• Oshlovchi modda saqlovchi o‘simliklardan qaynatma tayyorlash
  • Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet95/436
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,28 Mb.
    #149752
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   436
    Bog'liq
    farmatsevtik texnologiya

    Hisoblash:
    Sano bargi (1 : 10) – 10 g
    S.SH.K. = 1,8
    Tozalangan suv – 118 ml
    100 + (10 x 1,8) = 118 ml
    um. hajmi – 100 ml
    Tayyorlash: Infundir stakaniga 10 g 0,5 mm gacha maydalangan sano bargini olib, uni
    ustiga 118 ml tozalangan suv quyib, qaynab turgan infundir apparatida vaqti-vaqti bilan 
    aralashtirib turgan holda 30 daqiqa damlab quyiladi. Tayyor qaynatma vaqt tugaganidan keyin 
    olib, tulik sovutiladi (chunki sano bargi tarkibida smolalar bo‘lib, ular odam organizmiga salbiy 
    ta‘sir ko‘rsatadi). So‘ngra 2 qavatli dokada suziladi, qoldiq siqiladi va hajmi 100 ml ga
    etkaziladi. ―Ichish uchun‖, ―Salqin joyda saqlansin‖, ―Ishlatishdan oldin chayqatilsin‖ yorligi 
    bilan jihozlab bemorga beriladi.
    Saponin saqlovchi o‘simliklardan (qizilmiya ildizi, istod ildizi, senega ildizi, sinyuxa ildizi) 
    hamma vaqt qaynatma tayyorlanadi. Adabiyotlarda ko‘rsatilishicha saponin saqlovchi 
    o‘simliklardan qaynatma tayyorlashda ajratma tarkibi ishqoriy sharoitga keltirilsa ta‘sir etuvchi 
    modda ko‘p miqdorda ajratmaga o‘tadi. SHuning uchun ham senega ildizi va sinyuxa ildizidan 
    qaynatma tayyorlashda 10 g o‘simlikka 1 g NaHCO
    3
    qaynashga ko‘yishdan oldin qo‘shiladi.
    34
    И.И. Краснюк, Г.В. Михайлова, Л. И. Мурадова Фармацевтичесая технология технология 
    лекарственнqх форм.-«ГЭОТАР-Медиа».- Москва.-2011. (558 бет)


    qizilmiya o‘simligi ildizidan qaynatma tayyorlashda 30 minutdan ko‘p qaynatish glitsirrizin 
    miqdorining kamayishiga olib keladi.
    Oshlovchi modda saqlovchi o‘simliklardan qaynatma tayyorlash
    Oshlovchi modda saqlovchi o‘simliklardan (dub po‘slog‘i, toloknyanka bargi, brusnika 
    bargi, chernika bargi, kalina po‘stlog‘i , ilontovon ildiz poyasi) hamma vaqt qaynatma 
    tayyorlanadi. Ta‘sir etuvchi moddani to‘liq ajralib chiqishiga o‘simlikni maydalanish darajasi
    katta ta‘sir ko‘rsatadi. G. S. Mixaylova ko‘rsatmasi bo‘yicha dub po‘slog‘idan qaynatma 
    tayyorlashda 0,2 ml gacha kattalikkacha maydalash oshlovchi moddalarni ko‘prok ajralishiga
    undan ham maydarok qilib tayyorlanganda kam miqdor moddalar qaynatmaga o‘tishi 
    aniqlangan. Ikki tomonlama kutikula bilan qoplangan serin bilan to‘yingan qalin etli barglardan 
    faqat qaynatma tayyorlanadi. Masalan: toloknyanka bargidan hamma
    vaqt qaynatma 
    tayyorlanadi. Toloknyanka ajratmalaridagi oshlovchi moddalar miqdori:
    13-jadval
    Ajratma nomi
    Yozilishi
    Miqdori
    Arbutin
    (oshlovchi modda)
    Damlama
    10,0 : 200
    1,95
    9,07
    qaynatma
    10,0 : 200
    3,26
    13,16
    Rp.: Decocti foliorum Uvae Ursi 10,0 — 180 ml D.S. 
    bir osh qoshiqdan kuniga 2 mahal ichilsin.
    SHuning uchun ham toloknyanka bargidan XDF ko‘rsatmasiga binoan damlama emas
    qaynatma tayyorlanadi.

    Download 7,28 Mb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   436




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi

    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish