Navoiy mashinasozlik zavodida mehnat muhofazasini tashkil qilish




Download 192.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana19.11.2022
Hajmi192.23 Kb.
#30925
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Lecture 3
2.2. Navoiy mashinasozlik zavodida mehnat muhofazasini tashkil qilish 
NKMK ko'ptarmoqli korxona, rivojlangan sanoat va ijtimoiy 
infrastrukturaga ega bo'lib,(korxonalarida 60 mingga yaqin kishi mehnat qiladi) 
oltin (2-GMZni rekonstruksiya qilishhisobidan ma'dan qayta ishlash hajmini 
yiliga 26 mln. tonnnaga yetkazish va va 3-GMZ ning ikkinchi navbati qurilishi) 
va uran ishlab chiqarishni faoliyat yuritayotgan korxonalarda mahsulot ishlab 
chiqarishni ko'paytirish va yangidan foydalanishga kiritilayotgan korxonalar 
hisobidanko'paytirmoqda. Bundan tashqari, fosforit zavodi birinchi navbatining 
ishga tushirilishi va ikkinchi navbati qurilishining tashkil etilishi hisobiga 
kombinat Hukumat Dasturi- nafaqatmamlakatning qishloq xo'jaligi ehtiyojlari 
uchun, balki eksport uchun o'g'itlar chiqarish vaishlab chiqarish sohasini 
yaratishda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Mustaqillik yo'llarida faoliyat 
yuritayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilinishi va yangilariningqurilishi 
hisobidan NKMKning barcha ishlab chiqarishi modernizasiya qilinib, 
ularrespublikamizda va xorijda ishlab chiqarilgan zamonaviy kon-shaxta, 
karerichi,ekskavator-transport, metallugiya, burg'ulash, geologiya-qidiruv, 
qurilish, mashinasozlik,metallga ishlov berish va analitik uskunalar bilan 
jihozlangan. Ular dunyoda tengi yo'q sifatli hisoblash texnikasi, KIPiA vositalari, 
loyihalash va konlardan foydalanish komptertexnologiyalari, chiqarilayotgan 
mahsulot sifatini boshqarish usullariga, oltin, uran, metallgaishlov berish, sulfat 
kislota, zargarlik, trikotaj va tekstil mahsulotlari, dekorativ toshdanqoplamalar 
ishlab chiqarishning ilg'or texnologiyalariga ega. Bularning barchasi NKMKga 
jahon standartlari darajasida, chiqarilayotgan mahsulot sifati bo'yicha esa- 
ko'pincha ulardan ortiq bo'lgan yuqori samarali ishlab chiqarishni 
ta'minlashimkonini beradi. Chiqarilayotgan oltinning tozaligi to'rtta to'qqiz 
(99.99) bilan kafolatlanadi.NKMK chiqarayotgan oltin quymalariga London 
quymalar bozori Arbitraj Laboratoriyasitomonidan "oltin optimal yetkazib 
beruvchisi" maqomi berilgan. Bu London qimmatbahometallar bozorida NKMK 


chiqarayotgan oltin quymalarida O'zbekiston Respublikasi Tovar belgisi 
ro'yxatga olinganligi, NKMK 2-GMZ sifat nazorati laboratoriyasi esa 
Londondagi LBMAArbitraj Laboratoriyasining texnik vakolat ekspertizasidan 
muvaffaqiyatli o'tganligi dalolatidir. Uran mahsuloti sifati (uran chala oksida-
oksidi) ko'p jihatlari bo'yicha jahon standartlaridanancha yuqori.Kombinatning
ijtimoiy infrastrukturasi ob'ektlari ko'plab yuzlab kilometrlarni egallagan bo'lib, 
uyerda ko'z o'ngingizda katta parklari, bog'lari, basseynlari va fontanlari 
bo'lgangullab-yashnagan vohalar namoyon bo'ladi. Bu yerda ellikka yaqin millat 
vakillari: o'zbeklar, russlar, ukrainlar, tatarlar, boshqirdlar, tojiklar, qozoqlar va 
boshqalar yashab mehnatqilishmoqda.Kombinat ob'ektlari O'zbekistonning 
tekislik hududining katta qismida Amudaryo va Sirdaryodaryolarining oralig'ida
("Qizilqum cho'li) joylashgan. 
Kombinat tuzilmasiga respublikaning turli viloyatlarida joylashgan beshta 
shahar tashkil etuvchi kon boshqarmasi kiradi. Kombinatning markaziy ofisi 
Navoiy shahrida joylashgan. Navoiy shahri geografik jihatdan Toshkent 
shahridan 500 km masofada, qadimgi Buxoro va Samarqand shaharlarining 
o'rtasida joylashgan. Respublika poytaxti bilan Navoiy shahri temir yo'l, 
avtomobil va avia aloqasi orqali bog'langan. Navoiyda joylashgan: 
- NKMK boshqarmasi (markaziy ofis)- kombinatning ma'muriy-
boshqaruv markazi;
- Uran chala oksida-oksidi, reniyva oltin chiqarish bo'yicha 1- sonli 
gidrometallurgiya zavodi (1-GMZ); 
- "Navoiy mashinasozlik zavodi" ishlab chiqarish birlashmasi; 
- Markaziy geologiya-qidiruv partiyasi; 
- Tajriba-metodik ilmiy-tekshiruv geologiya-texnologik partiyasi; 
- Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi;
- Issiq suv ta'minoti va energiya ta'minotini tashkil etish; 
- "Do'stlik" agrofirmasi;


