• Damlama va qaynatmalardagi nomutanosiblik Bunday miksturalar
  • Suvli ajratmalar sifatini takomillashtirish




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet104/436
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,28 Mb.
    #149752
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   436
    Bog'liq
    farmatsevtik texnologiya

    Suvli ajratmalar sifatini takomillashtirish.
    Antimikrob xususiyatini oshirish, tozalangan suv o‘rniga kumush bilan ishlov 
    berilgan suvni kiritish, tayyorlangan suvli ajratmalar saqlanish muddatini uzaytirish uchun 
    sterilizatsiya turlarini ishlab chiqish, konservant turi va miqdorini qo‘shishni rejalashttrish. 
    Konservant sifatida (10% etanol, 0,1 % natriy benzoat, 0,05 -0,1% sorbin kislota, 0,1% 
    nipagin, nipazol va sh.u.)
    -Tarkibi va maxsulot turi bo‘yicha xar xil bo‘lgan ajratmlar uchun ekstraksiya vaqti 
    va rejimini to‘g‘ri tanlash.
    -Suvli ajratmlar nomenklaturasini kengaytirish.
    -YAngi, zamonaviy ekstraksiya apparatlarini ishlab chiqish.
    -Ekstrakt konsetratlar yangi turlarini ishlab chiqish.
    -Analiz turlarini takomillashtirish. 
    Damlama va qaynatmalardagi nomutanosiblik
    Bunday miksturalar murakkab dispers sistemalari bo‘lib, chin eritmalar, zollar,
    emulgirlangan fazalar bilan birga keladi.
    40
    I.I. Krasnyuk, G.V. Mixaylova, L. I. Muradova Farmatsevtichesaya texnologiya texnologiya lekarstvennqx 
    form.-«GEOTAR-Media».- Moskva.-2011. (558 bet)


    Bularni tayyorlashda dori moddalarini o‘simlik damlamalariga qo‘shilishini hisobga olish 
    kerak.
    Rp.: Infuzi radicibus Valerianae 10,0—200 ml
    Calcii chloridi 10,0
    Codeini 0,2
    M.D.S.
    Bu tarkibda elektrolit bo‘lgan kalsiy xlorid ta‘sirida valeriana ildizi tarkibidagi moddalar 
    koagulyasiyaga uchraydi.
    Rp.: Decocti foliorum Uvae ursi 10,0—100 ml
    Ext. Belladonnae 0,15
    Hexamethylentetramini 2,0:100 ml
    Coffeini natrii benzoatis 1,5
    M.D.S.
    Oshlovchi moddalar bilan ishqoriy moddalar birikib cho‘kma hosil qiladi.
    Miksturada ko‘ngir rangli cho‘kma hosil bo‘ladi, uning tarkibida tannat 
    geksametilentetramin, kodein va tropan alkaloidlari bor.
    Rp.: Infuzi herbae Adonidis vernalis 80—200
    Ext. Crataegi 25,0
    Tincturae Conallariae 6,0
    Kalli bromidi 5,0
    M.D.S.
    Do‘lana ekstrakti tarkibidagi oshlovchi moddalar, yurak glikozidlari bilan birikib Zaharli 
    amorf cho‘kma hosil qiladi.
    Rp.: Infuzi radicis Althaeae 200 ml
    Apomorphini hydrochloridi 0,05
    Morphini hydrochloridi 0,03
    Elexiris pectoralis 5,0
    M.D.S.
    Ko‘krak eliksiri hisobiga hosil bo‘lgan ishqoriy muxitda apomorfin gidroxlorid 
    parchalanadi va ajralib cho‘kmaga tushgan apomorfin asos xavodagi kislorod bilan oksidlanib, 
    uning mahsulotlari miksturani yashil rangga bo‘yaydi.
    Rp.: Chloralhydrati
    Barbitali natrii 2,0
    Infusi radicis Althaeae 60 ml
    Aquae Menthae 60 ml
    M.D.S.
    Bu erda suvli ajratmani buzilishi, uni rangini o‘zgarishi bilan belgilanadi. Loyqa, parda 
    hosil bo‘lishi, cho‘kma tushishi va nordon maza berishi miksturaning sifatsizligidan darak 
    beradi.
    Bu buzilish mikroorganizmlar hisobiga bo‘lib, chuqur fizik-kimyoviy o‘zgarishga olib 
    keladi, ta‘sir etuvchi moddalar parchalanadi.
    Rp.: Infusi foliorum Uvae ursi 3,0—100 ml
    Natrii hydrocarbonatis
    Liquoris ammonii anisatis 2,0
    M.D.S.
    Natriy gidrokarbonat va novshadil anis tomchisi hosil qilgan ishqoriy muxit natijasida 
    ayikquloq tarkibidagi arbutin glikozidi parchalanadi, cho‘kma hosil bo‘ladi.
    Rp.: Infusi rhizomatis cum radicibus Valerianae 6,0—200 
    ml Natri bromidi 4,0
    Sol Iodi 3 ml
    M.D.S.


