Rejalashtirish tamoyillariga quyidagilar kiradi:
Strategik va joriy rejalarning tatbiq qilinishi (qo‘llanilishi).
Rejaning ijtimoiy mo‘ljalga yo‘naltirilganligi.
Rejalashtirish obyektlarining muhimligiga qarab joylashtirish.
Rejali ko‘rsatkichlarning haqiqiyligi.
Menejment sistemasi tashqi muhiti parametrlari bilan rejaning muvofiqligi.
Rejaning ko‘p variantlar asosida bittasini tanlash.
Rejaning balanslar bo‘yicha tayyorlanishi.
Rejaning iqtisodiy asoslanishi.
Rejalashtirish sistemasini avtomatlashtirish.
Har bir strategik yoki joriy rejalar ishlab chiqilgandan va tasdiqlangandan so‘ng u amalda qo‘llanilishi kerak.
Rejani aniq ijtimoiy mo‘ljalga yo‘naltirish, texnik va iqtisodiy muammolarni yechish hamda ishlab chiqaradigan tovarning ekologik jihatdan xalqaro talablarga muvofiqligini, xavfsizlik darajasini ta’minlash jamoaning ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichlari.
Rejalashtirilgan ob’yektlarning muhimligiga qarab joylashtirish — bor bo‘lgan resurslarni oqilona taqsimlash orqali obyektlarni joylashtirish. Masalan: agar ishlab chiqaradigan mahsulotlar bir xil raqobatbardoshlik darajasiga ega bo‘lsa, bunda resurslarni korxona dasturida solishtirma og‘irligi (bahosi, qiymati) orqali ko‘p hajmni egallagan tovarlar raqobatbardoshligini oshirish uchun yo‘naltiriladi.
Rejalar ko‘rsatkichlarning haqiqiyligi — reja ko‘rsatkichlarini bashoratlashda ko‘zda tutilgan omillar asosida ular sonini oshirish, hamda bashoratlashda aniqligini oshirish maqsadida ta’minlanadi.
Rejaning variantliligi — bir maqsadga yo‘naltirilgan 3 ta muqobil variantlar ishlab chiqiladi va rejalashtirilgan maqsadni bajarishda uni ishlab chiqarish va amalga oshirish uchun kam xarajatli optimal variantni tanlashni ta’minlaydi.
Rejaning balanslar bo‘yicha tayyorlanishi — resurslarning qabul qilinishi va taqsimlanishi balansi ularning qiymat darajasidagi ko‘rsatkichlar balansini ta’minlaydi.
Rejani iqtisodiy asoslash — rejaning tamoyillaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Rejali ko‘rsatkichlarning yakuniy variantini tanlash, sistemali tahlil o‘tkazish, bashoratlash va muqobil variantni iqtisodiy asoslash optimallashtirishdan keyingina amalga oshirishi mumkin.
Rejalashtirish sistemasini avtomatlashtirish — kompyuter texnikasi va zamonaviy axborot texnologiyasini qo‘llashni talab qilib, rejalashtirish obyekti hayotiy sikli bosqichlarini axborot bilan ta’minlash, shu axborotni saqlash va qaror qabul qiluvchi shaxsga shu axborotni yetkazishni ta’minlaydi. Rejalashtirish, ko‘rib chiqilgan tamoyillarni bajarish juda ham qiyin bo‘lib, yirik korxonalarda malakali kadrlar, zamonaviy axborot texnologiyalari va zaruriy resurslar bo‘lishini talab qiladi.
|