- Uy-joy kommunal boshqarmasi. 
- Markaziy kon boshqarmasi (MKB, Zarafshon sh.): tarkibida oltin bo'lgan 
ma'danni kazib olish bo'yicha Muruntau ochiq kon ishlari koni; tarkibida oltin 
bo'lgan ma'danni qayta ishlash bo'yicha gidrometallurgiya zavodi (2-GMZ); 3 
sonli geologiya-qidiruv partiyasi; Muruntau geologiya-qidiruv partiyasi; oltinni 
tanlab eritmaga o'tkazish koni; "Qizilqum fosforit kompleksi; EPM zavodi.
- Zargarlik zavodi.
- Zarafshon qurilish boshqarmasi (ZUS, Zarafshon sh.)- yettita qurilish 
boshqarmasini o'z ichiga oladi; mexanizasiyalashgan ishlar boshqarmasi; ishlab 
chiqarish-texnologik komplektasiya boshqarmasi. 
- Shimoliy kon boshqarmasi (ShKB, Uchkuduk sh.) - uran, oltin, marmar, 
granit, qurilish materiallarini kon- qayta ishlovchi komplekslar: uranni yer ostida 
tanlab eritmaga o'tkazish koni; tarkibida oltin bo'lgan ma'danni qazib olish 
bo'yicha konlar; 3 sonli gidrometallurgiya zavodi(3-GMZ); sulfat kislota zavodi, 
tosh kesish zavodi, 2 sonli geologiya-qidiruv partiyasi. 
- Janubiy kon boshqarmasi (JKB, Nurobod sh.) - uranni yer ostida tanlab 
eritmaga o'tkazish va marmarni ochiq qazib olish konlari, tosh kesish zavodi, 
tarkibida oltin bo'lgan ma'danni qazib olish bo'yicha konlar; 4 sonli 
gidrometallurgiya zavodi(4-GMZ); polivinilxlorid va polietilen trubalarni 
tayyorlash zavodi; qishloq xo'jaligi va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish 
- 5 sonli kon boshqarmasi (5-KB, Zafarobod sh.) - uranni yer ostida tanlab 
eritmaga o'tkazish konlari, asosiy ishlab chiqarishning ritmik ishini ta'minlovchi 
yordamchi xizmatlarning zarur bo'lgan kompleksi. 
- "Qimmatbaho metallar va uran geologiyasi" ilmiy-ishlab chiqarish 
markazi O'zbekiston Respublikasining butun hududida qimmatbaho metallar, 
uran va ularga yo'ldosh foydali qazilmalarning geologiya-qidiruv ishlarini tashkil 
etadi. 


Yevroosiyo qit'asida noyob oltin zahiralariga ega bo'lgan Muruntov koni 
kombinatning asosiyxom-ashyo bazasi hisoblanadi. Bu kon oltin kvarsli 
geologiya-sanoat tipiga kiradi. U 1958 yildaochilgan va 1967 yilda ochiq kon 
ishlari boshlab yuborilgan. 
Muruntov konining chuqurligi 600 metrdan oshdi. Konning alohida ajralib 
turadigan 
xususiyati - bu kon ishlarini olib borishning texnika va texnologiyasini 
bosqichma-bosqich rekonstruksiya va modernizasiya qilgan holda ochiq qazish 
usulining izchil innovasion 
rivojlanishidir.Bugungi kunda kon ishlarini rivojlantirish va modernizasiya 
qilishning asosiy bosqichlari, konnisamarali va uzoq muddatga mo'ljallangan 
ishlab chiqishni ta'minlaydigan rekonstruksiya,rivojlantirish va qayta 
jihozlashning innovasion loyihalari belgilangan. 
Karerning IY navbati konturlari ortidagi oltinning qidirib aniqlangan 
zahiralari va resurslariningmavjudligi, oltinning yuqori narxini hisobga olgan 
holda zahiralarni baholashdagikondisiyalarning pasayishi, rudani qazib olish va 
qayta ishlash ilgor texnologiyalariningqo'llanilishi ochiq usulda olib borilayotgan 
qazish ishlarining chuqurligini 950-1000 metrgachayetkazish hisobiga rudaning 
qo'shimcha zahiralarini qidirib topish, shuningdek konturlar ortidagibort 
zonasida rudani murakkab ochiq - yerosti usulida qazib olish imkoniyati 
borliginiko'rsatmoqda. 
Ochiq kon ishlari Qizilqum fosforit kompleksida olib borilmoqda. Jeroy-
Sardara koni hududidashartli ravishda turli darajadagi sakkizta qidirib topilgan 
uchastkalar ko'rsatilgan. UlardanToshqura, Janubiy Jeroyva Kurukkuduk 
uchastkalarida zahiralar qidirilib topilgan. 
Toshqura - bu Jeroy-Sardara konining qidirib topilgan 3 ta konidan biri 
bo'lib, birinchi navbatdasanoatda foydalanishga qabul qilingan. 1997 yilda 
kombinat uni ochiq kon usulida qazib olishgakirishdi. 


Oltin tarkibli ma'danlarni qazish va qayta ishlash bo`yicha Navoiy KMK 
sanoat kompleksi yillardavomida yuqori texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlar bilan 
turg`un ishlab kelmoqda. Respublika mustaqilligi yillarida oltin ishlab chiqarish 
1,5 baravarga o`shdi. Bu yutuqlar amaldagi korxonalarni to`liq texnik qayta 
jihozlash hisobiga, yangi ishlab chiqarishlarni qurish hisobiga, shuningdek oltin 
ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli oshiradigan eng yangi ilmiy-texnik 
ishlanmalarni joriy qilish hisobiga mumkin bo`ldi. Bundayyo`nalishlardagi 
ishlarga birinchi navbatda NKMKning INTEGRA GROUP(AQSH), "Integra" 
YoAJ(Rossiya), Vnipipromtexnologiya(Rossiya), Toshkent davlat texnika 
universiteti, O`zbekiston RespublikasiFanlar akademiyasi seysmologiya instituti, 
Ukraina Milliy konchilik akademiyasi tabiatdanfoydalanish va ekologiya 
muammolari instituti bilan hamkorlikda bajargan tadqiqotlari kiradi. Ochiq 
konlarni loyihalash, qurish va foydalanish tajribasi ko`rsatadiki, kon qazuvchi 
korxonalarning iqtisodiy samaradorligi asosan qurilish, konchilik ishlarni olib 
borish texnologiyasiva tartibini, ma'danlar va ochishlar hajmining taqvimiy 
taqsimlanishini, ishlab chiqarishjarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash turini 
tanlash masalalarini to`g`ri yechishga bog`liq. 
Kombinatning kon qazuvchi korxonalari rivojini optimallashtirish uchun 
g`arb namunalaridanqolishmaydigan, ayrim hollarda ulardan yuqori bo`lgan 
maxsus kompyuter texnologiyalari ishlabchiqildi va oltin ma'danli konlarni 
loyihalash, rejalashtirish va ishlatish amaliyotga joriy qilindi. 
1. Kon ishlab chiqarishini loyihalashning avtomatik tizimi 
Kon ishlab chiqarishini loyihalashning avtomatik tizimi(KICHLAT)dan 
"Ruda" avtomatik tizimi(AT) bilan birgalikda foydalaniladi. Bu tizimlar doirasida 
konchilik-qazib olish ishlarini geologik-marksheyderlik ta'minoti bilan bog`liq 
vazifalar; shuningdek konlarni o`zlashtirishningjoriyva istiqbolli rejalashtirish 
masalalari yechiladi. Portlatish quduqlarini sinash natijalaribo`yicha jamlangan
ma'lumotlar negizi asosida ishlatiladigan blokning raqamli modeli tuziladi. 


