• Agarda dorivor o‘simliklardan tayyorlanadigan damlamalar har xil ekstraksiya sharoitini talab etsa, har bir dorivor o‘simlik uchun alohida ekstraksiya qilinadi.
  • Ko‘p komponentli o‘simlik xom ashyolaridan suvli ajratmalarni tayyorlaganda




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet100/436
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,28 Mb.
    #149752
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   436
    Bog'liq
    farmatsevtik texnologiya

    Ko‘p komponentli o‘simlik xom ashyolaridan suvli ajratmalarni tayyorlaganda 
    damlamalar bir xil ekstraksiya rejimini talab etsa, ular bitta infundirkada tayyorlanadi.
    Misol. Rp.: Infusi rhizomatis cum radicibus Valerianae 10,0- 200 ml 
    Infusi foliorum Menthae 4,0
    Coffeini-natri benzoatis 0,4
    Amidopyrini 0,6
    Natrii bromidi 3,0
    Magnesii sulfatis 0,8
    M.D.S.
    Tayyorlanishi: maydalangan dorivor o‘simliklar (10 g valeriana ildizpoyasi va 4 g yalpiz 
    barglari) oldindan isitilgan infundirkaga solinadi, ustiga uy haroratidagi 239 ml tozalangan suv 
    quyiladi. 200—(10*2,9q4*2,4)=238,6 ml ustiga qopqog‘ini yopib, 15 daqiqa davomida qaynab 
    turgan suv hammomida damlanadi.
    Keyin damlama 45 daqiqa sovitilib, o‘lchamli idishga suzib o‘tkaziladi. Suzib o‘tkazilgan
    damlamada 0,4 g kofein-natriy benzoat, 0,6 g amidopirin, 3 g natriy bromid, 0,8 magniy sulfat 
    eritiladi, flakonga suzib o‘tkaziladi
    36
    .
    36
    И.И. Краснюк, Г.В. Михайлова, Л. И. Мурадова Фармацевтичесая технология технология 
    лекарственнqх форм.-«ГЭОТАР-Медиа».- Москва.-2011. (558 бет)


    Agarda dorivor o‘simliklardan tayyorlanadigan damlamalar har xil ekstraksiya 
    sharoitini talab etsa, har bir dorivor o‘simlik uchun alohida ekstraksiya qilinadi.
    Bu holda har bir dorivor o‘simlik uchun ishlatiladigan suv miqdori xom ashyodan 10 
    baravar ko‘p bo‘lishi bilan birga, o‘simlikning suv shimish koeffitsienti hisobga olingan bo‘lishi 
    kerak.
    Rp.: Radicis Althaeae 10,0
    Rizomatis cum radicibus Valerianae — 8,0
    Herbae leonuri
    Foliorum Farfarae 20,0
    Frangulae 25,0
    Aguae purificata ad 1000 ml
    M.D.S.
    Dorixat tarkibidagi xom ashyo o‘zining tayyorlanishi bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi: 
    gulxayri ildizi sovuq usulda ekstraksiya qilinadi. Valeriana ildizpoyasi, arslonquyruq o‘ti, ko‘ka 
    barglaridan damlama tayyorlanadi. Bodrezak po‘slog‘idan esa qaynatma tayyorlanadi. Erituvchi 
    suvni uch qismga ajratiladi: Gulxayri ildizidan shilimshiq modda to‘liq ajralishi uchun 200 ml 
    ekstrakt tayyorlash kerak.
    Buning uchun 13 g (10*1,3) gulxayri ildizi va 260 ml (200*1,3) suv solinadi. Bodrezak 
    po‘slog‘i uchun 300 ml (250q2*25) suv olish kerak.
    Valeriana ildizpoyasi, arslonquyruq o‘ti va ko‘ka barglari uchun 440ml (1000-200-
    250q20x3,0q8x2,9q2,0) suv olinadi.
    Uchala ekstrakt alohida-alohida tayyorlanib, har birining hajmi o‘z me‘yoriga etkaziladi 
    (200 ml, 250 ml va 550 ml), keyin esa uchalasi qo‘shib yuboriladi.
    Suvli ajratmalarning sifatini aniqlash uchun xujjati, dorixat pasport,
    joylanishi, 
    rasmiylashtirilgani, shuningdek ―Salqin joyda saqlansin‖, ―Ichishdan oldin chayqatilsin‖ degan 
    yorliqlar bor-yo‘kligi, hidi, rangi, mazasi, mexaniq iflosliklar yo‘kligi va ularning hajmi 
    to‘griligi tekshiriladi.
    Suvli ajratmalar olishni mukammallashtirish uchun:
    Ularni turg‘unligini oshirish uchun konservantlar qo‘shiladi: 10% etanol, 0,1% natriy 
    benzoat, 0,05-0,1% sorbin kislota, 0,1% nipagin va nipazol.
    Fizik-kimyoviy taxlil usullarini takomillashtirish.
    Apparaturalarni yangilarini ishlab chiqarish.
    Ekstrakt-konsentratlar assortimentini ko‘paytirish.
    har xil tarkibli yigmalar summasini taklif etish.
    6.Ekstrakt konsentratlarning gigroskopikligini kamaytirish.
    Suvli ajratmlardan tayyorlanadigan (BFM saqlagan) xom ashyolardan turli choy 
    tarkiblarini taklif etish;
    quruq va suyuq ekstrakt konsentratalardanmikrokapsulalar texnologiyasini taklif etish;
    Suvli ajratmalar taxlil usullarini takomillashtirish
    37
    ;
    Dispers tuzilishi bo‘yicha miksturalar murakkab dispers sistemalardir, chunki ular xakikiy 
    eritmalarning zollar bilan aralashmasi, ba‘zi vaqtlarda esa o‘z tarkibida suspenziyalar saqlovchi 
    ajratmalardir. Shuning uchun ham bu miksturalarni tayyorlashda qo‘shilayotgan dori moddalarni 
    o‘simlikdan ajralib chiqadigan moddalar bilan aralashishiga ahamiyat berish kerak.
    37
    И.И. Краснюк, Г.В. Михайлова, Л. И. Мурадова Фармацевтичесая технология технология 
    лекарственнqх форм.-«ГЭОТАР-Медиа».- Москва.-2011. (558 бет)


