• 6. TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompetensiyasi II. FK – fanga oid kompetensiyalar
  • 1970-yilda Cherenkov hisoblagichlari asosida zarralarning yadro bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganuvchi ulkan qurilma yaratilib, hosil bo‘lgan zarralarning xarakteristikalari o‘rganildi.
  • I. TK – tayanch kompetensiya




    Download 21.87 Mb.
    bet83/84
    Sana10.04.2022
    Hajmi21.87 Mb.
    #19566
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
    Bog'liq
    11-sinf-fizika-konspekt-2018
    Buyrak mustaqil ish, Deontologiya 7 topshiriq, Презентация Microsoft PowerPoint (2), marafon, Javob, 7-mavzu. Servis extiyoj sifatida. Reja Ehtiyoj va uning servisn, I bob. Ekstremal masalalarni elementar usullar bilan yechish ten-azkurs.org, 01 DJ 2022-2023 ЎЙ 1-курс Физика узб (6), 01 DJ 2022 2023 ЎЙ 1 курс Физика рус био 4, Taqdimot, 2-kurs sirtqi, Презентация1, Dororo, informatika-oqitish-metodikasi
    I. TK – tayanch kompetensiya
    1. TK1-kommunikativ kompetensiya
    2. TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
    3. TK3-o`zini-o`zi rivojlantirish kompetensiyasi
    4. TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
    5. TK5-milliy va umuminsoniy kompetensiya
    6. TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompetensiyasi
    II. FK – fanga oid kompetensiyalar
    1. FK1- Ma’naviy axloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi
    2. FK2- Mafkuraviy immunitetga ega bo‘lish kompetensiyasi
    B1
    O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarning quyidagi elementlari shakllanadi:
    Kommunikativ kompetensiya:
    O‘z fikrini og’zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, ijtimoiy moslashuvchanlik, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;
    O‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish;
    muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya qila bilish.
    Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
    mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;
    media vositalardan zarur bo’lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish.
    O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi:
    shaxs sifatida doimiy ravishda o’z-o’zini rivojlantirish, hayot davomida o’qib-o’rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;
    ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;
    I. Darsning maqsadi:
    a) Ta’limiy: O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.
    b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish
    v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.
    II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
    III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
    IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar
    V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
    VI. Texnik jihoz: Kompyuter, diaproyektor ekran.
    VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:


    Darsning texnik chizmasi:

    Dars bosqichlari

    Vaqt

    Tashkiliy qism.

    daqiqa

    Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

    daqiqa

    Yangi mavzuni yoritish

    daqiqa

    Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

    daqiqa

    Darsni yakunlash

    daqiqa

    Uyga beriladigan topshiriqlar

    daqiqa
    VIII. Darsning borishi (reja):
    1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
    c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.
    2. Uyga vazifani so`rab baholasah: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish
    v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
    IX. O’tilgan mavzuni takrorlash
    X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:


    O‘zbekistonda  yadro  fzikasi  sohasidagi  ishlar  o‘tgan  asrning  20- yillarida boshlangan. lekin muntazam tadqiqotlar 1949-yilda fizika-texnika institutida yo‘lga qo‘yilgan. akademiklar i.V. kurchatov, U. O. Orifov va S.A.Azimovlarning tashabbusi bilan 1956-yilda O‘zbekiston respublikasi Fanlar  akademiyasining  yadro  fzikasi  instituti  tashkil  qilingandan  keyin,  bu tadqiqotlarni yanada kengaytirish imkoni tug‘ildi. hozirgi paytda yadro spektroskopiyasi va yadro tuzilishi; yadro reaksiyalari; maydonning kvant nazariyasi;  elementar  zarralar  fzikasi;  relyativistik  yadro  fzikasi  va  boshqa  yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
    Radiatsion  fzika  va  materialshunoslik  bo‘yicha  o‘tkaziladigan  tadqiqotlar  nafaqat fan va texnika, balki xalq xo‘jaligi uchun ham muhimdir. Bu yo‘nalishda radioaktiv nurlarning yarimo‘tkazgichlar, dielektriklar, sopollar, yuqori temperaturali o‘ta o‘tkazuvchan materiallarning elektr o‘tkazuvchanligi, mexanik, optik va boshqa xossalariga ta’siri o‘rganilmoqda.
    O‘zbekistonda  yuqori  energiyalar  fzikasi  sohasida  olib  borilayotgan  ishlar ham talaygina. Bunday izlanishlar «fizika-quyosh» ishlab chiqarish birlashmasining fizika-texnika institutida, O‘zbekiston Milliy universitetida va samarqand davlat universitetida olib borilmoqda.
    1970-yilda Cherenkov hisoblagichlari asosida zarralarning yadro bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganuvchi ulkan qurilma yaratilib, hosil bo‘lgan zarralarning xarakteristikalari o‘rganildi.
    Tezlashtirilgan zarralar va yadrolar ta’sirlashuvlarini o‘rganish maqsadida pufaksimon  kameralardan  olingan  flmli  axborotlarni  qayta  ishlash  markazi  tashkil qilindi. Markazning samarali tadqiqotlari natijasida komulativ izobarlar hosil bo‘lishi o‘rganildi va massalari 1903, 1922, 1940, 1951 va 2017 MeV bo‘lgan tor, ikki barionli rezonanslar mavjudligi haqida ma’lumotlar olindi.
    Quyosh atmosferasida bo‘ladigan hodisalar Yerdagi hayotga bevosita ta’sir etishi mumkinligi uchun ham, uni o‘rganish sohasidagi tadqiqotlar muhim ahamiyatga egadir. aynan shuning uchun ham O‘zbekiston fanlar akademiyasining astronomiya instituti 1980-yillarning o‘rtalaridan boshlab fransuz olimlari bilan hamkorlikda, Quyoshning global tebranishini tadqiq etish sohasida izlanishlar olib borilgan.

    Download 21.87 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




    Download 21.87 Mb.