Sort rejalarini tuzish jarayoni "Ruda" AT yadrosini tashkil qiladi va bundan 
mana 10 yildan ko`proq vaqtdan beri muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Xususan 
ushbu tizimni joriy qilish hisobigasifatini pasaytirmasdan tovar ma'danlari 6% ga 
oshirildi, bu konchilik ishlari hajmini oshirmasdanMuruntov ochiq koni uchinchi 
navbati zahiralari bilan ishlash muddatini bir yildan ko`proqqacho`zish imkonini 
berdi.
2. Murakkab-tuzilmali konning matematik modelini yasash va uning 
zahiralarini hisoblashning kompyuter texnologiyasi Ishlab chiqilgan, amalda 
yangi, dunyoda o`xshashi bo`lmagan kompyuter texnologiyasiasosida Muruntov 
ochiq konining matematik modeli birinchi bo`lib qurilgan va geologlya 
qidiruvquduqlari sinovining ma'lumotlari bo`yicha zahiralarining kompyuterli 
ko`p variantli hisobio`tkazilgan edi. Bunda zahiralarni aniqlashning nisbiy 
xatoligi ma'dan bo`yicha 20.7% dan 9.5%gacha va oltin bo`yicha 23.2% dan 14.8% 
gacha kamaydi. Natijada kon xom-ashyo bazasiningishonchli hisobi olindi, bu
Muruntov ochiq konining IV navbatini loyihalash uchun foydalanildi.
3. Konning matematik modeli asosida ochiq konning optimal final shakli va 
uni grafigini qurishning kompyuter texnologiyalariasosda tayyorlanadi. 
Bu texnologiya qazishning texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarini hisobga olgan 
holda konning matematik modeli asosida qazish uchun rentabelli barcha 
zahiralari ichida bo`lgan ochiq konning konturini(berilgan qiyalik burchagi, 
bermalari va boshqalari bilan) yasash, shuningdekochiq konning chuqurlanish 
tezligi bo`yicha cheklanishlarni hisobga olib uni qazishning taqvimiygrafigini 
qurish imkoniyatini beradi. Ta'kidlash lozimki, shu maqsad uchun g`arb 
kompaniyalarifoydalanayotgan WITTLE-4D dasturi aytilgan cheklanishlarni 
hisobga olish imkoniyatiga ega emas, demak yangi texnologiya dunyoda 
o`xshashi yo`q va noyob. U Muruntov ochiq konining navbatini rivojlantirish
uchun foydalanilgan edi. IV navbatning TIA(VNIPIPT 1992 yil) bilan 


taqqoslaganda Muruntov ochiq konining yangi konturida olinishi kerak bo`lgan 
kon massasininghajmi sezilarli(40% dan ko`proqqa) kamaydi.
4. Ochiq kon avtotransportini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi. 
Ushbu tizimning farqli tomoni shuki unda yer yo`ldoshi radiosignallardan 
foydalanish orqali harakatdagi yoki statsionar ob'ektlarning koordinatalarini 
yuqori aniqlik bilan belgilash imkoniyatini beradigan GPS(Global Poziniyalash 
Tizimi) kosmik navigatsiyali texnologiyaning ishlatilishidir. Avtotransportni 
boshqarishning avtomatik tizimi kon ishlab chiqarishini loyihalashning 
avtomatik tizimi bilan, shuningdek ma'dan oqimi sifatini boshqarishning 
avtomatiktizimi bilan o`zaro bog`lanishda bo`ladi. Kon mexanizmlarining 
joylashuvi va harakati hamdaqazib olinadigan ma'dan miqdori to`g`risidagi 
axborot dispetcher pultiga uzatiladi va KICHLATdasturlarida qo`llash uchun 
qulay ko`rinishda serverga kiritiladi. O`z navbatida KICHLATningalohida kichik 
tizimlari(sort bo`yicha reja, marksheyderlik ma'lumotlar, burg`ilash loyihasi 
vaboshqalari) ishining natijasi to`g`risidagi axborot ma'dan oqimi sifatini 
boshqarishning avtomatiktizimiga va so`ngra atotransportni boshqarishning 
avtomatik tizimiga uzatiladi. Joriy qilingantizimning iqtisodiy samaradorligi 
texnologik avtotransport unumdorligining 8-12% ga oshishibilan asoslanadi.
5. Ma'dan oqimi sifatini boshqarishning avtomatik tizimi 
Ekskavator mashinisti ma'dan qazishni portlatilgandan keyin ma'dan bloki 
ustiga qo`yilgan belgi bo`yicha bajaradi. Belgi bo`yicha ma'dan qazishning 
murakkabligi(ayniqsa kechqurun) ma'danning asossiz kamayishi va puch jinslar 
hisobiga kambag`allashuviga olib keladi. Bu оmilning saralangan qazishga salbiy 
ta'siri o`sha GPS Kocmik navigatsiya tizimidan foydalinishbilan Muruntov ochiq 
konida ma'dan oqimi sifatini boshqarishninq avtomatik tizimida(ma'danmiqdori 
va undagi oltinning tarkibi)maksimal kamaytirilgan. Љоmpyuter yordamida 
ekskavatormashinisti avtoto`kkichga yuklanayotgan ma'dan navini har doim 
bilib turadi, bunda tizimko`rsatilgan joyga ma'danning to`g`ri yetkazilayotqanini 


nazorat qiladi. Qazib olinqanxom-ashyoning sifatini boshqarish tizimi dastlabki 
baholash bo`yicha puch jinslar hajminisaralash va natijada yo`qotishni 2-3% ga 
va kambag`allashuvni 5-6% ga kamaytirishimkoniyatini beradi. Tizim 
yuklanayotgan ma'dan tarkibini taxminan 1-3% ga oshirish, Tovar ma'danlarini 
balansdan tashqari bloklardan qazish hisobiga uninq chiqishini lO-15% 
gako`paytirish, minerallangan massalar bloklaridan balansdan tashqari 
ma'danlar chiqishini10-15% ga ko`paytirish, ichki qazish bloklaridan 
minerallangan massalarninq chiqishini 10-15%ga ko`paytirish imkoniyatini 
beradi.
6. Oltin sulfidli ma'danlarni saralash bilan dastlabki boyitish texnologiyasi 
Oltin sulfidli ma'danlarni dastlabki boyitish texnoloqiyasi {patent egasi 
INTEGRA GROUP) kombinat tomonidan sanoatda joriy qilish uchun qabul 
qilingan, shu kompaniya mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan RRS modelli
separatorlar(rentgenradiometrik separator)dan foydalanishni ko`zda tutadi. 
Ma'danlarni dastlabki boyitish texnologiyasi GMZga jo`natilgan dastlabki 
ma'danning sifatini sezilarli(oltinning tarkibini taxminan ikki baravar) oshirish, 
oltin bo`yicha boy navli ma'danlardan, kambag`al va balans ma'danlardan ajratib 
olish hisobiga oltinning qo`shimcha miqdorini qayta ishlashga jalb qilish 
imkonini beradi, bu esa ushbu jarayonuchun yanada samaradorli bo`lib 
hisoblanadi. Ishlab chiqarishga oltin sulfidli ma'danlarniboyitishning texnologik 
sxemasini joriy qilish bilan bir vaqtda NKMKda "erkin" oltinli texnologikturdagi 
Muruntov ma'danlarini boyitish bo`yicha ilmiy-tadqiqot ishlari kompleksi 
tugallanadi. 
Bunday ma'danlarni bilvosita belgilari bo`yicha ma'dan saralash misollari 
dunyoda yo`q.
7. Tarkibida oltin bo`lgan ma'danlarni gamma-aktivatsion tahlil qilish 
texnologiyasi. 


Oltinni aniqlash chegarasi 0,6 g/t bo`lgan elektronlarni chiziqli tezlatgich 
LUE-8-5 ning tormozlinurlanishidan foydalangan holda avvaldan tortib 
tayyorlangan oltin tarkibli ma'danlarnigamma-aktivatsion tahlil qilish uchun 
mo`ljallangan avtomatlashtirilgan qurilma "Aura"Texnikaviy Fizika va 
Avtomatlashtirish Umumrossiya ITI (VNIITFA) va Elektron-
fizikaviyApparaturalar Ilmiy-tadqiqot instituti (NIIEFA) bilan birgalikda ishlab 
chiqildi va joriy qilindi. Muruntov ochiq konida qurilgan gamma-aktivatsion 
tahlil laboratoriyasi noyob va dunyo tahliliyamaliyotida o`xshashi yo`qdir. 1992 
yildan boshlab VNIITFA va NIIEFA bilan birgalikda gamma-aktivatsion tahlil
laboratoriyasini bosqichma-bosqich texnik qayta jihozlash boshlandi. 
Zamonaviy element bazasida dasturiy -boshqariladigan"Astat" gamma-
aktivatsion tahlil qurilmasi ishlab chiqildi va tayyorlandi. "Aura" qurilmasidan 
farqli holda"Astat"da halaqit beruvchi ta'sirlarni yanada to`liq hisobga olish 
imkonini beradigan, gamma-spektrometriyaning"besh oynali" varianti 
ishlatilgan.Ikkita sintillyatsion detektirlovchi qurilmalar qo`llanilishi 
hisobigatahlil davomiyligi 17 sekundan 8 sekundgacha kamaytirildi. Qurilmada 
boshqa elementlariniham aniqlashni bajarish mumkin. Sanoat sharoitida gamma-
aktivatsion tahlil talablaridan kelibchiqib, texnik tavsiflarini sezilarli darajada 
yaxshilash maqsadida, elektronlarni chiziqlitezlatgichlar modernizatsiyasi 
tugallandi.
8. TQK-270 tik-qiya konveyer asosida resurs tejaydigan toshli kon 
massasining uzluksiz transporti.
2011 yil 21 iyunda sanoat tarzida ishga tushirilgan “TQK -270” asosidagi 
uzluksiz transportningkonchilik massasini ko'tarish balandligi 270 m, qiyalik 
burchagi 37 gradus, unumdorligi soatiga3500 tonna, loyihaviyyillik quvvati 13 
mln.tonna, shuningdek, o'ziga xos texnologik vakonstruktorlik echimlari bilan 
dunyoning ilg'or standartlarini ortda qoldirgan, noyob muhandislikinshooti 
hisoblanadi. 


