• Konsentrat ekstraktlar.
  • Tayyorlanishi.
  • Tayyorlanishi
  • Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet101/436
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,28 Mb.
    #149752
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   436
    Bog'liq
    farmatsevtik texnologiya

    Ekstraktlar.
    Ekstraktlar deb o‘simlik xom ashyosidan biologik faol moddalari suv, spirt, efir, yoki 
    boshka ajratuvchilar yordamida ajratib olingan va ajratuvchisi qisman yoki butunlay bug‘latilgan 
    ajratmaga aytiladi. Ekstraktlar quyuq suyukligiga karab turlanadi, ekstraktlarga bo‘linadi. 
    Ekstrakt konsentratlar tashqi qo‘rinishiga qarab 3 ga bulinadi. Suyuq, quyuq, quruq.
    Konsentrat ekstraktlar.
    Ekstraktlarning maxsus guruhi bo‘lib dorixona sharoitida suvli ajratmalar tayyorlash 
    uchun o‘simlik xom ashyosi o‘rniga ishlatishga mo‘ljallangan
    38
    . Bular ham o‘z navbatida uch 
    guruhga bo‘linadi. Suyuq konsentrat ekstraktlar (extracta fluida standartisata).
    Bular spirt-suvli ajratmalar bo‘lib,1:2 nisbatda tayyorlanadi. Quyuq ekstraktlar (extracta 
    spissa) o‘ta qovushqoq. Ular 3:1, 4:1, 5:1, 6:1. nisbatlarda tayyorlanadi. Quruq konsentratlar 
    ekstraktlar spirt suvli ajratma bo‘lib 1:1 nisbatda tayyorlanadi.
    38
    Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология. Изготовления лекарственных препаратов.-
    «ГЭОТАР-Медиа».- Москва.-2016. (190 bet)


    Rp: Infusi rhizomatis cum radicibus Valerianae 180 
    ml Natrii bromidi 6,0
    Codeini phosphates 0,2
    M.D.S. 1 osh koshikdan kuniga 3 marta ichilsin.
    Pasport : Valeriana suyuq konsentrati (1,2 )-12 ml
    Natri bromid (1: 5)-30 ml
    Kodein fosfat (1: 10)- 2 ml
    Suv - 136 ml
    Tayyorlanishi.'>Tayyorlanishi. Beriladigan idishga 136 ml suv o‘lchab solinadi va unga so‘ngra natri
    bromid konsentrlangan eritmasidan (1: 5) 30 ml olib idishga quyiladi va kodein fosfat (1: 10) 
    konsentratidan 2 ml qo‘shiladi.
    Mikstura ustiga valeriana suyuk konsentratidan 12 ml qo‘shib, jixozlab beradi.
    Misol: Rp: Infusi herbo Thermopsidis – 200 ml
    Natrii benzoates -1,5
    Natrii bromidi -3,0
    Liguor Ammonii anisatus - 6,0
    M.D.S.
    Pasport: Termopsis quruq ekstrakti (1: 1 )
    Natriy benzoat 1,5 (1: 1 )
    Natriy bromid 3,0 (1:5 )
    Novshadilanis tomchisidan -6,0
    Suv - 170 ml
    Tayyorlanishi: Beriladigan idishga 170 ml suv o‘lchab solinadi va unga 0,5 g
    termopsisni quruq ekstrakti (1: 1) dan qo‘shiladi va konsentrat to‘liq erib ketguncha chayqatiladi. 
    So‘ngra natriy benzoat (1: 10 ) dan 15 ml va natriy bromid (1: 5) konsentratidan 15 ml 
    qo‘shiladi. Oldindan novshadilanis tomchisidan ozgina tayyor mikstura bilan aralashtirib, 
    so‘ngra umumiy miksturaga qo‘shiladi va jihozlanadi.
    Rp: Infusi radicis Althaeae -5,0 – 100
    Natrii benzoatis -1,5
    Elixiris pecforalis - 1,5
    M.D.S.
    Pasport: Gulxayri ildizi quruq ekstrakti 5,0 (1: 1)
    Natriy benzoat - 1,5 (1: 10)
    Kukrak eliksiri 1,5
    Suv -100 ml gacha
    V um 100 ml.
    Tayyorlanishi: Gulxayri ildizi quriq ekstraktidan 5,0 gr olib uni avval yaxshilab
    maydalanadi. 2 ml suv olib xovonchaga tomchilab aralashtiriladi. Uni ustiga natriy benzoat 
    konsentratidan (1: 10) nisbatdagi eritmasidan 15 ml qo‘shiladi. Tayyor bo‘lgan mikstura ustiga 
    kukrak eliksiri qo‘shilib jixozlab beriladi. Tindirilgan xolatda suziladi.
    Suvli ajratmalarning sifatini aniklash uchun xujjati dorixat pasporti, joylanishi, 
    rasmiylashtirilgani shuningdek «Salkin joyda saklansin», «Ichishdan oldin chayqatilsin» degan 
    yorliklar bor-yo‘qligi, hidi, rangi, mazasi, mexanik iflosliklar yo‘qligi va ularning xajmi 
    to‘g‘riligi tekshiriladi.

    Download 7,28 Mb.
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   436




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi

    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish