73
Odatda, asboblarning aniqlik klasslari asbobning shkalasida beriladi va ularning
keltirilgan xatoligini bildirib, quyidagicha bog‘langan bo‘ladi:
а.k
=
k mах
k
;
а.k
k mах
k
q
/А
х max
Agar o‘lchash asbobining shkalasidagi aniqlik klassi aylana bilan
chegaralangan bo‘lsa, masalan
, u holda bu asbobning xatoligi shkala oxirida
1,5 % ga tengligini bildiradi.Masalan, shkalasida
belgi bo‘lgan o‘lchash asbobi
bilan o‘tkazilgan o‘lchashlar natijasida o‘lchanayotgan kattalikning qiymati 200 ga
tengligi aniqlandi. Bunda absolyut xatolikning qiymati 200∙0,015 = 3 dan
oshmaydi va o‘lchanayotgan kattalikning chegaraviy qiymatlari 200±3 ga teng
bo‘ladi.
Agar o‘lchash asbobining aniqlik klassi chiziqchasiz bo‘lsa, u holda aniqlik
klassi raqami keltirilgan xatolikning qiymatini bildiradi. Lekin bir narsani
unutmaslik lozim, agar asbob, masalan ampermetr keltirilgan xatolik bo‘yicha 0,5
klass aniqligiga ega bo‘lsa, uning barcha o‘lchash diapazoni oralig‘idagi xatoliklari
±0,5% dan ortmaydi deyishlik xato bo‘ladi. Chunki, bu turdagi asboblarda
shkalaning boshlanishiga yaqinlashgan sari o‘lchash xatoligi ortib boraveradi. Shu
sababdan bunday asboblarda shkalaning boshlang‘ich bo‘laklarida o‘lchash tavsiya
etilmaydi.
Agar asbobning shkalasida aniqlik klassi yonbosh kasr chizig‘i bilan
berilgan bo‘lsa, masalan, 0,02/0,01 u holda asbobning shkalasining oxiridagi
xatoligi ±0,02% shkalaning boshida esa ±0,01 % ekanligini bildiradi.
Ko‘pgina o‘lchash asboblarining shkalasi millimetrlarda graduirovkalangan
bo‘ladi. Bunday asboblarda absolyut xatolikning qiymati ham aynan shu birlikda
ifodalanadi. Agar ushbu o‘lchash asboblarida asbobning keltirilgan xatoligi
me’yorlangan bo‘lsa, u holda sbobning aniqlik klassi
ko‘rinishida ifodalanadi.
Bu yerda 1,0 – asbob keltirilgan xatoligining foizlardagi qiymatini bildiradi.