Toshli kon massasini tik-qiya holda yuqoriga ko'tarish Muruntau kar’erga 
ishlov berishning iqtisodiy maqsadga muvofiq chuqurligini keskin oshirish 
imkonini beradi. “TQK-270” kompleksidan foydalangan holda avtomobil’ 
transporti bilan kon massasini tashishning o'rtachamasofasi 3,6 kilometrga, bosib 
o'tiladigan yo'l 40 foizga, faqatgina 2012 yilda ekspluatatsiyaharajatlari 2,87 
mlrd.so’mga kamaytirildi. Yutuqlar nashrlar, patent va patent uchun berilgan 
talabnomada o'z ifodasini topdi, shuningdek,xalqaro konferentsiyalar va jahon 
konchilik sanoatida katta qiziqish o'yg'otdi. 
O`zbekiston olimlarining hissasi 
Kombinat uchun bajarilgan ilmiy- tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga
O’zbekistongeotexnologiya ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish instituti 
«O’zGEOTEXLITI» , O`zR FA yadro fizikasi instituti(YaFI), 
"Qiziltepageologiya"KGP , O`zR FA mikrobiologiya instituti, "Texnolog" IIChB, 
Toshkent davlat texnika universiteti(ToshDTU), Toshkent avtomobil yo`llari 
instituti(TAYI), O`zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti, O`zR FA 
o`g`itlar instituti, Navoiydavlat konchilik instituti (NDKI), "O`zbekiston" ilmiy-
sanoat, tashqi - iqtisodiy va ish bilarmonhamkorligi assotsiatsiyasi va 
respublikaning boshqa ilmiy-tadqiqot tashkilotlari katta hissa qo`shdilar. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, loyihalashtirish 
ishlari uchun ixtisoslashgan horij injiniring kompaniyalarini jalb qilgan holda 
konlarni ochish va ishlash tizimlaribo'yicha ilgor horij texnologiyalaridan keng 
foydalanish zaruriyati belgilandi. Xuddi shundaykonlarning yerosti ishlari 
sohasida ilgor horij texnologiyalarini o'rganish uchun kombinat 
va"UzgeorangmetLITI" instituti mutaxassislari ilgor horij korxonalarini borib 
ko'rdilar. Shundanso'ng NKMK mutaxassislari institut bilan hamkorlikda 
kombinat uchun o'ta yangi bo'lgano'ziyurar uskunani qo'llagan holda qiya 
transport stvollari yordamida konlarni ochish usuliniqabul qilishdi. 


NKMK va "Atlas Copco" kompaniyasi o'rtasida shu kompaniya tomonidan 
ishlab chiqarilganburgilash va kon o'tish jihozlarini yetkazib berish bo'yicha 
shartnoma tuzilgan. Transport qiyas'ezdi 780 m asosiy ochish ishlarini bajaradi va 
yiliga 800,0 ming tonna kon massasini yuzagauzatish uchun mo'ljallangan. S'ezd 
bo'yicha kon massasi MT-431V shaxta avtoo'ziagdargichlariyordamida uzatiladi. 
Qiya transport s'ezdini olib borish dizel dvigatelli o'ziyurar burgilash, 
yuklash - yetkazib berish vatransport uskunasini qo'llash yordamida 
loyihalashtirilgan. Bu uskuna kon kovlash davridagiasosiy ko'p mehnat talab 
qilinadigan operasiyalarni mexanizasiyalashtiradi. 
"Zarmitan" koni yerosti ishlarida Atlas Copco (Shvesiya) va Sandvik 
(Finlyandiya) horij 
kompaniyalari dizel dvigatelli o'ziyurar transportdan foydalaniladi. 
Yerosti kon-shaxta mashinalari va jihozlariga qo'yiladigan muhim 
talablardan biri - bu kon - 
o'tish ishlari kompleksini o'zaro boglangan to'liq davrining bajarilishini 
ta'minlaydigan
jihozlarning to'liq komplektini yetkazib berishni ta'minlashdir. 
NKMK oltin va uran qazib olish hajmi bo’yicha dunyoning o’nga yaqin kon 
qazib oluvchi kompaniyalari safiga kiradi. Kombinat tarkibi beshta kon 
boshqarmasi, “Qimmatbaho metallar va uran geologiyasi Ilmiy-ishlab chiqarish 
markazi”, Zarafshon qurilish boshqarmasi, to’rtta gidro-metallurgiya zavodi
va birta oltin ajratib olish fabrikasi, markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, 
mashinasozlik zavodi, oltin-gugurt kislotasi ishlab chiqarish zavodi va boshqa 
sanoatlashtirilgan va yordamchi korxonalardan tashkil topgan bo’lib, foydali
qazilmani qazish va qayta ishlash, qimmatbaho metallar va uran qazib
olishda geologik qidiruv ishlarini amalga oshirish, hamda kon metallurgiya 
sanoatida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va innovatsion 
texnologiyalarini ishlab chiqarishdan iborat. 


