tayyorlanishiga bog‘liq. S. F. SHubin usuli bo‘yicha magizlardan emulsiya tayyorlashda ajratib
olinadigan yog‘ miqdorini yuqori darajaga olib chiqishga harakat qilinadi. SHu maqsadda
emulsiya olishning bir necha usullari ishlab chiqilgan va bo‘lardan ikki marta ishlash usuli bilan
yuqori natija olingan. Bu usul bilan yarim miqdordagi suv ishlatib emulsiya tayyorlanadi.
Birlamchi emulsiya tayyor bo‘lgandan so‘ng, ikkinchi marta qolgan yarim suv bilan ishlanadi va
emulsiya tayyor bo‘ladi.
Rp.: Emulsi seminum Cucurbitae 100, 0
M. D. S. Kuniga 4—5 mahal ichilsin.
Pasport: Qovoq urug‘i 10,0
Tozalangan suv 100 ml gacha
Umumiy og‘irlik 100 g
10 g pustlogidan tozalangan kovok urug‘i hovonchada maydalanadi va 1 ml suv qo‘shib,
yaxshilab eziladi. Hosil bo‘lgan butkaga 90 ml suv qo‘shib aralashtiriladi. Tayyor emulsiyani
suzmasdan tegishli idishga solinadi. «Salqin joyda saqlansin», «Ishlatishdan oldin chayqatilsin»
deb ezilgan yorliq epishtiriladi.
Mag‘izdan tayyorlangan emulsiyalarga dori moddalarni qo‘shish
Magizdan tayyorlanadigan emulsiyalarga suvda eriydigan dori moddalar kiritiladi. Ularni
eritish uchun 1 qism suv qoldiriladi va birlamchi emulsiya tayyor bo‘lgandan keyin suyultiriladi.
Rp.: Emulsi seminum Amygdalarum dulcis 180,0
Natrii benzoatis 1,0
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 4 marta ichilsin.
Oddiy qoida bo‘yicha magizdan emulsiya tayyorlanib, 50 ml gacha suv natriy benzoatni
eritish uchun qo‘llaniladi.
Rp.: Emulsi Seminum Cucurbitae decorticorum ex 50,0-
200,0 Sirupi Citri unshiu 20,0
M. D. S. Ertalab 2 marta qabul qilinadi, bir necha soatdan keyin 2 osh qoshiq kunjut
moyi ichiladi.
Qovoq mag‘zi po‘chogidan tozalanib, ko‘kimtir kulrang yupqa po‘sti bilan ishlatiladi.
SHuni bilish zarurki, sharbatlar suyultirilmagan holda qo‘shilsa, emulsiyalarning turg‘unligi
yo‘kolib ximoya pardasi buziladi, emulgatorni degidratsiyalanishiga olib keladi. SHuning uchun
mandarin po‘slog‘i sharbati toza suvda suyultirilib, birlamchi emulsiyaga qo‘shiladi.