• Yangi dars bayoni
  • Sana “ ” 201 yil




    Download 1,74 Mb.
    bet6/85
    Sana13.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #263206
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
    Bog'liq
    2 5251430060115624224

    II. Darsning mazmuni:
    7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
    8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
    9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
    III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
    11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, kimyo “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
    Yangi dars bayoni:
    Kimyoviy tuzilish nazariyasini asosiy qoidalarning ikkinchi bandida moddalarning xossalari faqat ularning tarkibiga bog‘liq bo‘lmay, balki molekulada atomlarining o‘zaro birikish tartibiga ham bog‘liqligi qayd qilingan. Bu qoida organik birikmalarda ko‘p uchraydigan izomeriya hodisasining mohiyatini ochib beradi. Izomeriya tushunchasi kimyo faniga XIX asrning 30-yillarida shved olimi I. Berselius tomonidan kiritilgan.A.M. Butlerov uglevodorodlar molekulasining tuzilishini o‘rganib, butan
    molekulasidan boshlab, molekula tarkibidagi atomlar turli tartibda bog‘lanishi mumkin, degan xulosaga keldi.Umumiy formulasi C4H10 bo‘lgan butanda uglerod atomlari ikki xil tartibda, ya’ni to‘g‘ri va tarmoqlangan zanjir shaklida joylashgan bo‘lishi mumkin.


    Molekuladagi atomlarni soni ortishi bilan izomerlar soni ham ortib boradi (geksanda – 5 ta, geptanda – 9 ta izomer bor)Keyinchalik izomeriyani boshqa turlari ham aniqlanib fanga kiritildi. Bizlar
    izomeriyaning quyidagi turlari bilan tanishib o‘tamiz.1. Tuzilish yoki zanjir izomeriyasi;2. Holat izomeriyasi;3. Sinflararo izomeriya;4. Geometrik izomeriyaTuzilish (zanjir) izomeriyasi bilan yuqoridagi butan va pentan misolida tanishib chiqdik. Ko‘rganimizdek, ularda uglerod atomlari bir-birlari bilan
    bog‘lanib tarmoqlangan yoki tarmoqlanmagan zanjirlarni hosil qiladilar.Holat izomeriyasi to‘yingan uglevodorod molekulasidagi o‘rinbosarlar (galogenlar) yoki funksional guruh o‘rniga bog‘liq bo‘ladi.
    Holat izomeriyasini yana bir ko‘rinishi to‘yinmagan uglevodorodlarda uchraydi va qo‘shbog‘ni yoki uchbog‘ni nechanchi uglerod atomlarida joylashgani bilan farqlanadilar.



    Download 1,74 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




    Download 1,74 Mb.