Har bir rahbar va muhandisning O‘zbekiston Respublikasi «Mehnatni 
muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga amal qilish, ishlab chiqarish 
xavfsizligi masalalarini to‘g‘ri hal etishda ushbu kitob qo‘llanma vazifasini 
o‘taydi.Unda mehnatni muhofaza qilish Qonunlari, sanoat sanitariya va 
gigienasi, texnika xavfsizligi hamda yong‘inning oldini olish masalalari 
yoritilgan. 
Tashkilotlarda mehnat xavfsizligiga doir barcha qaror va hujjatlarni 
tahlil qilish, kelgusida mehnat xavfsizligi darajasini ko‘tarish, ish 
yuritishda texnika xavfsizligi mashg‘ulotlarini o‘tkazish, mehnat 
muhofazasi ishlarini tashkil etish, o‘quv yurtlari o‘qituvchilari, talabalari, 
xizmatchi va ishchilari o‘rtasida shikastlanishning oldini olish hamda 
davlat standarti masalalari talablariga rioya etish maqsadida «Mehnatni 
muhofaza qilish to‘g‘risida» Qonun qabul qilingan. Bu Qonun asoslari 
mazmun jihatidan juda keng bo‘lib, o‘z tarkibida jamoa shartnomasi, 
mehnat shartnomasi, kadrlar tayYorlash va malakasini oshirish, mehat 
intizomi, ayollar va bolalar mehnati, ijtimoiy himoya hamda boshqa 
masalalarni mujassamlashtirgan. 
«Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonun asosida ishlab 
chiqarishdagi inson sog‘ligi uchun zararli bo‘lgan omillarni bartaraf qilish, 
baxtsiz hodisalarning oldini olish va ish joylarining sanitariya-gigienik 
jihatdan qoniqarli holatda bo‘lishi uchun barcha zarur chora-tadbirlarni 
ko‘rish mas’uliyati ma’muriyat zimmasiga yuklatilganligi ko‘rsatib 
o‘tilgan. Kasbiy zararliklar mavjud bo‘lgan hududlarda mehnat qiladigan 
ishchilar uchun qisqartirilgan ish kuni, qo‘shimcha dam olish kunlari joriy 
etilishi, zararli ish joylarida ishlaganlarga, ya’ni juda issiq haroratli, sovuq 
zax va sog‘lik uchun zararli sharoitda mehnat qilaYotganlar uchun maxsus 
ustama haq hamda himoya kiyimlari berilishi ko‘zda tutiladi. Kasbiy 
kasalliklarning oldini olish, ishchilarning sog‘ligini mustahkamlash 


maqsadida ularni o‘rnatilgan tartib asosida sut va parhez taomlar bilan 
ta’minlash tartibi joriy etilgan. 
Ishlab chiqarish korxonalarida Mehnat Kodeksi va mehnatni muhofaza 
qilish to‘g‘risidagi me’yorlarni buzishda ayblangan rahbar shaxslar 
maьmuriy, moddiy va jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ma’muriy javobgarlik 
xodimga hayfsan berish, ishdan chetlashtirish, o‘rtacha oylik ish 
haqining yigirma foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish va 
mehnat shartnomasini bekor qilishdan iborat. Moddiy javobgarlik esa 
«Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunni buzgan shaxslarni 
nazorat tashkilotlari tomonidan belgilangan miqdorda jarima to‘lashga 
Yoki keltirilgan moddiy zararni qoplashga majbur qilishdan iborat. 
“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunni buzish baxtsizlik Yoki 
o‘limga sabab bo‘lsa, aybdor shaxslar belgilangan tartibda jinoiy javobgar-
likka tortiladi. 
Xotin-kizlar erkaklar bilan teng huquqli bo‘lib, ular davlat, xo‘jalik, 
madaniy va jamoat ishlarida faol qatnashish imkoniyatiga ega. Mehnat 
Kodeksida xotin-qizlarning fiziologiyasi va onalikni himoya qilish hisobga 
olinib, ularning mehnatini muhofaza qilish belgilangan. Og‘ir va organizm 
uchun zararli ishlarda aYollarning mehnat qilishiga Yo‘l 
qo‘yilmaydi.Homilador aYollarga davlat tomonidan ish haqi to‘lanadigan 
ta’til beriladi.Mehnat Kodeksida o‘smirlar mehnatiga alohida e’tibor 
berilgan. 18 Yoshga to‘lmagan yigit-qizlarni ishga qabul qilishda ularning 
xohishiga qarab, yilning istalgan vaqtida bir-oylik (kalendar bo‘yicha) 
mehnat ta’tili berilishi belgilangan. O‘smirlar fabrika, zavod kasaba 
qo‘mitalari ruxsatisiz qo‘shimcha ishlarni bajarishga jalb qilinmaydi. Ular 
tibbiy ko‘rikdan majburiy o‘tkazib turiladi. Agar o‘smirlarni bajaraYotgan 
yumushlari ularning sog‘ligiga ta’sir qilaYotgani sezilsa, u holda shifokor 
maslahati va tegishli hujjatga asosan boshqa ishga o‘tkaziladi. 


