-rasm. Koncentraciyalar farqi hisobiga dori moddalar ajralib chiqisi




Download 7,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/436
Sana01.02.2024
Hajmi7,28 Mb.
#149752
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

11-rasm. Koncentraciyalar farqi hisobiga dori moddalar ajralib chiqisi.
29
Damlama va qaynatmalar ishlab chiqarishda o‘zoq vaqt qo‘llanib kelingan usul ilmiy 
asosga ega bo‘lmagan edi. Damlama va qaynatmalar tayyorlashga xususiy yondoshish, 
tayyorlash jarayonini ilmiy asoslash USH DF (1946) joriy qilingach boshlandi. Masalan, alkaloid 
saqlaydigan xom ashyodan damlama va qaynatma tayyorlash uchun limon kislotasini qo‘shish 
taklif qilindi. Undan tashkari xom ashyo 3 darajadagi maydalikda qo‘llaniladi. qaynatmalar 
uchun har xil sovitish muddatlari belgilangan.
Shunday bo‘lsa ham, ularni tayyorlashning asosini dastlabki universal usul, xom ashyoga 
sovuq suv solib suv hammomida 15 min (damlama) va 30 min (qaynatma) qizdirish tashqil etadi. 
Hajmi 1-3 l bo‘lgan ajratmalar tayyorlashda qizdirish uchun 25 minutgacha qaynatmalar uchun 
40 minutgacha o‘zaytiriladi.
Dorivor o‘simliklar xom ashyosidan ta‘sir etuvchi moddani ajratib olish dinamikasiga 
ta‘sir etuvchi omillar. Damlama va qaynatmalarda ham xuddi boshqa ajratmalar (ekstraktlar, 
tindirmalar) kabi tayyorlash texnologiyasining nazariy asoslariga bo‘ysuniladi. Lekin ular 
ko‘prok zarur hollarda tayyorlangani uchun ba‘zi bir o‘ziga xos jixatlarini e‘tiborga olish lozim:
Damlama va qaynatmalarni tayyorlashda dorivor o‘simliklar qismining maydalanganlik 
darajasi, shu doriga xos bo‘lgan maqolalarda keltirilgan me‘yorlashtirilgan bo‘lishi kerak. 
Xususiy maqola bo‘lmasa XIDF bo‘yicha damlama va qaynatmalar tayyorlash uchun o‘simlik 
qismlari quyidagi maydalikda bo‘lishi kerak: bargi, guli va o‘tlari 5 mm gacha bo‘lgan 
maydalikda, poya, po‘sti, ildiz, ildiz poyasi, 3 mm gacha, urug‘i va mevasi — 0,5 mm dan katta 
bo‘lmagan zarrachalarda va xokazo.
Konsentratsiyalar farqi. Ajratma olish jarayonini tezlatish maqsadida doimo o‘simlik 
xom ashyosi zarrachalariga ekstragent yangi qismlarini mumkin kadar davriy ravishda yuborib 
turish kerak. Bu aralashmani aralashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. SHuning uchun ham 
ajratma olish jarayonining hamma bosqichlari tezlashadi.
Shuni hisobga olib, XI DF da damlama va qaynatmalarni tayyorlashda xom ashyoni 
damlab, doimo aralashtirib turish ko‘zda tutilgan. Xom ashyo va ekstragentning o‘zaro nisbati 
ham belgilangan.
Ekstragent quyidagi talablarga javob berishi kerak:
selektivlik;
kimyoviy inert;
29
Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология. Изготовления лекарственных препаратов.-
«ГЭОТАР-Медиа».- Москва.-2016. (760 bet)


-uchuvchan;
toksik hususiyatiyo‘q;
arzon. 
30
DF da damlama va qaynatmalar tayyorlanishida xom ashyo va ajratuvchining nisbati.
O‘simlik miqdori haqida biron-bir ko‘rsatma bo‘lmasa damlama va qaynatmalari 1:10
nisbatda tayyorlanadi. Adonis o‘tidan, valeriana ildizi va ildiz poyasidan, istod ildizi, rojki 
sporqnya, marvaridgul bargi va guli, zig‘ir urug‘idan 1:30 nisbatda. Kuchli ta‘sir etuvchi modda 
saqlagan angishvonagul bargi, chistotel (qoncho‘p) o‘ti o‘simlik qismidan suvli ajratmalar 
odatda ekstrakt (konsentrat)laridan 1:400 nisbatda tayyorlanadi(gulhayri ildizi, tog‘rayxon o‘ti, 
na‘matak mevasi).
Suvli ajratmalarni ekstrakt (konsentrat)dan tayyorlanganda uni miqdorini o‘simlik 
miqdoridek qilib olish kerak .
4.Damlama va qaynatmalarni olish uchun ishlatiladigan suv miqdori ta‘sir etuvchi 
moddalarni to‘liq ravishda olishga imkon berishi zarur.
Muxitning ta‘siri.
Vaqt rejimi.
Xom ashyo standartligi.
Standart konsentratsiyaga ega bo‘lmagan suvli ajratma mahsulotlarning nisbatlari:
Oddiy archa qubbalari 1:5
Devyasil ildizi 1:12,5
Ayiqtovon briketi 1:20
Sano bargi va tirnoqgul guli briketi 1:25
Jo‘ka gullari 1:28,5
YAlpiz bargi briketi 1:40
Do‘lana guli briketi 1:50

Download 7,28 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   436




Download 7,28 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Koncentraciyalar farqi hisobiga dori moddalar ajralib chiqisi

Download 7,28 Mb.
Pdf ko'rish