Seriyali ishlab chiqarish — bu ishlab chiqarish shaklida ma’lum vaqt oralig‘ida bir xil mahsulotlarning seriyalarini tayyorlash takrorlanadi. Seriyali ishlab chiqarish jarayonlarida ish joylari aniq ketma-ketlikda bajariladigan bir necha operatsiyalar bilan biriktiriladi.
Mahsulot nomenklaturasi xilma-xilligi va ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq holda seriyali ishlab chiqarish mayda seriyali, o‘rta seriyali va yirik seriyali ishlab chiqarishga bo‘linadi.
Kam miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun mayda seriyali ishlab chiqarish tashkil qilinadi. Bunda mahsulot nomenklaturasi har xil bo‘ladi. Yirik seriyali ishlab chiqarish ko‘p miqdorda kam nomenklaturali mahsulot ishlab chiqarish bilan farqlanadi, shuningdek ommaviy ishlab chiqarishdan ham farqlanadi. Bu o‘rta seriyali ishlab chiqarish oraliq tur hisoblanib, ham mayda ishlab chiqarish ham yirik ishlab chiqarish xususiyatlarini o‘z ichiga oladi.
Seriyali ishlab chiqarish mehnat jarayonlarning takrorlanishiga xos bo‘lib, uning strukturasi barqarordir. Yuqori unumdorli jihozlarni qo‘llash imkoniyati va ishlarning ixtisoslashganligi jonli mehnat sarfini deyarli kamaytiradi va ishlab chiqarish jarayoni davomiyligini qisqartiradi. Mahsulot partiyalarini ishlab chiqarishga kirgizish va aniq takrorlanadigan vaqt oralig‘ida tayyorlash potok asosida ishlab chiqarishni tashkil qilishni taqozo etadi. Ko‘p nomenklaturali mahsulot ishlab chiqaruvchi oziq-ovqat korxonalari uchun seriyali ishlab chiqarish turi xosdir.
Ularga quyidagilar kiradi: qandolat, non, makaron, vino, margarin, pivo va alkogolsiz mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar. Bu korxonalarda smena yoki sutka davomida potok chiziqlarining mahsulot ishlab chiqarish uchun ratsional ixtisoslashuvi zarurdir.
|