Tarmoq kasaba ko‘mitasining texnik inspektori har bir sanoat 
korxonasiga biriktirib qo‘yilgan. U korxonada mehnatni muhofaza qilish 
qoidalari bajarilaYotganligini, baxtsiz hodisaga uchraganlar hisobga 
olinaYotganligini nazorat qiladi, og‘ir Yoki o‘lim bilan tugagan hodisalarni 
guruh bilan birga tahlil qiladi, mehnatni muhofaza qilish qoida va 
me’Yorlarini buzganlarni javobgarlikka tortish maqsadida tegishli joylarga 
ma’lumot yuboradi. Texnik inspektor yangi uskunalarni qabul qilishda 
qatnashadi hamda bir vaqtning o‘zida ular yangi ob’ektlarni foydalanish 
uchun qabul qilish komissiyasining a’zosi hisoblanib, mehnat muhofazasi 
tadbirlarining bajarilayotganligini nazorat kiladi. 
Sanoat korxonalarida xizmat ko‘rsatayotgan kasaba uyushmasining 
inspektori mehnatni muhofaza qilish bo‘limi rahbarligi ostida ish olib 
boradi. 
Sanitariya-epidemiologiya stansiyalarining vakillari kapital qurilish 
ob’ektlarini qabul qilishda qatnashadi, kasbiy zaharlanish va 
kasallanishlarni tekshiradi, korxona ma’muriyati bilan birgalikda bu 
kasalliklarni yo‘qotish chora-tadbirlarini ko‘radi. Suv havzalaridan to‘g‘ri 
foydalanish va tashlandiq suvlarning suv g‘avzalariga qo‘shilishi 
masalalari bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi Bosh sanitariya-epidemiologiya 
boshqarmasining mahalliy sanitariya-epidemiologiya stansiyalari 
shug‘ullanadi. 
Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat 
qilish agentligi («O‘zsanoatgeokontexnazorat» agentligi) respublika davlat 
boshqaruvi, nazorat qilish va tekshirish organi hisoblanadi o‘z faoliyatida 
O‘zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekistan Respublikasi 
Prezidentining Farmonlari va Farmoyishlariga, Oliy Majlis Qonunlariga, 
Vazirlar Mahkamasining karorlari va farmoyishlariga amal qiladi. U 
texnologik me’yorlarning buzilmasligini, shuningdek, xavfsizlik 


texnikasining qoida va ko‘rsatmalariga rioya qilinaYotganligini kuzatib 
boradi. 
Bundan tashqari, bu organ bosim ostida ishlaydigan bug‘ qozonlari va 
idishlarining holatini, suv isitish qozonlarining issiq suv va par beradigan 
quvurlar, yuk ko‘taruvchi kranlar, liftlar, ekskalatorlar va odamlarni 
tashiydigan osma arqon yo‘llarining holatini kuzatadi hamda qoidalar 
buzilmaYotganligini tekshirib turadi. 
«O‘zsanoatgeokontexnazorat» sanoat korxonalaridagi qozon, 
agregatlar, ko‘tarishqurilmalarini tekshirib, ishlashi uchun ruxsat beradi va 
ularni ro‘yxatga oladi, U kapital qurilish ob’ektlarini qabul qilib olishda va 
korxonada yangi uskunalarni foydalanish uchun qabul qilishda, nazorat 
ostidagi ob’ektda bo‘ladigan baxtsiz hodisalar sabablarini aniqlashda 
qatnashadi. 
Mahalliy boshqaruv organlari va yong‘indan muhofaza qilish 
bo‘limlari hamda yong‘inga qarshi kurashuvchi qismlar, o‘zlari xizmat 
ko‘rsatadigan sanoat korxonalarining hamma ob’ektlarida yong‘inga 
qarshi chora-tadbirlarning bajarilishini, yong‘inga qarshi kurash olib 
boruvchi xizmatchilarning tayyorligini, korxonadagi yong‘inni o‘chirish 
vositalarining ishga yaroqliligini va yangi ishlab chiqarish korxonalarini 
loyihalaganda yong‘in xavfsizligiga rioya qilinayotganligini kuzatish yo‘li 
bilan nazorat qilib boradi.Yonish chiqmasligi choralarini ko‘rish vazifasi 
xodimlar zimmasiga yuklatilgan. 

Download 192.23 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 192.23 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Navoiy mashinasozlik zavodida mehnat muhofazasini tashkil qilish

Download 192.23 Kb.
Pdf ko'rish