Ishlab chiqarish turlari — doimiy nomenklatura asosida mahsulot ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni tashkil qilish elementlari va omillari birliginining xususiyatlari va tashkiliy-texnik, iqtisodiy tavsiflarining yig‘indisidir.
Ishlab chiqarish turlari quyidagilarga bo‘linadi: yakka ishlab chiqarish, seriyali ishlab chiqarish, ommaviy ishlab chiqarish.
Yagona ishlab chiqarish — mehnat jarayonining tuzilishi, o‘zining beqarorligi bilan korxonaning asosiy ishlab chiqarish ish joylarida bajarilayotgan jarayonlar bir mahsulot tayyor bo‘lgandan so‘ng ikkinchi mahsulot uchun o‘zgaradi, yana yangi mehnat jarayoni boshlanadi. Mahsulot ma’lum bir miqdorda ishlab chiqariladi yoki faqat bir marta ishlab chiqariladi, ma’lum buyurtma asosida yakka ishlab chiqarish sharoitida ish joylari o‘ziga doimiy biriktirilgan operatsiyalarga ega emas, ular turli xil operatsiyalar bilan yuklanadilar. Yakka ishlab chiqarish korxonalariga yangi turdagi jihozlar ishlab chiqaruvchi yuqori tajribali korxonalar kiritiladi.
Oziq-ovqat sanoati korxonalarida ishlab chiqarishning bunday turi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida yoki korxonalarning yordamchi ishlab chiqarishi (remont, mexanika xonalari)da kuzatish mumkin. Mahsulot ishlab chiqarish nomenklaturasining xilma-xilligi bir necha operatsiyalarni bajaruvchi universal jihozlar va mashinalarni qo‘llashni talab qiladi. Asosiy ishlab chiqarishdagi alohida ish joylarida bajariladigan operatsiyalarning mazmuni har biri birlik mahsulot ishlab chiqarilgandan keyin o‘zgaraveradi. Maxsus jihozlarning ma’lum miqdorda qo‘llanilishi jonli mehnat sarfini oshirishga olib kelib, past mehnat unumdorligiga ega bo‘lishga sabab bo‘ladi.
Bu yerda mehnat predmetlarining ketma-ket harakati qo‘llaniladi, asosiy ishlab chiqarishni uzluksiz ishlab chiqarish potoki asosida tashkil qilishning imkoni bo‘lmaydi, bu yerda juda yuqori malakali ishchilar ishlashi kerak.
|