Tushuntirish matni Tarkibida saponin moddalar bo‘lgan dorivor o‘simliklardan qaynatmalar tayyorlash. Oling: Chuchukmiya ildizi qaynatmasidan – 100 ml
Bering. Belgilang,
Umumiy xajm 100 ml
Pasport: Chuchukmiya ildizi 10 gr
Natriy gidrokarbonat –1,0
Suv- 100-(10x1.7) -117 ml
Dorixatda konsentratsiya ko‘rsatilmaganligi uchun qaynatma 1:10 nisbatda tayyorlanadi.
Toloknyanka bargini suv shimish koeffitsienti - 1,7ga teng. CHuchukmiya ildizida saponin sa-
langanligi sababli, undan ajratma olishda natriy gidrokarbonat qo‘shiladi (1: 10).
Infundir stakaniga 10,0 gr 1 mmgacha maydalangan chuchukmiya ildizi solinib, 1,0 gr
natriy gidrokarbonat qo‘shiladi va ustiga 117 ml suv quyiladi va qaynab turgan infundir
apparatiga 30 min quyib, vaqt-vaqti bilan aralashtirib turiladi. So‘ng 10 min sovutiladi, suziladi
va kerak bo‘lsa 100 ml xajmgacha suv bilan yetkazib, bemorga berish uchun jihozlanadi.
"qo‘llashdan oldin chayqatilsin", "Salqin joyda saqlansin" singari etiketkalar yopishtiriladi.
Oling: Polemonium ildiz va ildizpoyalari qaynatmasidan – 200
ml Bering. Belgilang.
Pasport: Polemonium ildiz va ildizpoyalari – 20,0
gr Natriy gidrokarbonat – 2 gr
Suv- 200 - (20x1,5) -230 ml
Umumiy xajm 200 ml
Dorixatda konsentratsiya ko‘rsatilmaganligi uchun qaynatma 1:10 nisbatda tayyorlanadi.
Polemonium ildiz va ildizpoyalarini suv shimish koeffitsienti DF da keltirilmagan, shu sabali uni
1,5 ga teng deb olamiz. Polemonium ildiz va ildiz poyalarida saponin saqlanganligi sababli,
undan ajratma olishda natriy gidrokarbonat qo‘shiladi (1: 10).
Infundir stakaniga 20,0 gr maydalangan polemonium ildiz va ildizpoyalari solinib, 2,0 gr
natriy gidrokarbonat qo‘shiladi va ustiga 230 ml suv quyiladi, qaynab turgan infundir apparatiga
30 min quyib, vakt-vaqti bilan aralashtirib turiladi. So‘ng 10 min sovutiladi va suziladi. Kerak
bo‘lsa 200 ml xajmgacha suv bilan etkazib, bemorga berish uchun jixozlanadi. ―qo‘llashdan
oldin chayqatilsin", "Salqin joyda saqlansin" singari etiketkalar yopishtiriladi.