Ishlab chiqarish davri davomiyligi




Download 316,69 Kb.
bet31/61
Sana24.06.2021
Hajmi316,69 Kb.
#15171
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   61
Ishlab chiqarish davri davomiyligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:

Bu yerda:



— bir davr tarkibida hamma texnologik operatsiyalar davomiyligi;

— barcha tabiiy jarayonlar davomiyligi;

— ishlab chiqarish jarayonida hamma ko‘chuvchi operatsiyalarning davomiyligi;

— barcha nazorat operatsiyalari davomiyligi;

— bir davr tarkibida hamma xizmat ko‘rsatuvchi operatsiyalar davomiyligi;

— smenalararo mehnat predmetlarining ishlovsiz, to‘xtab qolish davomiyligi;

— operatsiyalararo mehnat predmetlarining to‘planib qolish davomiyligi;

— ishlab chiqarish davrining barcha aralash qismlarining davomiyligi.

Asosiy texnologik operatsiyalar tabiiy jarayonlar ko‘chuvchi, xizmat ko‘rsatuvchi va nazorat operatsiyalari davomiyligi ish davrini tashkil qiladi.

Ish davri ishlab chiqarish davrining negizini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish davrini tashkil qilish darajasi ish davri koeffitsiyenti orqali aniqlanadi:

bu yerda:



— ish davri;

— ishlab chiqarish davri.

Bu ko‘rsatkichning oshishi tanaffus vaqtlarining kamayishidan va ishlab chiqarish davri strukturasining yaxshilanishidan dalolat beradi. Ishlab chiqarish davri ishlab chiqarishni tashkil qilish darajasining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonini va ishlab chiqarish davrini kamaytirish vaqt xarajatlarini kamaytirishga olib keladi. Ishlab chiqarish davrini qisqartirish yo‘llari quyidagilardan iborat.

1. Mehnat jarayonini tashkil qilish va ishlab chiqarishning progressiv texnologiyasini tatbiq qilish natijasida texnologik va tabiiy operatsiyalarning davomiyligini qisqartirish;

2. Mexanizatsiya va avtomatizatsiya natijasida yordamchi jarayonlar vaqtini qisqartirish;

3. Jihozlar avariyalari, mehnat predmetlarining boshqa texnologik operatsiyalarga uzatishi uchun to‘planishi natijasida kelib chiqadigan tanaffuslar vaqtini qisqartirish;

4. Aniq ishlab chiqarish sharoitiga javob beradigan mehnat predmetlari harakat turini qo‘llash;

5. Xizmat qilish operatsiyalari bajarilishini texnologik va ko‘chuvchi operatsiyalar bilan aralashtirish.

Ixtisoslashish darajasiga, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari turlari va miqdoriga qarab ishlab chiqarishning turlari aniqlaniladi.




Download 316,69 Kb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   61




Download 316,69 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarish davri davomiyligi

Download 316,69 Kb.