Mashinasozlik zavodida shamollatish tizimlarini




Download 192.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana19.11.2022
Hajmi192.23 Kb.
#30925
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Lecture 3
2.3. Mashinasozlik zavodida shamollatish tizimlarini 
tashkillashtirish 
SHamollatish ishlab chiqarish xonalaridagi havoni keragicha 
almashtirishni ta’minlaydi va ishlovchilar uchun hamda texnologik 
jaraYonning borishi uchun qulay sharoit yaratadi, ya’ni texnologiya va 
sanitariya me’Yorlarida belgilangan harorat namlik tartibi (rejimi) hosil 


bo‘ladi, xonadan ortiqcha issiqlik namlik chiqib ketadi, shuningdek, 
xonada boshqa zararli aralashmalar (chang, gazlar ) miqdori ruxsat etilgan 
qiymatgacha kamayadi. Havoning harakatlanish usuliga ko‘ra tabiiy va 
mexanik shamollatishlar farqlanadi. Tabiiy shamollatishda xonaga havo 
tabiiy kuchlar — gravitatsion-issiqlik va shamol bosimi ta’sirida kiradi va 
chiqib ketadi. Gravitatsiya — sovuq va isigan havoning solishtirma 
og‘irliklaridagi natijasiga ko‘ra yuzaga keluvchi bosim. 
Binoning shamolga ro‘para tomonidan ta’sir qilganda yuqori ortiqcha 
bosim, shamolga teskari tomondan ta’sir qilganda esa havoning past 
bosimi (siyraklanish) yuzaga keladi. Ortiqcha bosim (Pa) ushbu 
formuladan aniqlanadi: 
P=a(6.1) 
Bu erda: a — aerodinamik koeffitsient, u binoning tashqi to‘sig‘i 
Yonidagi ortiqcha bosim siyraklanishi to‘liq shamol bosimining qancha 
qismini tashkil etishini ko‘rsatadi, 
Form. — shamolning to‘liq dinamik bosimi, u binoning shakliga bog‘liq 
bo‘lib, tajriba yuli bilan aniqlanadi va bildirgich adabiYotidan keltiriladi, ro 
havoning zichligi, V
sh2
— shamolning tezligi. 
Havo girdobsimon (katta tezlikda) harakatlanganda bosimlarning 
taqsimlanishi binoning katta-kichikliligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Bu hol har 
qanday shakldagi bino uchun aerodinamik koeffitsientlarni asl binoga 
o‘xshatib geometrik usulda yasalgan namunada (modelda) aniqlashga 
imkon beradi. Agar birgina xonaning ochiq teshiklari yaqinida har xil 
bosimlar yuzaga kelsa, u holda shamol ta’sirida xonada havo almashinuvi 
(gaz almashinuvi) yuz beradi. 
Havoning filtrlanishi deganda, asosan, deraza va eshiklardagi tirqishlar 
orqali tashqaridan havo kirishi natijasida tartibsiz ravishda tabiiy havo 
almashinuvi tushuniladi. U har xil haroratlarda havoning zichligi turlicha 


bo‘lishi tufayli yuz beradi. SHamol bo‘lganda filtrlanish kuchayadi. 
SHamol bosimidan va shaxtalar orqali bo‘ladigan tortish kuchidan 
foydalanish uchun shaxtalarga deflektorlar deb ataladigan maxsus shaklli 
o‘rnatiladi. Deflektorning ishlashi asbobga havo oqimi tegib o‘tganda uning 
sirtida siyraklanish hosil qiladigan shamol quvvatidan foydalanishga asoslangan. 
SAGI deflektori eng ko‘p tarqalgan. Uning katta-kichikligi patrubokning 
diametriga qarab tanlanadi. Deflektorlar ipakchilik sanoati korxonalarida 
qo‘llaniladi (masalan, ular Marg‘ilon pilla tortish kombinatining pilla 
tortishssexida shamollatish sistemasi ishining samaradorligini oshirish maqsadida 
qo‘shimcha so‘ruvchi tuzilmalar sifatida o‘rnatilgan). 
Mexanik usulda shamollatishda havo ventilyatorlar Yordamida kiritiladi va 
chiqariladi. SHamollatish sistemalari vazifasiga ko‘rayangi havo kiritadigan va eski 
havoni chiqaradigan turlarga ajratiladi. Ular havoni umumiy tarzda 
almashtirishi mumkin. Kiritadigan sistemalar xonaga tashqaridan toza havo 
kiritadi, chiqaradigan sistemalar esa ifloslangan havoni xonadan chiqarib 
yuboradi. Kiritib - chiqaradigan sistema yuqorida aytilgan ikkala sistemaning 
birikmasidan yuqori bo‘lib, bir o‘zi ikki vazifani bajaradi, eski havoni chiqarib 
o‘rniga yangi havoni kiritadi. 
Agar zararli ajralmalar manbalari tarqoq joylashgan bo‘lib, butun xona Yoki 
uning bir qismi (ish mintaqasi) shamollatiladigan bo‘lsa, bunday shamollatish 

Download 192.23 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 192.23 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mashinasozlik zavodida shamollatish tizimlarini

Download 192.23 Kb.
Pdf ko'rish