Suvda sayohat qilish marshrutlari




Download 3.8 Mb.
bet40/243
Sana24.03.2017
Hajmi3.8 Mb.
#1185
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   243
Suvda sayohat qilish marshrutlari – (water tour) shulardan eng ko‘p tarqalgani suv sayyohligi - boat tour - qayiqlarning har - xil turlarida, yaxtalarda, poroxod-kemalarda sayr qilib, dam olishni o‘z ichiga oladi.

Havo orqali tashish turizmi. Tashishning kattagina qismini havo orqali tashishlar tashkil etib, ular uzoq masofalarga tashishga asosiy e’tiborni qaratadi. Bundan tashqari qit’alararo, okeanlar orqali tashish ham kiradi. Yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan yuqori tezlikka ega va xavfsiz havo laynerlarining yaratilishi bilan turistlarni qit’alararo tashish oshib ketdi. Turistlarni tashishda mavjud marshrutlar bilan bir qatorda «charter» yo‘nalishlari ham amalga oshiriladi. Tashish tizimida mahalliy aviatsiyaning ham roli katta, unda mamlakat ichidagi ko‘pgina marshrutlar va uzoq masofaga cho‘zilgan hududlarda turistlarni samolyotlarda tashish ko‘zda tutiladi.

Ko‘pgina turistlik safarlar turli xil transport vositalar orqali amalga oshiriladi. Turistlarni uzoq masofalarga tashishda ko‘pincha havo transporti vositalaridan foydalaniladi. Turistlar uzoq masofadagi dam olish joylariga borishda vaqtni tejash maqsadida samolyotlardan foydalanadilar.

Dastlab La-Mansh bo‘g‘ozidan sayyohlik avtomashinasi Stena Link nomli dengiz solida olib o‘tiladi, so‘ngra temir yo‘l platformalariga yuklab belgilangan manzilga yetkaziladi. Turistlarning o‘zlari shu poyezdning yotoq kupelariga joylashadilar. Avtomashinalarni joyida ijaraga olish ham keng tarqalgan. Xizmatning shunday turistlik paketlari mavjudki, ular samolyotlarda tashish va avtomashinalarni aeroportning o‘zida ijaraga berishni – (fly/ drive tour) o‘z ichiga oladilar, avtomobillarni ijaraga berish – (rent a car) ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan. Rossiyada ham avtomobillarni ijaraga berish firmalari mavjud, ammo ular faqat chet elliklarga beradilar.



Download 3.8 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   243




Download 3.8 Mb.