|
«sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish» kafedrasi «tasdiqlayman»
|
bet | 36/61 | Sana | 24.06.2021 | Hajmi | 316,69 Kb. | | #15171 |
«Andijondonmahsulot» aksiyadorlik jamiyati bosh korxonasi – 1963-yilga qadar Andijon-I stansiyasi yonida joylashgan bo’lib, «Zagot-zerno» nomi bilan yuritilgan. 1963-yildan keyin «Zagot-zerno» shaharning Yoyilma mavzesidagi, Chinobod ko’chasi 21-manzilga ko’chiriladi. Andijon shahri Qatorterakda joylashgan № 6-chi un zavodida 85 foizli oboyniy un ishlab chiqarilar edi. «Zagot-zerno» Andijon viloyati xalqini un, bug’doy, har xil yormalar bilan ta’minlab kelgan. Andijon viloyatida parrandachilik fabrikalarini, bo’rdoqichilik bazalarini, balikchilik xo’jaliklarini rivojlantirish maqsadida Andijonda omuxta yem ishlab chiqarish korxonasini qurish rejalashtirildi. «Zagot-zerno»o’rniga 1960-yildan Andijon «Melkombinat» nomi berildi. 1960-yilda Andijon «Melkombinat» ida sutkasiga 35 tonna omuxta yem ishlab chiqaradigan MUKZ-35 (maloagregatniy universalniy kombikormoviy zavod) ishga tushirildi. «Melkombinat» territoriyasi Andijon shahri markazidan Aeroportga olib boradigan katta yo’l bo’ylab, temir yo’lning yonginasida 10 gektar yerni egallagan, katta maydonda qad rostlagan. Kombinat territoriyasidagi temir yo’lning bir tomonida 5 ta ombor, ikkinchi tomonida 2ta ombor joylashgan.
|
| |