kiritiladi. Vazelin uglevodoroddi asos bo’lgani uchun yordamchi modda sifatida vazelin moyi
ishlatiladi.
Havonchaga 1,0 gr bor kislotasidan solib u 0,5 gr (25 tomchi)
vazelin moyi bilan
bo’tqasimon aralashma hosil bo’lguncha yaxshilab eziladi. So’ng dorixatda yozilgan 19,0 g
vazelin 3-4 ga bo’linib qo’shiladi va toki bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Vaqti —
vaqti bilan surtmani havoncha dastasi va devorlaridan tushirib turish kerak. Tayyorlangan surtma
qadoqlanadi va ’’Salqin joyda saqlansin”, ’’Sirtga ishlatish uchun” yorliqdar bilan jihozlanadi.
Tushuntirish matni
Agar surtma tarkibidagi suvda va asosda erimaydigan moddalar 5% dan 25% gacha tashkil
qilsa, unda qattiq fazani tashkil qilgan moddalar isitilgan havonchada eritilgan asosning bir
qismi (qattiq fazani 1/2 qismi) bilan eziladi. Bunda yordamchi
suyuqlik ishlatish maqsadga
muvofiq emas, chunki bunda surtma suyuqlashadi va dorivor moddalar kontsentratsiyasi
kamayib ketadi.
1.
Rp: Streptocidi 0,5
Acidi saiicylici 0.3
Vaselini 10,0
M.f ung.
D.S.
Hisoblash: Streptotsid 0,5 g
Salitsil kislotasi 0, 3 g
Vazelin 10,0 g
Dorixatda keltirilagn streptotsid va salitsil kislota suvda
va asosda e rimaydigan
moddalar bo’lgani uchun ular suspenziya holila surtmaga kiritildi. Bu dorixatda ularning
miqdori surtma og’irligiga nisbatan 7,4% tashkil qiladi. Shuni
hisobga olgan holda suv
hammomida isitilgan (50-60°C) havonchaga streptotsid va salitsil kislota solib, ularni 0,4-0,5
g vazelin bilan bir xil aralashma hosil bo’lguncha eziladi. Isitilgan havonchada vazelin
suyuqlanadi. So’ng qolgan vazelinni 2-3 bo’lakga bo’lib qo’shiladi va toki bir xil massa hosil
bo’lguncha aralashtiriladi. Vaqti vaqti bilan surtmani havoncha
dastasi va devorlaridan
tushirib to’rish kerak. Tayyorlangan surtma qadoqlanadi va ’’Salqin joyda saqlansin", "Sirtga
ishlatish uchun” yorliqlar bilan jihozlanadi.
2.
Rp: Zinci oxydi
Gelatinae ana 1,25
Glycerini 5,0
Aquae purificatae 5 ml
M.f. ung.
D.S.
Pasport: Pyx oksidi 1,25 g
Jelatin 1,25 g
Glitserin 5,0 g
Tozalangan suv 5 ml
Rux oksid suvda, glitserinda va jelatin
eritmasida erimagani uchun, suspenziya holida
kiritilishi lozim. Jelatinli asosni tayyorlash uchun posongilashtirilgan chinni kosachaga 1,25
g maydalangan jelatinni solib uning ustiga 5 ml tozalangan suv solinadi va 30 -40 daqiqaga
bo’kish uchun qoldiriladi. Bo’kkan jelatinga 2,5 g glitserin solib (yarmini) suv hammomida
to’liq erib ketguncha isitiladi. So’ng chinni kosachani tortib ко’rib yetmagan suv qo’shiladi.
Isitilgan havonchada 1,25 g rux oksidi qolgan glitserin bilan eziladi va unga jelatin eritmasi
qo’shib toki bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Tayyorlangan surtma
qadoqlanadi,
"Salqin joyda saqlansin", "Sirtga ishlatish uchun" yorliqar bilan jihozlanadi. Surtma dori
turlarining sifati boshqa dorilar kabi baholanadi. Ammo suspenzion
surtmalarda eng asosiy
ko’rsatkich bu dori moddalarning zarrachalarining o’lchamlari va bir xilligidir. XI DFda
zarrachalaming o’lchamlarini aniqlash uchun mikroskopik usul taklif etilgan.