Ishlab chiqarishni potok asosidatashkil qilish metodi texnologik jarayon bo‘yicha joylashgan ish joylarida asosiy, yordamchi, xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarishga ixtisoslashtirilib, vaqt va fazo bo‘yicha ritm asosida ishlab chiqarish takrorlanishiga asoslangan metoddir. Bu metod ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarish turlariga xosdir.
Ishlab chiqarishni partiyali tashkil qilish metodi — bu metodda davriy ravishda chegaralanmagan nomenklatura asosida ma’lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarish tushuniladi. Ishlab chiqarishning partiyali metodi ishlab chiqarishning seriyali turiga xosdir.
Ishlab chiqarishning yagona metodini tashkil qilishda ma’lum vaqt oralig‘ida takrorlanadigan yoki hech qachon takrorlanmaydigan yagona nusxada keng nomenklaturada mahsulot ishlab chiqariladi.
Ishlab chiqarishni tashkil qilish metodini tanlashda ta’sir qiluvchi omillar:
— ishlab chiqariladigan mahsulot nomenklaturasi;
— mahsulot ishlab chiqarish dasturi;
— ishlab chiqarish davriyligi;
— mahsulot mehnat sig‘imi;
— ishlab chiqarish texnologiyasi xususiyati.
II BOB. “ANDIJONDONMAHSULOT” AJ KORXONASIDA DON MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISH VA SOTISH REJASI HAMDA UNI TA’MINLASH MEXANIZMI
2.1. “Andijondonmahsulot” AJ da ishlab chiqarish rejasining ilmiy asoslanganligi tahlili
“Andijondonmahsulot” AJ da ishlab chiqarish rejasining ilmiy asoslanganligi tahlilini amalga oshirish ushbu sub’yektning tarixi va biznesi bilan tanishishni taqazo etadi. Shunday ekan biz ushbu bobda rejamizni ilmiy asoslanganligini en avvalo bitiruv malakaviy ishimizni ob’yekti hisoblangan “Andijondonmahsulot” AJ korxonasining tarixi bilan yaqindan tanishishni zarur deb hisobladik.
|