    Rp.: Inf rad. Valerianae 6,0—180,0
    Acidi ascorbinici
    Themisali 5,0
    M.D.S.
    Temisalning suvli eritmalari hamma vaqt ishqoriy sharoitga ega, bu NaOH hisobiga hosil
    bo‘ladi. Temisal tarkibidagi ishqoriy muxit eritma turg‘unligini oshiradi. Lekin uning tarkibiga 
    askorbin kislotasini va valerian kislotasini qo‘shilishi temisal eruvchanligini kamaytirib, erkin 
    teobromin ajralishiga va salitsil kislotasi cho‘kmaga tushishiga sabab bo‘ladi. Ba‘zi vaqtlarda 
    oshlovchi moddalar ta‘sirida ham cho‘kma hosil bo‘ladi.
    Masalan: Rp.: Inf. haerbae Adonidis vernalis 8:200,0
    Extr. Grataegi 25,0.
    T-rae Convallariae 6,0
    Kalii bromidi 5,0
    M.D.S.
    Do‘lana ekstraktidan oshlovchi moddalar adonis tarkibidagi va marvaridgul tindirmasi 
    tarkibidagi yurak glikozidlari bilan zaharli cho‘kma hosil qiladi. Damlama va qaynatmalar 
    sharoitining o‘zgarishi dori moddalarining buzilishiga olib keladi.
    Rp.: Chlorali hydrati
    Barbitali natrii 2,0
    Inf. rad Althaeae
    Ag. Menthae 60,0
    M.D.S.
    Barbital natriy hosil qiladigan ishqoriy sharoit xloralgidratni parchalanishiga va
    xloroformni hosil bo‘lishiga olib keladi, buni hididan sezish mumkin. Suvli ajratmalarini 
    buzilishi natijasida: rangi o‘zgarishi, loyqa parda, hosil bo‘lishi, cho‘kma tushishi, hid chiqishi
    mumkin.
    Suvli ajratmalar kat‘iy gigienik sharoitda olib borilishi kerak. Damlama va qaynatmalarni 
    farmakopeya talablari asosida saqlash zarur.
    Suvli ajratmalarni turg‘unligi past bo‘lganligi sababli ular tarkibiga turli xil odam 
    organizmiga zararli ta‘sir ko‘rsatmaydigan konservantlar qo‘shish mumkin.
    Masalan: Polsha-Ruminiya farmakopeyalarida nipaginni nipazol bilan aralashmasi 0,15%
    gacha yoki nipaginni 0,1% gacha qo‘shish tavsiya etiladi.

    Download 7,28 Mb.
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   436




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ko‘p komponentli o‘simlik xom ashyolaridan suvli ajratmalarni tayyorlaganda

    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish