘rgazmali, ko‘rgazmali taassurotlardan - 
    so‘zli baholash va xulosalarga qarab kengayib boradi. N.A.Geynikening 
    ta’kidlashicha, mavzuni o‘rganishda hikoyaning me’yoridan oshishi, ekskursiya 
    xizmatida og‘zaki materiallarning ko‘payishi uning asosiy ahamiyatliligini 
    yo‘qotadi. Gidlarda tez-tez uchrab turadigan kamchilik ular tomonidan ekskursiya 
    ob’ektlari unchalik ko‘p ko‘rsatilmaydi aksincha, hikoya qilinadi. Bu esa 
    ekskursantlarning o‘z ustida mustaqil ishlash qobiliyatini susaytiradi, ya’ni 
    ekskursiya jarayonini illyustratsiyaga boy ma’ruzaga aylantiradi. Demak, 
    ekskursiya xizmatida hikoya qilinayotgan har bir narsa ko‘rgazmali qatorda 
    bo‘lishi lozim. Gid guruhga ob’ektni ko‘rsatish bilan birga uni chuqur tahlil qiladi, 
    tushuntiradi, tarixiy dalillarni keltiradi. 
    Ekskursiya jarayonida ob’ektlar ekskursantlar ko‘z oldida tarixni tiklaydi, 
    ishonchli tarzda uni tasvirlashga yordam beradi. Hikoyaning mazmundorligi 
    ob’ektga, ya’ni uning o‘ziga xosligi, axborotga naqadar boyligiga bog‘liq. 
    Ekskursiya xizmatining umumiy davomiyligiga hikoya qilish jarayonining ulushi 
    kamroq bo‘lishi zarur. 
    Ekskursiya xizmati hikoyasiga oldindan tayyorgarlik ko‘riladi. Hikoya 
    qilishda gidning xayoliga to‘satdan biror fikr kelishi mumkin. Masalan: mamlakat, 
    xalqning ayni damda boshidan kechirayotgan holatlari, voqea, hodisalar, dalillar
    she’riy ijod hamda badiiy asar namunalari va shu k. Ekskursiya xizmati hikoyasiga 
    qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat: 

    mavzuiyligi; 

    aniqligi; 

    bog‘liqligi; 

    mantiqiyligi; 

    qisqavalo‘ndaligi; 

    ishonchliligi; 

    soddaligi; 

    yakunlanganligi; 

    ko‘rsatishjarayoni bilan bog‘liqligi, 


    128 

    ilmiyligi. 
    Ekskursiyaob’ektlarinihikoyaqilishmonologxususiyatigaega. 
    Shunihamta’kidlashjoizki, 
    ayrimgidlarekskursiyajarayoninima’lumbirqisminidialoggaaylantirishadi. 
    Gid 
    hamda ekskursantlar o‘rtasidagi dialog jarayonida materialni qabul qilish 
    faollashadi. Ekskursiya xizmatida monologdan dialogga o‘tishda ekskursantlar 
    tomonidan beriladigan savollarga javob berishi va ularning replikalari bilan ishlash 
    giddan katta mahorat talab qiladi. 
    Ekskursant replikasi – uning biror- bir narsa yuzasidan fikri bo‘lib, u har 
    doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Ekskursantlar replikasidan chekinish tavsiya 
    etilmaydi. Gidning ekskursantlar replikasi bilan ishlashining metodikasi mavjud 
    bo‘lib, u replikalarga javobni (ekskursantlardan birining fikriga javob reaksiyasi) 
    mohirlik bilan hikoyaga bog‘labketishilozim. 
    Gidning hikoyasi ekskursiya xizmatida quyidagi vazifalarni bajaradi: ob’ektni 
    ekskursantlar to‘g‘ri tushunishiga, baholashiga va ko‘rishiga yaqindan 
    ko‘maklashadi, ko‘rganlari asosida ma’lum bir xulosalar qilishga yordam beradi. 
    Gid hikoyasi davomida ob’ektning ko‘rib bo‘lmaydigan tomonlarini ham ularga 
    yetkazib beradi. U ekskursantlar kuzatuvini umumlashtirgan holda, olgan 
    axborotni to‘g‘ri qabul qilinishini ta’minlab beradi.
    Ekskursiya xizmatida ma’lumotni bir turdan (nutq) boshqa bir turga 
    (tomoshaviy namuna) o‘zgartirish uchun ma’lum bir sharoitlar yaratilishi kerak. 
    Mazkur o‘zgarish hikoya mazmuniga, gid nutqi (obrazlilik darajasi), ma’lumotni 
    taqdim etish metodikasiga bog‘liqdir. Badiiy asarlardan namunalar keltirish 
    transformatsiyaga keng yo‘l ochib berib, adabiy montaj va sitatalardan foydalanish 
    usuli shundan kelib chiqadi.
    Nutqning tushunarliligi, aniqligi, ifodaligigi bir necha omillarga bog‘liq, 
    jumladan: 

    fikrlarni yorituvchi so‘zlarni to‘g‘ri tanlash; 

    gaplar orasida bog‘lovchilar, nutqning ifodali vositalaridan foydalanishi, 
    nutq texnikasini egallash (nafas olish, ovoz, diksiya); 


    129 

    nutqohangigae’tiborqaratish. 
    Gidningtilima’lumbirmezonlargajavobberishilozim: 
    oydinlik– 
    tinglovchilargatushunarlivamosligi, 
    aniqlik– 
    nutqtarkibigidningfikri, 
    ekskursiyamaqsadivamavzusigamuvofiqligi,ravonlik 
    – 
    tilvositalaridanfoydalanishningmantiqiyto‘g‘riligi. 

    Download 2,73 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   163




    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev

    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish