• Ta limiy maqsad
  • Rivojlantiruvchi maqsad
  • Darsda qollaniladigan metodlar
  • II-BOSQICH
  • III-BOSQICH
  • IV-BOSQICH
  • V-BOSQICH
  • Sana Sinf – 10 Fan Informatika va axborot texnologiyalari Mavzu: Ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlari




    Download 24.73 Kb.
    Sana14.11.2023
    Hajmi24.73 Kb.
    #98300
    Bog'liq
    root videos 10-SINF-MA LUMOTLAR OMBORI HAQIDATUSHUNCHA.docx filePath 10-SINF-MA LUMOTLAR OMBORI HAQIDATUSHUNCHA
    html, Amaliy-1, Rashidov muhammadamin, Python uslubiy qo\'llanma 2019 Reviewed

    Sana _______________ Sinf – 10 Fan Informatika va axborot texnologiyalari

    Mavzu: Ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlari
    Dars maqsadlari: o'quvchilarga ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlari haqida tushuncha berish va usullari bilan tanishtirish.
    Ta 'limiy maqsad: o'quvchilarda ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlari haqida ko'nikmasini shkllantirish. TK-1,TK-2,TK-3, FK-1, FK-2, FK-3.
    Tarbiyaviy maqsad: Ms Access 2010 ma’lumotlar omborida ishlash bosqichlari usullarini o'rgatish orqali o'quvchilarni kasb tanlashishiga ko'maklashish. TK-4, TK-5.
    Rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish. TK-2,TK-6.
    Dars turi: Yangi materialni o’rganuvchi dars
    Darsda foydalaniladigan jihozlar: Elektron resurslar, darslik, plakatlar; tarqatma materiallar.kompyuterlar va ulani qurilmalari, ko’rgazmali qurollar va boshqa manbalar.
    Darsda qo'llaniladigan metodlar: Ma'ruza va amaliyotning uyg'unligi, Aralash, amaliy, muammoli-izlanish, induktiv va reproduktiv
    DARSNING BORISHI:
    I-BOSQICH: Darsni tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqt 3 min
    O'quvchilar bilan salomlashish, yo'qlama qilish, o'quvchilarni diqqatini jalb qilish.
    II-BOSQICH: O'tgan o’quv yili yuzadsidan takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqt 10 min
    Ma'lumotlar ombori deganda nimani tushunasiz? MOning modeli haqida ma'lumot bering. Tuzilmalashtirilgan ma'lumot deganda nimani tushunasiz? Sinfingizdagi o'quvchilarning familiyasi, ismi, tug'ilgan yili, telefon raqami, fanlardan olgan baholari bo'yicha tuzilmalashtirilmagan ma'lumotlarni shakllantiring.
    III-BOSQICH: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqt 20 min
    MOni tashkil qilish, ularga qo'shimcha ma'lumotlarni kiritish va ma'lumotlardan foydalanish uchun maxsus MOlar bilan ishlaydigan dasturiy ta'minotlar yaratilishi zarur bo'ladi. Bunday dasturlar majmuasi ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlari deb yuritiladi. Ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi (MOBT) -foydalanuvchilar tomonidan MOni yaratish, to'ldirish va birgalikda qo'llash uchun mo'ljallangan dasturiy vositalar tizimidir. MOBTlariga MS Access, OpenOffice.org Base, Cache, IMS, Firebird, MySQL kabi dasturiy vositalar misol bo'ladi. MOBTning asosiy xususiyatlari - bu nafaqat ma'lumotlarni kiritish va saqlashda ishlatiladigan protseduralar tarkibi bo'lmasdan, ularning strukturasini ham tasvirlaydi. Ma'lumotlarni o'zida saqlab va MOBT ostida boshqariladigan fayl oldin ma'lumotlar banki, keyinchalik esa "Ma'lumotlar ombori" deb yuritila boshlanadi. MO yaratishda quyidagilarga e'tibor qaratish kerak: ma'lumotlar turi, ko'rinishi ularni qo'llaydigan dasturlarga bog'liq bo'lmasligi lozim; ma'lumotlar ombordagi kerakli ma'lumotni bilish yoki izlash uchun biror dasturni tuzishga hojat qolmasligi lozim. Shuni ta'kidlash lozimki, hozirgi vaqtda deyarli barcha MOBT asosan relyatsion modellar asosida tashkil qilinmoqda. Shu sababli, Microsoft Office korporatsiyasi ham eng ommalashgan dasturiy vositalarini yaratmoqda. Bu dasturiy vositalar ixtiyoriy sohada yuqori darajadagi professional hujjatlar tayyorlash imkonini beradi. Shulardan biri MOlar bilan ishlashga mo'ljallangan Microsoft Access dasturidir.
    Ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi (MOBT) - foydalanuvchilar tomonidan MOni yaratish, to'ldirish va birgalikda I qo'llash uchun mo'ljallangan dasturiy vositalar tizimidir.
    IV-BOSQICH: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish ajratilgan vaqt 7 min
    MOBTga ta'rif bering.
    MOni yaratuvchi qanday dasturiy vositalarni bilasiz?
    MOning modeli haqida ma'lumot bering.
    Sinfingiz o'quvchilarining familiyasi, ismi, yashash manzili to'g'risidagi ma'lumotlarni shakllantiring.
    V-BOSQICH: Darsga yakun yasash, baholash metodlari va ajratilgan vaqt 2 min
    VI-BOSQICH: Uyga vazifa berish va ajratilgan vaqt 3 min
    Fanlarga oid kitoblarning nomi, chiqqan yili va mualliflari to'g'risidagi ma'lumotlarni shakllantiring.
    Respublikamizning viloyatlari, ularning maydoni va aholi soni to'g'risidagi ma'lumotlarni shakllantiring. 21-darsni o`qib konspekt qilish mavzuga oid mashqlar savol va topshiriqlarni bajarib kelish.
    Download 24.73 Kb.




    Download 24.73 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sana Sinf – 10 Fan Informatika va axborot texnologiyalari Mavzu: Ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlari

    Download 24.73 Kb.