• Damlama va qaynatmalarga sovitish vaqtining ta‘siri
  • Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet91/436
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,28 Mb.
    #149752
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   436
    Bog'liq
    farmatsevtik texnologiya

    13-rasm. AN-3000 infundir apparat.
    Apparat silindrik korpusdan (1) iborat. Bu korpus suv hammomi sifatida ishlatilib uning suv 
    hajmini nazorat qiladigan oyna (9) va elektr qizdirgichi bor. Bu korpus metall kobik (2) bilan 
    qoplangan, unga boshqaruv panel (4) joylashtirilgan. Panelda quvvatni o‘zgartirgich (5) signal lampa 
    (6) va extiyot saqlaydigan asbob (predoxranitel) (7) joylashgan. Ishlatilmaganda suv hammomining 
    kamforqasi qopqog‘i bilan yopiladi, ish vaqtida infundir idishi (8) joylanadi. Uning ichida esa 
    teshikli savatchasi, xom ashyoni sikadigan qurilmasi, stakani bor. Teshikli stakanga xom ashyo 
    solinadi. Infundir idishiga esa suv hajmini aniqlovchi oyna belgisigacha suv solinadi. Kamforqani 
    qopqoq bilan yopib, apparat ulanadi. Bunda quvvat o‘zgargich ―3‖ holatga qo‘yiladi. Bunda quvvat 
    maksimal, ya‘ni 1200 Vt bo‘ladi. Suv hammomidagi suv qaynatgandan (taxminan 30 minutdan 
    keyin) keyin uning kamforqasiga to‘ldirilgan infundir idish o‘rnatiladi, yana qayta qaynatgandan 
    keyin apparat quvvatini ―2‖ yoki ―1‖ holatga o‘tkaziladi (300 yoki 600 Vt), bu suvning bir tekis 
    qaynashi uchun etarli. Belgilangan vaqtdan keyin apparat o‘chiriladi. Infundir idishni suv 
    hammomining kamforqasidan olib xona haroratigacha sovitgandan keyin xom ashyodan ajratma 
    qoldig‘i siqib olinadi. Bu apparatda 2 ta infundir idish bo‘lib, birinchisida
    ajratmani sovitilayotganda, 2-sida (b) boshqa ajratmani tayyorlash mumkin. Bu esa ishda 
    ancha qulaylik tugdiradi. Apparatning hamma qismlari (ya‘ni ajratma tegib turadigan) indeferent, 
    korroziyaga chidamli materialdan ishlangan.
    Damlama va qaynatmalarga sovitish vaqtining ta‘siri 
    Damlamalar to‘la sovutilgandan keyin (ya‘ni 45 min) suziladi.
    qaynatmalar uchun sovitish kam ahamiyatga ega, shuning uchun 10 min. dan keyin 
    suziladi. Lekin oshlovchi moddalar saqlagan o‘simliklar (toloknyanka, zmeevik, dub) xom 
    ashyosidan olingan qaynatmalarni tezda sovutmasdan suzib olish kerak. CHunki ular 
    sovitilganda loyqalanib qoladi.
    Dorixonada ko‘p uchraydigan angishvonagul va bahorgi adonis o‘simliklaridan 
    tayyorlanadigan damlamalardir. Bu guruhga kiruvchi o‘simliklardan damlama tayyorlashda 
    qo‘yilgan talablarni to‘la bajarish kerak. Bu talablarga maydalik darajasi, ma‘lum vaqt 
    mobaynida damlash, issiqlik darajasi, damlash tartiblari aniq bajarilishi kiradi. Yurak glikozidlari 
    issiqlikka chidamsiz bo‘lgani uchun eritma issiqlik darajasini oshirib yuborishi, glikozidlarni 
    geninlarga parchalanishiga olib keladi, bu geninlar kam biologik faollikka ega. Sovitish vaqtini 
    qisqartirish angishvonagul ajratmasiga suvda erimaydigan digitoksinni o‘tishini, adonisda esa 
    adonitoksinni ajratma tarkibiga o‘tishini kiyinlashtiradi. Angishvonagul va adonis damlamalarini 
    tayyorlash uchun olingan angishvonagul bargi va adonis o‘ti biologik faol moddalar saqlash 
    jixatidan XDF tegishli moddalar talabiga javob berishi kerak. Agar saqlaydigan moddalari ko‘p 
    bo‘lsa, o‘simlik kam miqdorda olinadi, ta‘sir etuvchisi kam bo‘lsa, bu o‘simlikdan damlama 
    tayyorlanmaydi.



    Download 7,28 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   436




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi

    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish