• 16 - Ma‘ruza. MAVZU 16. Suvli ajratmalarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash. Mualliflik tarkiblar Ma‘ruza maqsadi
  • Tayanch atama va iboralar
  • 14-rasm. Suvli ajratmalar olinishining texnologik jarayoni. 32
  • Ajratma hajmi va turining ekstraksiya vaqtiga ta‘siri




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet92/436
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,28 Mb.
    #149752
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   436
    Bog'liq
    farmatsevtik texnologiya

    Ajratma hajmi va turining ekstraksiya vaqtiga ta‘siri
    31
    12- jadval
    Ajratmaning turi
    Vaqti, min
    Damlash vaqti
    Sovutish vaqti
    Damlama 1 litr gacha
    15
    45 minutdan kam emas
    qaynatma 1 litr gacha
    30
    10 minut
    Damlama 1dan 3 litrgacha
    25
    45 minutdan kam emas
    qaynatma 1dan 3 litrgacha
    40
    10 minut
    Damlama ―Cito!‖
    25
    Oqib turgan suv ostida
    16 - Ma‘ruza.
    MAVZU 16. 
    Suvli ajratmalarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash. Mualliflik
    tarkiblar
    Ma‘ruza maqsadi:O‘simlik xom ashyosining xususiyatiga, tarkibidagi moddalarga qarab
    dori tayyorlash texnologiyasini tanlay bilish va asoslash. Qaynatma va damlamalarga dori 
    moddalarini ko‘shish tartibini o‘rganish.
    Reja:
    Damlama va qaynatma tayyorlashning o‘ziga xos usullari :
    Alkaloid saqlovchi o‘simliklardan ajratma tayyorlash
    Yurak glyukozidlari saqlovchi o‘simliklardan ajratma tayyorlash
    Antroglyukozid saqlovchi o‘simliklardan ajratma tayyorlash
    Oshlovchi modda saqlovchi o‘simliklardan ajratma tayyorlash
    Efir moyi saqlovchi o‘simliklardan ajratma tayyorlash
    Shilimshiq saqlovchi o‘simliklardan ajratma tayyorlash
    Tayanch atama va iboralar: suvli ajratmalarning, maydalik darajasi, xom-ashyo suv
    shimish koeffitsienti, maxsulot nisbati, konsentratsiyalar farqi, xarorat tasiri, molekulyar 
    diffuziya, konvent diffuziya.
    Alkaloid saqlovchi o‘simliklardan damlama va qaynatma tayyorlash
    31
    I
    .I. Krasnyuk, G.V. Mixaylova, L. I. Muradova Farmatsevtichesaya texnologiya texnologiya lekarstvennqx form.-
    «GEOTAR-Media».- Moskva.-2011. (558 bet)


    14-rasm. Suvli ajratmalar olinishining texnologik jarayoni.
    32
    Alkaloidlar o‘simliklarda asos holida bo‘ladi. Tuz holidagi alkaloidlar suvda yaxshi eriydi. 
    Asos holidagi alkaloidlarni eruvchanligini oshirish uchun tuz holiga o‘tkaziladi va bu maqsadda 
    0,83% xlorid kislotasi 1% limon kislotasi va vino kislotasidan foydalaniladi.
    Xin o‘simligi po‘slog‘idan damlama tayyorlashda boshqalarga nisbatan 0,8% xlorid 
    kislotasidan foydalangan ma‘kul. SHoxkuyadan damlama tayyorlanganda shu kislotadan xom 
    ashyo tarkibidagi alkaloid miqdoriga 4 barobar ko‘p miqdorda qo‘shiladi. SHoxkuyadan 
    (sporыnya) suvli ajratma olish uchun A. L. Ledneva ko‘rsatmasi bo‘yicha qaynayotgan suv 
    hammomiga 30 min davomida qo‘yiladi va tezlik bilan sovutiladi, chunki shoxkuya alkaloidlari 
    issiqlikka 
    chidamli 
    emas. 
    Shuning 
    uchun 
    ham 
    shoxkuyadan 
    damlama 
    emas, 
    qaynatmatayyorlanadi. SHoxkuyaning yangi maydalangani ishlatilishi kerak, chunki uni 
    tarkibidagi yog‘lartez achish xususiyatiga ega. Termopsis o‘simligidan damlama tayyorlashda
    32
    Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология. Изготовления лекарственных препаратов.-
    «ГЭОТАР-Медиа».- Москва.-2016. (760 bet)


    uning tarkibidagi alkaloidni tuz holiga o‘tkazish shart emas, chunki bu o‘simlikda alkaloidlar 
    asos holdagisi ham, tuz holdagisi ham suvda yaxshi eriydi. Agar o‘simlik XI DF da ko‘rsatilgan 
    miqdordan ya‘ni 1,5% dan ko‘p alkaloid saqlasa, olingan o‘simlik miqdori quyidagi formula 
    bo‘yicha hisoblanadi:
    Masalan: 200 ml termopsis damlamasi tayyorlash kerak bo‘lsin.
    Rp.: Infusi herbae Thermopsidis 200 ml
    D.S. bir osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
    O‘simlik o‘z tarkibida 1,6% alkaloid saqlaydi. Buning uchun o‘simlik miqdori topiladi.
    Termopsis 1:400 nisbatda tayyorlanadi. 200 ml damlama uchun 0,5 g olish kerak.
    Alkaloid miqdori ko‘p bo‘lgani uchun bu miqdor qaytadan hisoblanadi.
     
    0,151,5 = 0,47
    1,6
    0,5 — olinishi kerak bo‘lgan o‘simlik miqdori.
    1,5% — DF bo‘yicha o‘simlik saqlash kerak bo‘lgan miqdor.
    1,6% — o‘simlik saqlagan alkaloid miqdori.
    0,47 — qaytadan hisoblangan o‘simlik miqdori.
    Agar o‘simlik 1,5% dan kam alkaloid saqlasa, bunday xom ashyodan damlama va
    qaynatma tayyorlanmaydi.
    Alkaloid saqlagan o‘simliklardan suvli ajratma tayyorlashda qo‘shiladigan kislota miqdori
    xom ashyo tarkibidagi alkaloidlar miqdoriga teng miqdorda olinadi.
    100,0 — 1,6
    0,47 — x
    x = 0,0075 g alkaloid
    0,83 — 100,0
    0,0075 — x
    x = 0,9 ml suyultirilgan xlorid kislota kiritiladi.

    Download 7,28 Mb.
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   436




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ajratma hajmi va turining ekstraksiya vaqtiga ta‘siri

    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish