6. Suspenzion surtma tarkibidagi qattiq faza 5% dan 25% gacha tashkil qilsa,
ular nima
yordamida maydalanadi?
7. Suspenzion surtmalarni sifati qaysi ko’rsatkichlar bo’yicha baholanadi?
Mustaqil bajarish uchun retseptlar
1.Oling: Bor kislotasidan 1 ,0
Vazelindan 19,0
Aralashtiring surtma hosil bo’lsin
Bering. Belgilang.
2.Oling: Streptotsiddan 0,5
Salitsil kislotasidan 0.3
Vazelindan 10,0
Aralashtiring surtma hosil bo’lsin
Bering. Belgilang
3.Oling: Rux oksididan
Jelatindan teng miqdorda 1,25
Glitserindan 5,0
Tozalangan suvdan 5 ml
Aralashtiring surtma hosil bo’lsin
Bering. Belgilang.
Uslubiy ta’minot va mashg‘ulot jihozlanishi: Dori moddalari, asos, havoncha, havoncha
dastasi, og’zi keng shish idishlar, “Sirtga”, “Salqin joyda saqlansin”
degan yorliqar, DF X; XI;
ma’ruza, darslik, prezentatsiyalar, ma’lumotnomalar, adabiyotlar, tarqatma materiallar.
** Mustaqil tayyorlash uchun savollarning muhokamasini
zamonaviy pedagogik
texnologiyalarning “
Loyiha” usulidan foydalanib o‘tkaziladi.
Asosiy matn
Suvda va asosda erimaydigan hamda suspenziya holida tarqalgan qattiq dori moddalar
saqlagan surtmalar suspenzion (trituratsion) surtmalar deyiladi. Bundan tashqari suvda yaxshi
eriydigan ammo ko’p miqdorda yozilgan moddalar hamda
rezortsin va ruh sulfatlar
surtmalarga suspenziya holida kiritiladi (ko’z surtmalaridan tashqari). Suspenzion surtmalarni
tayyorlashda suspenziyalar tayyorlash kabi eng
muhim texnologik
jarayon bu
dispergirlashdir, chunki dori turining farmakologik faolligi
erimaydigan fazaning
dispersligiga bog’liq. Suspenzion surtmalaming yuqori qovushqoqligi tufayli qattiq faza
cho’kmaga tushishi kamayadi. Shuning uchun bu dori turini tayyorlashda stabilizatorlar
ishlatilmaydi.
Suspenzion surtmalarda qattiq faza 50% gacha va undan ko’p
foizni tashkil qlishi
mumkin, shunga qarab surtmani tayyorlashda har xil texnologik bosqichlar ishlatish
maqsadga muvofidir.
Agar surtma tarkibidagi suvda va asosda erimaydigan moddalar 5% dan kam tashkil qilsa,
unda ularni dispergirlash yordamchi suyuqlik ishtirokida olib boriladi (suyuklik qattiq fazani
yarim miqdorida olinadi.
B.V.Deryagin qoidasi). Surtma asosining tabiatiga qarab
yordamchi
suyuqlik sifatida shaftoli, bodom, kungaboqr moyi (yog’li asosda). Vazelin moyi
(uglevodoroddi asosda), glitserin yoki suv (gidrofil asosda) ishlatiladi.
Rp: Acidi borici 1,0
Vaselini 19,0
M.f ung.
D.S.