17 - Ma‘ruza. MAVZU 17 . Shilimshiqlar. Ekstrakt konsentratlardan foydalanib suvli ajratmalar tayyorlash, sifatini baholash. Ma‘ruza maqsadi: Berilgan dorixat bo‘yicha shilimshik tayyorlashni bilish.
DF va boshka normativ xo‘jjatlardan, yordamchi adabiyotlardan foydalanib, shilimshikni
tayyorlash uchun suv va xom ashyo miqdorini xisoblash va shilimshiklarga dori moddalarni
qo‘shish tartibini urganish.
Режа:
Shilimshiqlar saqlovchi o‘simliklardan suvli ajratmalar olish
Gulxayri ildizi, shilimshig‘i.
Salep tuganagi shilimshig‘i.
Ekstrakt-konsentratlar xaqida umumiy tushuncha.
Ekstrakt konsentratlardan foydalanishning afzallik va kamchiliklari
Ekstrakt –konsentratlardan foydalanib suvli ajratmalar tayyorlash
Quruq ekstrakt –konsentratlardan foydalanib suvli ajratmalar tayyorlash
Suyuq ekstrakt –konsentratlardan foydalanib suvli ajratmalar tayyorlash
Suvli ajratmalarga dori moddalarini kiritish
Tayanch atama va iboralar:shilimshiq, ekstrakt-koncentrat, suyuq-ekstrakt-koncentrat,
quruq-ekstrakt-koncentrat
Shilimshiq saqlovchi o‘simliklardan suvli ajratmalar olish (mucilago - shilimshiq) O‘simlik shillik moddalari suvda yaxshi erib kolloid eritma hosil qiladi.
Bu guruhdagi suvli ajratmalarni oddiy qilib shilimshiqlar deb atadik. bo‘lar quyuq bo‘lib
YUMB eritmalar hisoblanadi.
SHilimshiq eritmasi tarkibidagi modda-zarracha suv bilan yaxshi qovushadigan zarracha
bo‘lib, u shu xususiyati bilan osilma zarrachasidan farqlanadi.
U o‘z atrofiga suv molekulalari qavatini to‘playdi. Bu suv qavati shilimshiq zarrachalarini
eritma tarkibidagi turg‘unligini ta‘minlaydi.
Agar shilimshiq zarrachalari qavatidagi suv molekulasini olib qo‘ysak (masalan, spirt
qo‘shilsa) unda shilimshiq zarrachalari cho‘kmaga tushadi.
Shilimshiqlarda yuqori qovushqoqlik bo‘kuvchanlik va boshqa YUMBni xususiyatlari
namoyon bo‘ladi. Ularni xuqnalar (klizmalar) tarkibida, stabilizator va emulgatorlar sifatida
ishlatiladi. SHilimshiqlar tayyorlash uchun turli xil o‘simlik xom ashyolaridan foydalaniladi.
(Gulxayri ildizi, salep tuganagi, zig‘ir urug‘i, bexi urug‘i). Ularni tayyorlash usullari o‘simlik
xom ashyosini gistologik tuzilishi va uni kimyoviy tarkibini hisobga olgan holda tanlanadi.