Seriyali ishlab chiqarish turining yakka ishlab chiqarish turiga nisbatan afzalligi shundaki, seriyali ishlab chiqarishda ish joylarining ixtisoslashuvi va chuqur mehnat taqsimotiga ega, bu yerda jihozlardan foydalanish darajasi yaxshi, mehnat unumdorligi yuqori ya’ni ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish samaralidir.
Ommaviy ishlab chiqarish mehnat jarayonining davomiyligi va uning murakkabligi bilan farq qiladi. Bu yerda bir xil mahsulot tayyorlashda har bir ish joyida, har ish kunida bir xil mehnat jarayoni takrorlanadi.
Ommaviy ishlab chiqarish faqat bug‘doy unidan tayyorlangan non yoki faqat javdar unidan tayyorlangan non ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonadir. Qand-shakar yoki qand-rafinad ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar uchun xarakterlidir. Bu ishlab chiqarishda mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan operatsiyalar hissasi ko‘pdir. Ommaviy ishlab chiqarish turida mehnat predmetlarining parallel harakati qo‘llaniladi, bu ishlab chiqarish davri davomiyligini qisqartiradi.
Ishlab chiqarish turlari uni tashkil qilish usulini aniqlaydi. Ishlab chiqarishni tashkil qilishning uch usuli mavjud: potok asosida, partiyali, yagona.
|