Proporsionallik koeffitsiyenti quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Bu yerda, m — ish joylari soni;
n — o‘rtacha o‘tkazuvchanlik qobiliyati;
z — mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarish topshirig‘i.
Ishlab chiqarishning proporsionalligiga erishishda shu ishlab chiqarishda tor joylarning ya’ni bir ish joyining ortiqcha yuklanishi bo‘lmasligi kerak.
Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi mehnat predmetlarining harakatida jihozlar va ishchilarning ishida tanaffuslar bo‘lmasligini taqozo qiladi.
Uzluksizlilik koeffitsiyenti quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
bu yerda: r — potok chizig‘ining ritmi
— ish joyida texnologik operatsiyalarning davomiyligi.
Agar ish joyida potok chizig‘ining ritmi operatsiyalar davomiyligidan katta bo‘lsa, bu yerda jihozlar to‘xtovi sodir bo‘ladi. Agar operatsiyalar davomiyligi potok chizig‘i ritmidan katta bo‘lsa, bu ish joyida ishlov berish uchun mehnat predmetlarining to‘planishi sodir bo‘ladi
Ishlab chiqarishda jarayonlarning parallelligi mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha alohida operatsiyalarning bir vaqtda bajarilishi orqali ifodalaniladi. Parallellik koeffitsiyenti quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
bu yerda:
— parallel bajariladigan operatsiyalarning davomiyligi;
— ishlab chiqarish davri davomiyligi.
Ishlab chiqarish jarayonlarining ritmliligi deganda har bir ish joyida, bir xil vaqt oralig‘ida, bir xil hajmda ish bajarish tushuniladi. Bu yerda mahsulotning bir me’yorda ishlab chiqarilishi kuzatiladi. Ritmlilik koeffitsiyenti quyidagi formula orqali aniqlanadi:
bu yerda:
— shu davr ichida rejali topshiriq bo‘yicha amalda ishlab chiqarilgan mahsulot;
— ma’lum bir davr ichida mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha rejali topshiriq.
Ishlab chiqarishda jarayonlarning aniqlilik prinsipi mehnat predmetlarining barcha operatsiyalar bo‘yicha qisqa yo‘lni o‘tishini ta’minlash uchun ishlatiladi. Aniqlilik koeffitsiyenti quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
bu yerda:
— transport ko‘chuvchi operatsiyalarning davomiyligi.
Shu prinsiplarga amal qilish ishlab chiqarishni tashkil qilishning
samaradorligini oshiradi.
Xomashyo va materiallar tayyor mahsulot holatiga o‘tish jarayonida bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga ko‘chirilganda bir qancha bosqichlardan o‘tib, ularga ishlov beriladi.
Ishlab chiqarish davri deb, xomashyoning ishlab chiqarishga uzatilishi va tayyor mahsulot ishlab chiqarishning kalendar vaqtida ifodalangan jarayonlar to‘plamiga aytiladi.
Ishlab chiqarish davri davomiyligi ish vaqti birligi (soat, minut, kun)da ifodalanib, u mehnat predmetmetlariga ishlov berish vaqti, tabiiy jarayonlar mahsulot sifatini nazorat qilish va bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish jarayonini tashkil qilish metodlari hamda korxonada qabul qilingan ish rejimi asosida ishlab chiqarish jarayonidagi tanaffuslarni o‘z ichiga oladi.
|