|
Sana “ ” 201 yil
|
bet | 18/85 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #263206 |
Bog'liq 2 5251430060115624224II. Darsning mazmuni:
7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, kimyo “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Biz ko‘rib o‘tgan atomlari ochiq zanjir hosil qiladigan to‘yingan uglevodorodlar- alkanlardan tashqari yopiq zanjirli, siklik tuzilishga ega bo‘lgan uglevodorodlar ham bor ular sikloalkanlar deb ataladi. Sikloalkanlar quyidagi umumiy formulaga ega СnН2n.
Sistematik nomenklatura bo‘yicha sikloalkanlarni nomlashda quyidagi qoidalarga amal qilinadi:
1. Asosiy zanjir sifatida halqa olinadi.2. Halqadagi uglerod atomlari raqamlanadi. 3. Yonaki zanjirdagi radikallar joylashgan o`rni raqam bilan ko`rsatiladi.4. Avval halqadagi nechinchi uglerod bilan bog‘langanligi ko‘rsatilgan holda radikallar nomi aytiladi va asosiy zanjir (uglevodorod halqasi) nomini
aytish bilan modda nomlanadi.
Mavzuga oid masala va mashqlar.1. C5H10 formulasiga mos keluvchi sikloalkanlar struktur formulasini yozing va nomlang.
2. To‘yingan uglevodorodning 226 g dixlorli hosilasiga natriy metali ta’sir ettirilganda 234 g NaCl hosil bo‘lsa,sikloalkan nomini aniqlang?
3. To‘yingan uglevodorodni degidrogenlaganda siklopentan hosil bo‘lsa, to‘yingan uglevodorod molekulyar massasini hisoblang va izomerlarini yozib ko‘rsating.
4. Necha gramm va qaysi aromatik uglevodorodni gidrogenlab 29,4 g metilsiklogeksanni hosil qilish mumkin? 5. Tarkibi C6H12 bo’lib, asosiy zanjirda 4 ta uglerod atomi bor bo’lgan
moddaning izomerlarini yozib ko’rsating.
|
| |