Talabalarini o‘zlashtirishini tekshirish:
Test nazorat savollari.
1. Surtma dori shakliga to’g’ri ta’rif keltirilgan qatorni toping.
- bir yoki bir necha dori moddalarni moy yoki moysimon moddalar
bilan aralashtirib
tayyorlangan yumshoq dori shaklidir.
-quyuq suyuqlik bo’lib, sirtga qo’llash uchun belgilangan va teri haroratida eriydigan dori
shaklidir.
- bir-birida juda kam yoki mutlaqo erimaydigan suyuqliklarni maxsus ishlash yo’li bilan olingan
dori shaklidir.
- dispers sistema bo’lib, tarkibiga ko’ra dispersion muhit va dispers fazadan iborat dori shaklidir.
2. Agar retseptda surtma dorilarni konsentratsiyasi ko’rsatilmagan bo’lsa, u holda necha foizli qilib
tayyorlab beriladi?
- 10 %
- 15 %
- 1 %
- 20 %
3. Asoslarning xususiyatiga ko’ra qanday tayyorlanadigan surtma dorilar bor?
- A, B, V javoblar to’g’ri.
- gidrofob asoslarda
tayyorlanadigan surtma dorilar;
- gidrofil tipidagi asoslarda tayyorlanadigan surtma dorilar;
- emulsion asoslarda tayyorlanadigan surtma dorilar;
4. Dispers sistemasining xususiyatiga ko’ra surtma dorilar qanday guruhlarga bo’linadi?
- gomogen va geterogen;
- eritma tipidagi surtma dorilar;
- emulsiya tipidagi surtma dorilar;
- hammasi javob to’g’ri.
5.
Surtma dorilar tasnifi-
- hamma javob to’g’ri;
- tarkibi bo’yicha va konsistensiyasi bo’yicha;
- dispers sistemasining xususiyatiga ko’ra;
- ta’sir ko’lami bo’yicha;
6. Dispers sistemasining xili bo’yicha surtma dorilar bo’linadi...
- gomogen va geterogen bo’ladi;
- qovushqoq va suyuq bo’ladi;
- ko’p tarkibli va bir xil tarkibli bo’ladi;
- ko’z uchun, rektal va burun uchun bo’ladi;
7. Gomogen surtmalarni qanday tiplari bor?
- qotishma, eritma, ekstraksion;
- osilma, ekstraksiya, aralash;
- qotishma, osilma, aralash;
- ekstraksion, osilma, emulsion;
8. Surtma dori shakli tayyorlashda ishlatiladigan asoslarga qo’yilgan talablar.
- hamma javoblar to’g’ri.
- qo’llash maqsadiga muvofiqligi va yumshoq konsistensiyasi.
- biologik bezararligi va mikroblarga qarshi turg’unligi.
- fizikaviy va kimyoviy turg’unligi va neytral muhiti. Surtilgan joyidan yengil artilishi;
9. Eritma tipidagi gomogen surtmani quyida keltirilgan qaysi moddalardan tayyorlash mumkin?
- anestezin, kamfora,
benzoy kislotasi, mentol, timol, fenol.
- vismut
nitrat asosligi, dermatol, kalsiy karbonat
- sulfatsil natriy, dikain, dimedrol, kamfora
- kollargol, natriy tiosulfat,
novokain, protargol.
10. Qotishma tipidagi gomogan surtmani quyida keltirilgan qaysi moddalardan tayyorlash
mumkin?
- mum, spermatset, azokerit, parafin, lanolin, serezin.
- sulfatsil natriy, dikain, dimedrol, kamfora.
- vismut nitrat asosligi, dermatol, kalsiy karbonat.
- anestezin, kamfora, benzoy kislotasi, mentol, timol, fenol.
11. Quyida keltirilgan tarkibli surtma dori surtmalarning qaysi tipiga mansub;
Oling: Mum - 5,0
Spermatset - 10,0
Shaftoli moyi - 35,0
Aralashtiring. Bering. Belgilang.
- gomogen-qotishma;
- geterogen-osilma;
- geterogen-emulsion;
- gomogen- aralash.
12. Quyida keltirilgan tarkibli surtma dori surtmalarning qaysi tipiga mansub?
Oling: Kamfora 2,0
Vazelin 6,0
Suvsiz lanolin 4,0
Aralashtiring. Bering. Belgilang.
- gomogen-eritma;
- geterogen-osilma;
- geterogen-emulsion;
- gomogen- aralash.
13. Oling: Kamfora surtmasi 10,0
Bering.Belgilang. Oyoqqa surtish uchun.
Keltirilgan dorixatni tarkibini to’g‘ri ko‘rsating
- Kamfora 1,0; vazelin; 6,0; suvsiz lanolin -3,0;
- Kamfora 3,0; vazelin; 5,0; suvsiz lanolin -2,0;
- Kamfora 2,0; vazelin; 4,0; suvsiz lanolin -4,0;
- Kamfora 6,0; vazelin; 3,0; suvsiz lanolin -3,0.
14. Oling: Kanakunjut moyi
Shaftoli moyi teng miqdorda 25,0
Mum 15,0
Lanolin 10,0
Aralashtiring. Bering. Belgilang.
Keltirilgan dorixat bo’yicha moddalarni eritish ketma -ketligini to’g’ri ko’rsating.
- Mum, lanolin, kanakunjut moyi, shaftoli moyi.
- Shaftoli moyi, kanakunjut moyi, mum, lanolin.
- Lanolin, kanakunjut moyi, shaftoli moyi, mum.
- Mum,
shaftoli moyi, kanakunjut moyi, lanolin.
15. Oling: Kamfora 0,2
Mentol 0,1
Suvsiz lanolin 5,0
Vazelin 5,0
Aralashtiring. Bering. Belgilang.
Keltirilgan dorixat bo’yicha umumiy og’irlik nechaga teng ?
- 10,3;
- 10,5;
- 13,0;
- 11,3;