2-rasm. Hovonchalar
1 — qadimgi grek hovonchasi; 2 —agat hovoncha; 3,7 — cho‘yan hovoncha; 4 —
toshdan yasalgan hovoncha; 5 — chinni hovoncha; 6 — emulsiya tayyorlash uchun chinni
hovoncha; 8 — shisha hovoncha; 9 — yassi dastali maydalash moslamasi; 10 — usti yopik
hovoncha.
Hovonchadan foydalanishni osonlashtirish maqsadida uni
stol ustida tutib turuvchi
qurilmalar mavjud. Bularga misol tariqasida rezina g‘ildirak ko‘rinishidagi stol ustiga
mahkamlash uchun mo‘ljallangan qurilmani ko‘rsatish mumkin.
Elaki dorilarni ko‘p
miqdorda tayyorlaganda, ya'ni dorixonada oldindan tayyorlanib
qo‘yiladigan dorixona tayyorlanmalari texnologiyasida mexanik hovonchalar ishlatiladi .
Bunday hovonchalarning dastasi mexanik aylantirgich — "qo‘l"ga ulangan bo‘lib, asosan
katta o‘lchamdagi hovonchalarga (diametri 300 — 400 mm) mo‘ljallangan. Hovoncha o‘rnida
ishlatish uchun kichik hajmli dori maydalaydigan apparatlar ham tavsiya qilingan bo‘lib, ulardan
biri M. X. Islamgulov apparatidir (1.5.-rasm).
3-rasm. Islamgulov apparati
1
Maydalangan kukunni yana apparat qopqog‘iga to‘kib (agdarib), ichidagi kukun qopqoqqa
o‘tqaziladi. Uni ochib ichidan maydalangan, aralashtirilgan kukun olinadi. (1.6.-rasm).