• Damlama va qaynatmalarni tayyorlashda qo‘llaniladigan apparaturalar
  • 12-rasm. Elektr isitgichli infundir apparati.
  • gr. standart maydalikdagi o‘simlik xom ashyosini infundirka stakanida siqib




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet90/436
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,28 Mb.
    #149752
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   436
    Bog'liq
    farmatsevtik texnologiya

    1 gr. standart maydalikdagi o‘simlik xom ashyosini infundirka stakanida siqib 
    olingandan keyin ushlanib qolgan suvning miqdori suv shimish koeffitsienti deyiladi.
    Muxitning (pH sharoitining) ta‘siri
    Bu alkaloid saqlagan xom ashyodan damlama va qaynatmalar olishda katta ahamiyatga 
    ega. Suvni nordonlashtirganda alkaloidlarning kiyin eriydigan birikmalari (kiyin eriydigan 
    organiq kislotalar bilan komplekslari) oson eriydigan alkaloid turiga aylanadi. Shunga ko‘ra 
    alkaloid saqlaydigan damlama va qaynatmalarga limon kislotasi, vino kislotasi yoki xlorid 
    kislotasi xom ashyodagi alkaloidlar miqdoriga teng miqdorda qo‘shiladi. Faqat shoxkuya uchun 
    xlorid kislota xom ashyodagi alkaloidlar miqdoridan 4 marta ko‘p miqdorda qo‘shiladi.
    DF XI ga asosan alkaloid saqlovchi xom ashyolardan suvli ajratmlar, faqat ekstrakt 
    konsentratlardan foydalanib tayyorlanadi.
    Damlama va qaynatmalarni tayyorlashda qo‘llaniladigan apparaturalar
    Ajratmalarni qaynatish uchun infundir (lat. — Infundal — qaynatish) deb ataladigan yopik 
    idishlar ishlatiladi. Infundir apparat qanday ashyodan tayyorlanganligi ham ajratmalarning 
    sifatiga ta‘sir qiladi. Kadimda dorixonalarda sof kalaydan yasalgan infundirlar ishlatilgan. 
    SHisha infundirlar kislota saqlaydigan ajratmalarni tayyorlash uchun qo‘llanilgan (masalan: 
    shoxkuya). Keyinchalik qalay infundirkalar ishlatila boshlangan, ular ham tez qiziydi va 
    mustaxkam hisoblanadi.


    12-rasm. Elektr isitgichli infundir apparati.
    XI DF alyuminiy infundirkalar o‘rniga zanglamaydigan po‘latdan yasalgan infundirkalarni 
    konunlashtirdi. Infundirkalar maxsus suv hammomlarida, ya‘ni infundir apparatida qizdiriladi. 
    Infundir apparatlari 2,3 yoki 4 infundirkalar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Xozirgi zamon 
    infundir apparatlari elektr toki bilan qizdiriladi (15-rasm, a).
    O. I. Belova va V. A. Mironova yangi konstruksiyali infundir apparatini taklif kildilar. 
    Bunday infundirka kislotali muxitda turg‘un bo‘lgan, zanglamaydigan XI 8 N 9 T markali 
    po‘latdan yasalgan. Xom ashyo po‘latdan yasalgan savatga(2) solinib, infundir stakanga 
    joylanadi. Infundir stakanining tubida magnitli parrak joylashgan (b). U magnitlar yordamida 
    aylanib, staqanda girdobli harakatni yuzaga keltiradi.
    Buning natijasida erituvchi va xom ashyo o‘rtasida aloka yaxshilanadi. Infundirkaning 
    qopqog‘iga (1) harakatlanadigan qilib shtokli disk (3) va dasta (4) o‘rnatilgan.
    Infundir apparati korpus, 6 infundirkadan iborat to‘plam (3 tasi 500 ml. li, 3 tasi 250 ml li), 
    magnitli parraklardan tuzilgan. Korpus zanglamaydigan po‘latdan yasalgan bo‘lib unga 4 litr suv 
    ketadi. Korpusning qopqog‘ida infundirkalar uchun 3 ta kamforqa bor. Korpus bilan ichki 
    tomonidan 2 ta pastki va 2 ta yuqori nay orqali kondensator biriktirilgan. Ish vaqtida yuqoridagi 
    naylar orqali bug kondensatorga o‘tadi, pastki naylar orqali esa hosil bo‘lgan kondensat yana 
    qayta korpusga tushadi. Suv korpus qopqog‘idagi voronka orqali solinadi. Korpusda suv hajmini 
    nazorat qilib boruvchi oyna bor. Ishlatilgan suvini to‘kib yuborish uchun korpusning orqa 
    devoriga kran o‘rnatilgan. Korpusning ichida 2 ta naysimon elektr qizdirish elementlari bor. 
    Ularning quvvati 400 va 600 Vt. Staninaning ichida elektr qizdirgich o‘rnatilgan bo‘lib, o‘sha 
    erda biriktirilgan taqasimon magnitni harakatlantiradi. Boshqaruv pulti oldingi devor tomonida 
    joylashgan. Yuqorida — tumbler (elektroqizdirgich ulash uchun pastdan qizdirish elementlari 
    o‘zgartirgan) (pereklyuchatel) dastani isitish (razogrev) belgisigacha aylantirib 2 ta qizdirgich
    elementini ulanadi. Suv qaynatgandan keyin dastani ―ish‖ (rabota) belgisiga o‘tkaziladi. Bunda 
    600 Vt li element ulanadi, bu esa suvning bir tekis qaynashi uchun etarli hisoblanadi. Apparat 
    Kiev tibbiyot asboblari zavodida ishlab chiqariladi.
    AN-3 oddiyrok tuzilishdagi apparat. Bu apparat 3 ta infundirkaga mo‘ljallangan bo‘lib, 
    magnitli parraklari yo‘k. Bu apparatlarning quyidagi xususiyatlari bor. Apparat kuchli metall 
    kobik bilan koplangan bo‘lib, bu xodimlarni ish vaqtida ximoya qiladi. Vanna devori va metall 
    kobik orasidagi bo‘shlikning yuqori qismiga sovitgich nay joylashtirilgan, bu erda hosil 
    bo‘layotgan bugning ortiqchasi kondensatlanadi va yana vannaga okib tushadi. SHu sababli 
    vannada buglanish kamayib, ancha vaqtgacha suvning miqdori doimiy darajada turadi. 
    Apparatda teshikli savatcha bo‘lib, unga xom ashyo solinadi. U ham zanglamaydigan XI 8N9T 
    nusxali po‘latdan yasalgan bo‘lib, xom ashyoni sikadigan disk bor. Bu disk vertikal shtokka 
    o‘rnatilgan bo‘lib, infundir stakan qopqog‘iga harakatchan qilib o‘rnatilgan. Bu disk yordamida 
    apparatning ishlab turgan vaqtida ko‘l yordamida tayyorlanadigan damlama va qaynatmalarni 
    aralashtirish va oxirida qoldig‘ini siqib olish mumkin.
    Davolash profilaktika muassasa — dorixonalari sharoitida, shuningdek kasalxonalar va 
    yirik xo‘jalik hisobidagi dorixonalarda damlama va qaynatmalar 1—3 l gacha hajmda 
    tayyorlanadi. SHu sababli Kiev AKB diagnostik apparatura va VNIIF infundir apparatining 
    yangi AI — 3000 modeli ishlab chiqildi. Uning nominal sigimi 3000 ml (16- rasm).



    Download 7,28 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   436




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    gr. standart maydalikdagi o‘simlik xom ashyosini infundirka stakanida siqib

    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish