70
qo‘zg‘aluvchan tubi va u bilan bog‘langan,
birlamchi
3
va ikkilamchi 5
chulg‘amga ega bo‘lgan o‘zak
4
siljiydi. Aks ta’sir etuvchi kuch prujina
6
yordamida yaratiladi. O‘zakning maksimal siljishi tufayli paydo bo‘ladigan asosiy
xatolik ±1 % dan oshmaydi.
Kompensatsion
pnevmo-elektr
o‘zgartkichlarda
kuchlarni
kompensatsiyalash prinsipidan foydalaniladi. To‘g‘ri ta’sirli o‘zgartkichlar
kompensatsion turdagi o‘zgartkichlarga qaraganda kamroq aniqlikka ega. Ammo
kompensatsion turdagi o‘zgartkichlar to‘g‘ri ta’sirli o‘zgartkichlarga
nisbatan
qimmat turadi.
II bob bo‘yicha umumiy xulosalar
O‘lchash jarayonining munim tashkil etuvchi bo‘g‘ini – bu o‘lchash
vositasidir. O‘lchash vositalari o‘lchash uchun mo‘ljallangan va qo‘llaniladigan
texnik vositalar bo‘lib, ularga o‘lchovlar, o‘lchash asboblari, o‘lchash
o‘zgartkichlari, o‘lchash mashinalari va o‘lchash tizimlari kiradi. O‘lchash
vositalari albatta me’yorlangan metrologik tavsiflarga ega bo‘lishi kerak. Bu
metrologik tavsiflar o‘lchash jarayonini amalga oshirish uchun o‘lchash
vositasini
tanlashda muhim ahamiyatga ega.
O‘lchovlar o‘z navbatida quyidagilarni o‘z tarkibiga qamrab oladi:
kattalikning o‘lchovi, o‘lchovlar magazini,
standart namunalar, namunaviy
moddalar, etalonlar. Kattaliklarning o‘lchovlari va etalonlar ham o‘z
navbatida
turlarga ajralib ketadi.
O‘lchash o‘zgartkichlari o’lchashlarni amalga oshirishda eng ko‘p
qo‘llaniladigan o‘lchash vositalaridan hisoblanadi. Ular o‘lchashga doir axborotni
uzatish, o‘zgartish, ishlov berish va saqlash uchun qulay bo‘lgan, ammo
kuzatuvchi bevosita idrok qilishi mumkin bo‘lmaydigan shakldagi signalni ishlab
chiqishga mo‘ljallangan o‘lchash vositalaridir. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish
joizki, inson o‘zining sezgi organlari bilan o‘lchash o‘zgatkichi signallarini qabul
qila olmaydi. O‘lchash o‘zgartkichlari
tuzilishi va ishlash prinsipi, qo‘llanilish
sohasi va boshqalarga qarab bir qancha turlarga ajraladi. Masalan, mexanik
o‘zgartkichlar, issiqlik o‘zgartkichlari, elektr o‘zgartkichlar va h.k.
71
O‘lchash o‘zgartkichlarining eng sodda
va keng tarqalgan vakili
datchiklardir. Datchiklar ham o‘z navbatida tuzilishi va ishlash prinsipi,
qo‘llanilish maqsadi, egallagan o‘rni va shu kabilarga bog‘liq
holda turlarga
ajratilib o‘rganiladi.