Sulfur depurati 10,0
Ung.Naphthalani 40,0
Amyli 20,0
M.f. pasta
D.S. surtish uchun
Uslubiy ta’minot va mashg‘ulot jihozlanishi: Dori moddalari, asos, havoncha, havoncha
dastasi, og’zi keng shish idishlar, “Sirtga”, “Salqin joyda saqlansin” degan yorliqar, DF X; XI;
ma’ruza, darslik, prezentatsiyalar, ma’lumotnomalar, adabiyotlar, tarqatma materiallar.
** Mustaqil tayyorlash uchun savollarning muhokamasini zamonaviy pedagogik
texnologiyalarning “
Loyiha” usulidan foydalanib o‘tkaziladi.
Asosiy matn
Pastalar tarkibida 25% va undan ko’p poroshoksimon moddalar bo’lgan hamda
konsistentsiyasi mazlarga nisbatan quyuqroq dori turiga aytiladi.
Pastalar tayyorlanishi, tarkibiga kiradigan asoslar, ishlatilishi, berilishi va saqlanishiga
ko’ra hamda ularga bo’lgan talablar jihatidan mazlardan hech farq qilmaydi: shuni eslatib
o’tish kerakki, pastalar tarkibiga kiradigan quruq moddalar ko’p bo’lganligidan ular nimada
erishdan qa’tiy nazar bu dori turini tayyorlashda ko’pincha hech qanday suyuqlik
qo’shilmaydi.
Pastalar teriga ishlatiladigan, tishni davolash va yuvish uchun qo’llaniladigan turlarga
bo’linadi.
Terini davolashdaga ishlatiladigan pastalarga: rux oksidi pastasi, salitsilat kislota bilan
rux oksidi pastasi, levomitsetin rux oksidi-salitsilat bilan birgalikdagi pasta va boshqalar
kiradi.
Tishni davolashda ishlatiladigan pastalarga: yodoformli pasta, uch krezolformalinli
pasta, ftorli pasta, margimushli pasta va h.k.