    Valeriana damlamasi kraxmal bo‘lganligi uchun, yod ishtirokida miksturani ko‘k rangga 
    bo‘yaydi. Shu sababli bu dorixat berilmaydi.
    Rp.: Infusi herbae Adonidis vernalis 6,0—180 ml
    Ephedrini hydrochloridi
    Papaverini hydrochloridi 0,25
    Aethylmorphini hydrochloridi 0,15
    Euphyllini 0,4
    M.D.S.
    Eufillin ishqoriy muxitni hosil qilganligi sababli, etilmorfin va papaverin asoslari ajraladi.
    Bu erda eufillin alohida berilsa, dorixatni tayyorlash mumkin.
    Rp.: Infusi herbae Termopsidis 0,2—100 ml
    Natrii benzoatis 2,0
    Acidi ascorbinici 1,5
    Sirupi sacchari 10,0
    M.D.S.
    Tarkib nomutanosib. Benzoat kislotasi cho‘kmaga tushadi. Bu erda askorbin kislotasini 
    alohida elaki dori sifatida berilishi kerak.
    Miksturani quyidagicha tayyorlanadi. 0,2 termopsis quruq ekstraktini 80 ml suvda eritiladi, 
    beriladigan idishga suziladi va byuretkadan 20 ml benzoat natriyni 10% eritmasidan va 10 ml 
    qand sharbati qo‘shib, tayyorlab beriladi.
    Rp.: Infusi foliorum Uvae ursi 20,0—200 ml
    Hexamethylentetramini
    Themysali 3,0
    Coffeini natrii benzoatis 2,0
    M.D.S.
    Temisal ta‘sirida ayikquloq bargi qaynatmasidan oshlovchi moddalar oksidlanadi va 
    cho‘kmaga tushadi.
    Cho‘kma oshlovchi moddalar bilan geksametilentetraminni murakkab birikmasini 
    saqlaydi. Oshlovchi moddalar kofein bilan ham birikadi.
    Cho‘kmada tannat, kofein kora yopishqoq massa holida bo‘lib, idish tagi va devorlariga 
    yopishib qoladi. Dori berilmaydi.
    Rp.: Infusi radicibus Valerianae 15,0—200 ml
    Ammonii bromidi
    Kalii bromidi 4,0
    Barbitali natrii 2,0
    Amidopyrini 3,0
    M.D.S.
    Barbital natriy va amidopirin hosil qilgan ishqoriy muxitda ammoniy bromid parchalanib 
    ammiak ajratadi.
    Bu dorini shifokor bilan kelishib, ammoniy bromid o‘rniga boshqa brom preparatlari bilan 
    (bromid natriy) tayyorlash mumkin. 70 ml tozalangan suvda 2 g barbital natriy eritiladi, 
    beriladigan idishga filtrlanadi. Byuretkadan 60 ml 5% amidopirin, ammoniy bromid o‘rniga 20% 
    natriy brom eritmasidan 20 ml, 20% bromid kaliydan 20 ml valerianani suyuq ekstraktidan 30 ml 
    (1:2) o‘lchab qo‘shiladi.
    Rp.: Infusi Radicibus Valerianae 10,0—200 ml
    Aethylmorphini hydrochloridi 0,2
    Kalii iodidi 3,0
    Natrii nitritis 1,0
    M.D.S.
    Kaliy yodid va natriy nitrit birikishi natijasida yod ajralib chiqadi. Dori berilmaydi. 
    Rp.: Infusi radicibus Valerianae 6,0—200 ml
    Codeini 0,12


    Natrii bromidi 4,0
    Barbitali natrii 2,0
    Calsii chloridi 10,0
    Asidi ascorbinici 1,5
    M.D.S.
    Bu erda barbital cho‘kmaga tushadi.
    SHifokor bilan kelishib barbital natriyni elaki dori shaklida alohida beriladi. Mikstura 
    quyidagicha tayyorlanadi.
    Beriladigan idishga 80 ml suv quyib, 20 ml 20% natriy brom va 20 ml 50% kalsiy xlor 
    eritmalari qo‘shiladi.
    56 ml suvda 165 askorbin kislotasi eritilib unga pipetka yordamida 12 ml 1% kodein 
    eritmasi qo‘shiladi.
    Ikkala eritmani qo‘shib, unga 12 ml valeriana suyuq konsentratidan (1:2) qo‘shiladi. Suvli 

    Download 7,28 Mb.
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   436




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Suvli ajratmalar sifatini takomillashtirish

    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish